• Ko’p prosessorli HT
  • Bir turdagi HT
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet9/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Ko’p mashinali HT markazlashgan (masalaning yechilishi boshqaruvini belgilangan kompyuter bajaradi) yoki markazlashmagan (tizim kompyuterlari teng huquqli) boshqaruvli an’naviy arxitekturadagi kompyuterlar arxitekturasidan tashkil topadi. Bundan tashqari HT hududiy-to’plangan (barcha kompyuterlar bir-biriga yaqin joylashgan) va hisoblash tarmoqlari (lokal, global) ko’rinishida taqsimlangan bo’lishi mumkin. Hisoblash tizimlarini bunday tashkil qilishda komponentlar bir biri bilan tezkor aloqa kanallari yordamida bog’lanadi.
    Ko’p prosessorli HT buyruq va ma’lumotlar oqimiga parallel ishlov beruvchi, ya’ni bitta katta masalaning har xil bo’laklarini yechuvchi prosessorlar to’plamidan tashkil topadi. Ko’p prosessorli tizimlarning klassik misoli – bu super EHM.
    Shunday ekan, hisoblash tizimi yoki tarmog’i foydalanuvchilarning individual va korporativ masalalarini yechish uchun o’zaro bog’langan va birgalikda ishlovchi prosessorlarni, kompyuterlarni, pereferik qurilma va kommunikasion vositalarni o’zida aks ettiradi.
    Hisoblash mashinalari, tarmoqlari va tizimlarini tashkil etish va boshqarishning nazariy asosini quyidagi fanlar tashkil etadi:

    • axborot nazariyasi elementlari – axborotlar miqdori, kanalning o’tkazuvchanlik qobiliyatini, «signal - shovqin» munosabatini o’lchash, kodlash, siqish va axborotni tiklash;

    • sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi elementlari – hisoblash tizimlari, sonni turli xil tizimlarda tasvirlash, sonlar ustida amallar, tasvirlash va amal natijalarining aniqligi;

    • matematik mantiq elementlari – mantiqiy ifoda va o’zgaruvchilar, ular ustida amallar, sxema elementlari, mos o’zgartirishlarga asoslangan bog’lamalar va EHM sxemalarini ulash;

    • algoritmlar nazariyasi elementlari – davriy, tarmoqlanuvchi, iterasion jarayonlar, ularning xususiyatlari;

    • amaliy matematikaning boshqa bo’limlari – graflar nazariyasi, tarmoq konfigurasiyasini topologik o’zgartirish.

    Kompyuterli jihozlanishi bo’yicha hisoblash tizimlarining quyidagi turlari bo’ladi:

      • bir turdagi;

      • bir turda bo’lmagan.

    Bir turdagi HT standart dasturiy vositalar to’plami, qurilmalarni ulashning na’munaviy protokollaridan foydalanish imkonini beruvchi bir turga mansub kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi. Ularni tashkil qilish bir muncha oddiy bo’lib, tizimga xizmat ko’rsatish va modernizasiyalash yengillashadi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.