• MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream) arxitekturasi
  • MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura




    Download 3,98 Mb.
    bet11/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura o’ziga xos prosessorli konveyerni qurish uchun mo’ljallangan, ya’ni bunda ishlov berish natijalari zanjir tarzda bir prosessordan boshqa prosessorga uzatiladi. Bunday hisoblashga ixtiyoriy ishlab chiqarish konveyeri misol bo’la oladi. Zamonaviy elektron hisoblash mashinalarida bu qoida parallel ishlovchi tizimda turli xil funksional bloklar tomonidan amallarni bajarish sxemasiga asoslangan. Bunda har bir qism umumiy siklda o’zining vazifasini bajaradi. Bunday turdagi hisoblash tizimlarida konveyerlar prosessorlar guruhini hosil qilishi kerak bo’ladi (1.1,v-rasm).
    MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream) arxitekturasi barcha prosessorlari tizimi xususiy ma’lumotlar oqimi bilan o’zining dasturi bo’yicha ishlashi uchun mo’ljallangan. Oddiy hollarda ular avtonom va mustaqil bo’lishi mumkin, amalda yechiladigan masala hamma uchun bitta. Hisoblash tizimlarida bunday sxemadan foydalanish katta ma’lumotlar oqimiga ishlov berish markazlarining o’tkazuvchanlik xususiyatini oshirish uchun ko’pgina hisoblash markazlarida qo’llaniladi (1.1,g-rasm). Bu tur bir muncha katta bo’lib, o’z ichiga multiprosessorli hisoblash tizimlarini ham oladi.
    1.1-jadval. Flinn klassifikasiyasi



    Ma’lumotlar oqimi

    Buyruqlar oqimi

    Bir oqim

    Ko’p oqim

    Bir oqim

    SISD – Single Instruction stream/ Single Data stream (Bitta buyruq oqimi va bitta ma’lumotlar oqimi )

    MISD – Multiple Instruction stream/ Single Data stream (Ko’p buyruqlar oqimi va bitta ma’lumotlar oqimi)

    Ko’p oqim

    SIMD - Single Instruction stream/ Multiple Data stream
    (Bitta buyruq oqimi va ko’p ma’lumotlar oqimi)

    MIMD – Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream (Ko’p buyruqlar oqimi va ko’p ma’lumotlar oqimi)

    Flinn klassifikasiyasining sxemasi keng tarqalgan bo’lib, u yoki bu hisoblash tizimlarini dastlabki baholash uchun keng foydalaniladi. U bir vaqtda asosiy ish qoidasini baholash imkonini ham beradi. Ushbu klassifikasiyalar bilan bir qatorda boshqalari ham mavjuddir, faqat ular kam qo’llaniladi.




    Download 3,98 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura

    Download 3,98 Mb.