• Tizim elementi
  • Tizim strukturasi
  • Tizim arxitekturasi
  • Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushunchalar




    Download 3,98 Mb.
    bet8/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    1.1. Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushunchalar

    Hisoblash tizimi (HT) keng tushuncha bo’lib, ularning tashkiliy asosida bir necha hisoblash mashinalarini yagona ishlov berish tizimiga birlashtirish orqali ishlov berish tezligini boshqarish qoidasi yotadi.


    Tizim so’zining bir nechta asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz.
    Tizim (grekcha systema – to’liq bog’lanishli qismlardan iborat) – bu ma’lum to’liqlikni, birlikni tashkil etuvchi bir-biri bilan o’zaro bog’liq elementlar majmuasi hisoblanadi. Tizim xarakteristikasi uchun ko’p qo’llaniladigan bir nechta tushunchalarni keltirib o’tamiz.
    1. Tizim elementi – bu ma’lum funksional vazifaga ega bo’lgan tizimning tashkil etuvchisi. O’z navbatida bir muncha oddiy, o’zaro aloqaga ega elementlardan iborat tizimning murakkab elementlari ko’p hollarda qism tizimlari deb ataladi.
    2. Tizimning tuzilishi – bu xususiy holda turli xil holatdagi elementlarni tizim doirasida cheklashda paydo bo’luvchi ichki tartiblanish, tizim elementlari o’zaro aloqasining kelishuvi.
    3. Tizim strukturasi – bu tizimning asosiy xususiyatini belgilovchi tarkibi, tizim elementlari o’zaro aloqasining tartibi va qoidalari. Agar tizimning alohida elementlari turli xil bosqichlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib, elementlarning ichki aloqalari faqat yuqorida turuvchilari pastki darajada turuvchilari va aksincha ko’rinishda tashkil qilingan bo’lsa, bu iyerarxik strukturali tizim bo’ladi.
    4. Tizim arxitekturasi – bu foydalanuvchi uchun muhim hisoblangan tizimning xususiyatlari majmui. Axborot tizimlarida arxitekturaning munosabati – bu kompyuter va dasturiy komponentlarning mantiqiy qurilishi va ular orasida vazifalarning taqsimlanishini bildiradi.
    Hisoblash tizimlarini qurishning turli xil variantlari, tanlanadigan hisoblash elementlarini bog’lash strukturasi va apparat dasturiy vositalarning arxitekturasi yechiladigan masalaga bog’liq bo’ladi. Hisoblash tizimlariga bitta kompyuter yecha olmaydigan masalalar ajratiladi. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
    - murakkab buyumlarni (avtomobillar, samolyotlar) yoki murakkab konstruksiyalar (bino, ko’priklar) ni loyihalash;
    - ob-havo bashorati va iqlim va ekologiya o’zgarishini modellashtirish;
    - masshtabli tabiiy ofatlar (suv toshqini, yer qimirlashi) ni bashoratlash;
    - foydali qazilmalarni qidirish va o’zlashtirish;
    - astronomiya, yer sathi tasvirlariga ishlov berish;
    - murakkab elektron sxemalar (superkompyuterlar) ni loyihalash.
    HT insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va hujjat almashinuv bo’yicha xizmat ko’rsatish (lokal, korporativ va global kompyuter tarmoqlari) sohalarini avtomatlashtirishda ham qo’llaniladi.
    HT yangi materiallar yaratish, astrofizika, molekulyar va atom fizikasi, kimyo va biologiya, yangi dori vositalarini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarda keng tadbiq topdi.
    Hisoblash tizimi deganda foydalanuvchi masalalarini tayyorlash va yechish uchun mo’ljallangan birgalikda ishlovchi prosessorlar yoki kompyuterlar, tashqi qurilmalar va dasturiy ta’minotlarning to’plami tushuniladi.
    HT hisoblash vositalarining mavjudligi nuqtai nazaridan bir mashinali, ko’p mashinali va ko’p prosessorli turlarga bo’linadi. Bitta quvvatli kompyuter va ko’p funksiyali pereferik qurilmalari bilan HT qurishning eng oddiy varianti hisoblanib, barcha pereferik qurilmalar (ayniqsa, masofadan turib erkin foydalanish yoki ishlov berish) avtonom hisoblash qurilmalari vazifasini bajaradi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushunchalar

    Download 3,98 Mb.