107
aloxida uringa ega. Uz ichiga mahsulotni differentsiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2)
bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish.
Tovar siyosati - tadbirkorlik maksadlarini belgilash va ularga erishishga yunaltirilgan
tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini bozorga olib kirish
(innovatsiya), bozorda mavjud bulgan tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab
chiqarish dasturidan tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek,
assortiment siyosatidan iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar xayotiylik davrining istalgan
bosqichida foyda olish va savdo xajmining barkaror bo‟lishini ta`minlashi mumkin bulgan asosiy
printsipial yunalishlari. Tovar strategiyasining asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi,
variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini optimallashtirish yunalishlarini ishlab
chiqish xamda firmaning samarali faoliyat kursatishi va raqobatbardoshligini ta`minlash uchun
sharoitlar yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.