|
Taqsimlangan xotirali arxitekturaning modellari
|
bet | 17/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevTaqsimlangan xotirali arxitekturaning modellari.
Taqsimlangan xotirali tizimlarda har bir prosessor shaxsiy xotirasiga ega va faqat unga manzillanadi. Ba’zi bir mualliflar tizimlarning bu turini ko’p mashinali hisoblash tizimlari yoki multikompyuterlar deb ataydilar. Chunki bu tizimlarni tashkil qilgan bloklar ham o’zining prosessori va xotirasiga ega bo’lib, uncha katta bo’lmagan hisoblash tizimlaridir. Taqsimlangan xotirali arxitekturaning modellarini masofaviy xotiraga to’g’ridan – to’g’ri murojaatsiz arxitektura NORMA( No Remote Memory Access) deb belgilash qabul qilingan. Bunday nomlanishdan kelib chiqadiki, har bir prosessor faqat o’zining lokal xotirasiga murojaat qilishi mumkin. Masofaviy xotiraga murojaat qilish (boshqa prosessorning lokal xotirasi) manzillashtirilgan xotira tegishli bo’lgan prosessor bilan xabar almashish yo’li amalga oshiriladi.
Bunday tashkil qilish bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, ma’lumotlarga murojaat qilish shina yoki kommutatordan foydalanishda raqobat keltirib chiqarmaydi, chunki har bir prosessor o’zining shaxsiy xotirasi bilan aloqani o’tkazish yo’lagi orqali amalga oshiradi. Ikkinchidan, umumiy shinaning yo’qligi, bu bilan bog’liq bo’lgan prosessorlar soni cheklanishining yo’qligi, tizimning o’lchami, prosessorlarni birlashtirib turgan tarmoqni cheklaydi. Uchinchidan, kesh – xotiraning kogerentlik muammosi mavjud. Har bir prosessor o’zining lokal kesh – xotirasidagi ma’lumotlar nusxasini boshqa prosessorlarning keshi bilan kelishmasdan turib, o’zining ma’lumotlarini mustaqil almashtirish huquqiga ega. Taqsimlangan xotirali tizimlarning asosiy kamchiligi prosessorlar orasida axborot almashinuvining murakkabligidadir. Agar biror prosessor boshqa prosessor xotirasidagi ma’lumotga muxtoj bo’lsa, u shu prosessor bilan xabar almashishi kerak. Bu kechikishning ikki turiga olib keladi:
bir prosessordan ikkinchi prosessorga xabarni shakllantirish va jo’natish uchun vaqt kerak bo’ladi;
boshqa prosessorlarning xabarga ahamiyat berishini ta’minlash uchun qabul qiluvchi prosessor uzilish so’rovini olishi va bu uzilishga ishlov berish jarayonini bajarishi kerak.
Taqsimlangan xotirali tizimning tuzilishi 1.5-rasmda keltirilgan. Chap qismida (1.5,a-rasm) prosessor elementi (PE) ko’rsatilgan. U o’z ichiga prosessor (R), lokal xotira (M) va ikkita kiritish/chiqarish nazoratchisini (Ko va Ki) oladi. O’ng qismida (1.5,b-rasm) bir prosessordan boshqa prosessorga qanday qilib xabar yuborishni namoyish qilayotgan to’rt prosessorli tizim ko’rsatilgan. Har bir PE ga nisbatan qolgan hamma prosessor elementlarini kiritish/chiqarish qurilmasi sifatida qarash mumkin. Prosessor boshqa prosessor eyementiga (PE) xabarni yuborish uchun o’zining lokal xotirasida ma’lumotlar blokini shakllantiradi va lokal nazoratchiga tashqi qurilmaga axborotni uzatishi kerakligi haqida ma’lum qiladi. Bu xabar o’zaro bog’langan tarmoq orqali qabul qiluvchi PE ning kiritish/chiqarish nazoratchisi qabuliga uzatiladi. U o’zining lokal xotirasiga xabarni joylashtiradi va jo’natuvchi – prosessorga xabarni olganligi haqida ma’lum qiladi.
|
| |