• I BOB. Kompyuter tizimlari va ularning axborot texnologiyalari rivojidagi roli
  • VII BOB. Kompyuter tarmoqlarning amaliy qo’llanilishi




    Download 3,98 Mb.
    bet7/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    VII BOB.

    Kompyuter tarmoqlarning amaliy qo’llanilishi...............

    294




    7.1. Tarmoq operasion tizimlarining amaliy qo’llanilishi...

    294




    7.2. SIMD sinfidagi hisoblash tizimlari..................................

    301




    7.3. MIMD sinfidagi hisoblash tizimlari................................

    314




    7.4. Modulli hisoblash tizimlarining istiqbolli amalga
    oshirilishi...............................................................................

    326





    7.5. Zamonaviy superkompyuterlar..............................................

    330

    VIII BOB.

    Xulosa...............................................................................................

    334




    Foydalanilgan adabiyotlar............................................................

    336




    Ilova.................................................................................................

    337

    Kirish

    Inson hayotida ketma-ket paydo bo’lgan texnik vositalar, ya’ni telefon, radio, televizordan keyingi texnik qurilma kompyuter hisoblanadi. Tugallangan texnik obyekt sifatida kompyuter insoniyatning turli xil bilim sohalari mutaxassislarining ish mahsuli natijasidir. Hozirgi kunda kompyuter inson faoliyatining barcha sohalarida, ya’ni ilm – fanda, boshqaruvda, ta’limda va ishlab chiqarishda katta yordamchi hisoblanadi. Agar birinchi kompyuterlar (elektron hisoblash mashinalari - EHM) dan asosan olimlar foydalanishgan bo’lsa, hozirda ulardan maktab o’quvchilari va uy bekalari ham foydalanishmoqda.


    Fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan hisoblashni avtomatlashtirish vositalari uzluksiz ravishda mukammallashib bordi. Kompyuter texnikasining zamonaviy holati ko’p yillik rivojlanishning natijasi hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, hozirda kompyuterlarning oltinchi avlodidan foydalanilmoqda. Kompyuterlarning oltinchi avlodida masalani umumiy parallel yechish usullari, ko’p prosessorli kompyuterlardan ko’p yadroli kompyuterlarga o’tish, masofadan o’zaro muloqot orqali tarmoqda murakkab masalalarni yechish kabi axborot texnologiyalarning mahsulotidan foydalaniladi. Kompyuter avtonom, mustaqil ishlov beruvchi qurilma sifatida avtomatlashtirilgan tarmoqlar va tizimlarning elementi hisoblanadi.
    Agar alohida kompyuter – bu alohida foydalanuvchi masalalarini avtomatlashtirish va yechish uchun apparat va dasturiy majmua bo’lsa, u holda kompyuter tizimi yoki tarmog’i – bu individual va kollektiv foydalanuvchilarning masallarini yechish uchun kompyuterlar, tashqi va kommunikasion qurilmalar majmuasi hisoblanadi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari ikkita muhim ilmiy-texnik yo’nalishlar jarayonining rivojlanishi natijasi bo’lib, bu yo’nalishlar: kompyuter va telekommunikasion texnologiyalardir. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari o’zining dasturiy ta’minoti bilan zamonaviy axborot kommunikasion tizimlarning asosini tashkil etadi.
    Hozirgi vaqtda ixtiyoriy tashkilot kompyuterlashtirilgan axborot tarmog’iga ega. Bunday tizimlarning murakkabligi, jihozlanganlik darajasi, yechadigan masalalar sinfi, boshqarish holatlari va hududiy bo’linganligi tashkilot foydalanuvchilarining sohasiga bog’liq bo’ladi. Biroq, bunday tizimlarning asosida axborotni yig’ish, ishlov berish, saqlash, aks ettirish va uzatish imkonini beruvchi dasturiy-apparat vositalar majmuasidan iborat axborot texnologiyalari yotadi. Bunday turdagi avtomatlashtirilgan dasturiy-apparat vositalarning asosini hisoblash tizimlari tashkil qiladi. Hisoblash tizimlarining qo’llanilishi ishlov berish jarayonining tezlashishi evaziga hisoblash aniqliligi va ishonchliligini oshirish, foydalanuvchilarga servis xizmatlarini taqdim etishni asosiy maqsad qilib oladi.
    Ushbu o’quv qo’llanmaning materiallari ko’p yillardan buyon Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Kompyuter tizimlari» kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 5521900 - «Informatika va axborot texnologiyalari», 5811100 - Servis (sanoat servisi) yo’nalishlarining bakalavriatura talabalariga «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», «Kompyuter tizimlarining arxitekturasi» fanlari va 5A521901 – «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», 5A521907 – «Amaliy informatika», 5A521909 – «Biotexnik tizimlarning texnik va dasturiy ta’minoti» mutaxassisliklaridagi magistratura talabalariga o’qilayotgan «Korporativ tizimlar», «Yuqori unumli kompyuter tizimlari», «Kompyuter tizimlarining arxitekturasi» kabi fanlarining o’qitish tajribasiga asoslanib tayyorlangan.
    Ushbu o’quv qo’llanma 5340100 – Iqtisodiyot (aloqa va axborotlashtirish), 5340200 – Menejment (aloqa va axborotlashtirish), 5840200 – Pochta xizmati, 5140900 – Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari), 5320200 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, 5523500 – Axborot xavfsizligi, 5523600 – Elektron tijorat, 5522000 – Radiotexnika, 5522100 – Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish, 5524400 – Mobil aloqa tizimlari, 5522200 – Telekommunikasiya yo’nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavriatura talabalariga, bundan tashqari ilmiy-tadqiqotchilar va professor o’qituvchilar uchun foydadan holi emas.
    I BOB. Kompyuter tizimlari va ularning axborot texnologiyalari rivojidagi roli



    Download 3,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VII BOB. Kompyuter tarmoqlarning amaliy qo’llanilishi

    Download 3,98 Mb.