|
Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi
|
bet | 13/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevDasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi.
Dasturiy moslik qoidasi birinchi marta IBM/360 tizimini ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng miqyosda qo’llanilgan. Ushbu tizimning bir qancha modellarida loyihalashning asosiy vazifasi - narxi va unumdorligidan qat’iy nazar tizimning barcha modeli uchun foydalanuvchilar nuqtai nazarida bir xil bo’lgan arxitekturani yaratishdan iborat bo’lgan. Bunday yondashuvning katta afzalligi shundaki, mavjud dasturiy ta’minotda bajarilayotgan ishlar yangi (qoida bo’yicha bir muncha yuqori unumdorli) modelga o’tganda mavjud ish holatini saqlash imkonini beradi. Shu vaqtdan boshlab amalda barcha kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchi firmalar ushbu qoida bilan qurollanib olishdi. Bu orqali kompyuter seriyalarining mosligini ta’minlay boshlashdi. Shundan bilinadiki, vaqt o’tishi bilan eng ilg’or arxitektura ham eskiradi va u arxitekturaga va hisoblash tizimlarni tashkil etish usullariga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi.
1.3. Kompyuter tizimlarida parallel ishlov berish texnologiyasi
Kompyuter texnikasining rivojlanishi va takomillashishi ko’pincha unumdorlik bilan bog’liq bo’ladi. Bu o’z o’rnida alohida kompyuterlarga tegishli bo’lsa, shu o’rinda bir necha parallel ravishda ishlovchi prosessor yoki kompyuterlarni birlashtiruvchi kompyuter tizimlariga ham tegishlidir. Shu bilan birga parallel ishlov berish tamoyili alohida mashinalar uchun ham, birgalikda ishlaydigan kompyuterlar uchun ham unumdorlikni oshirishning asosiy tamoyili bo’lib hisoblanadi. Hisoblash tizimlarining farqli xususiyatlaridan biri, uning tarkibida hisoblashda qo’llaniladigan parallel shoxlarni yaratish hisobiga parallel ishlov beruvchi vositalarning borligidir. Ma’lumotlarga parallel ishlov beruvchi texnologiyalar ham dasturiy, ham apparat vositalarini qo’llaydi.
Bu bobda bir necha prosessor yoki kompyuterlardan tashkil topgan hisoblash tizimlarida qo’llaniladigan parallel ishlov beruvchi texnologiyalarning nazariy masalalarini ko’rib chiqamiz.
Parallel ishlov berishning usullari va amalga oshirish vositalari ularni qanday pog’onada amalga oshirish bilan bog’liqdir. Parallelizmning bir necha pog’onasi mavjuddir.
Masalalar pog’onasi – bir necha mustaqil masalalarni bir vaqtning o’zida bir biriga bog’liq bo’lmagan turli prosessorlarda bajarilishidir.
|
| |