|
Narx xosil bo‟lishi usullari
|
bet | 111/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orgNarx xosil bo‟lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda kullanuvchi
usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga
asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx xosil bo‟lishini boshqarish tadbir va strategiyalari, tovar yoki
xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon`yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni
qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san`ati.
Urov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar ishlab
chiqarilgandan sung uning xususiyatlarini saqlash xamda yukni tashishda kulaylik yaratish uchun
mo‟ljallanadi; 2) muxim reklama manbai.
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaktsiyalari ularni qiziqtirayotgan
ma`lumotlarni olishi mumkin bulgan byullenten‟, pablik rileyshnz vositasi.
Prognozlash (bashorat qilish) usuli - urganilayotgan ob`ektning utmishdagi va xozirgi
ma`lumotlarini taxlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan kura bilish. Turli xil tarkibiy
qismlarni prognozlashga asoslangan kiska muddatli (1,5) yilgacha, urta muddatli (5 yil) va uzok
muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Takdim etish shakliga kura, mikdoriy va sifat
prognozlariga, tadqiqot ob`ektlarini kamrab olish buyicha umumiy va qisman prognozlashga
taqsimlanadi.
Raqobat - 1) aloxida shaxslar urtasida xar biri uzi uchun shaxsan erishini maksad kilgan
bitta yunalishdagi, xususan tadbirkorlar urtasida kattarok foyda olish, savdo bozori, xomashyo
manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma`naviy ne`matlar yaratish, sotish va iste`mol kilsh
jarayonida bozor tizimi sub`ektlarining kommunikatsiyasi, kurashi, o„zaro aloqalari iqtisodiy
jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va jamoatchilik ishlab chiqarishining
samaradorligini kuchaytirish stimulyatori.
|
| |