Gidrometriya xizmati gidrometeorologiya xizmatining asosiy
tarkibiy qismlaridan biridir. Dunyo miqyosida gidrometriya xizma
tining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) dengiz va okeanlaming gidrologik rejimini o'rganish;
2) xalq x o ‘jaligi tarmoqlarini, mudofaa tizimini, meteorologiya
hamda gidrologiya xizmati va boshqa sohalami kerakli gidrometrik
m a’lumotlar bilan ta ’minlash;
3) gidrometriya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borish;
4) kuzatish va tadqiqot ishlari natijalarini alohida yilnomalar
va m a’lumotnomalar ko'rinishida chop ettirish.
Gidrologiya va gidrometriya sohalari b o ‘yicha amalga oshirila-
yotgan ilmiy uslubiy ishlarga 0 ‘zgidrometning maxsus b o ‘limlari
rahbarlik qiladi. Har bir mamlakatda o ‘zining gidrometriya xizmati
boshqarmasi mavjud b o iib , bu boshqarma o ‘z hududidagi barcha
gidrometrik ishlaming talab darajasida bajarilishiga m as’ul hisobla-
nadi.
Mamlakatimizdagi suv obyektlari rejimi elementlarini kuzatish
va o ‘rganish har bir suv obyektida muntazam yoki vaqtinchalik
postlar - kuzatish joylarini tashkil qilish yoki
ekspeditsiya uyushti-
rish asosida olib boriladi.
Stansiya va post tarmoqlari operativ kuzatish stansiyalari va
post tarmoqlariga boiin adi.
Kuzatish postlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
1) suv obyektlarining gidrometeorologik rejimini o ‘rganish
maqsadida muntazam ravishda kuzatishlar olib borish;
2) turli manfaatdor muassasalar, tashkilotlar va idoralami zarur
gidrometeorologik kuzatish m aium otlari bilan ta ’minlash, ulami
xavfli gidrologik hodisalardan ogohlantirish;
3) kuzatish postlariga qarashli hududda sistematik ravishda
kuzatish ishlarini amalga oshirish;
4) mahalliy aholi orasida gidrometrik bilimlami va gidrometrik
xizmat faoliyatini ommalashtirish.
Operativ stansiyalarning vazifasi xalq xo‘jaligiga
operativ
gidrometeorologik xizmat ko‘rsatishdir. Operativ gidrometrik
stansiya va postlaming soni va joylashishi ilmiy va xo'jalik
tashkilotlarining talablariga b o g iiq holda tashkil etiladi.
40
Gidrologik stansiya deganda m a’lum xodimlar shtatiga ega
b o ig a n davlat tashkiloti tushuniladi.
Gidrologik post deganda esa m a iu m talablami hisobga olib,
daryo yoki boshqa bir suv obyektining tegishli qismida kuzatish va
o' Ichash ishlarini amalga oshirish maqsadida tanlangan, maxsus
qurilmalar bilan jihozlangan joy tushuniladi. Bu joyda gidrologik
ishlami bajarishga m o ijallab stvor yoki kesma o ‘tkaziladi.
( iidrologik postda faqatgina kuzatuvchi b o ia d i.
Mamlakatimizda
gidrometeorologiya
xizmati
tomonidan
tashkil etilgan stansiya va postlar m a iu m guruhlarga ajratilgan.
Ana shu ajratish prinsipi,
birinchidan, bajariladigan ishning
hajmiga, ikkinchidan, ularda bajariladigan ishning turiga asoslan-
gan.
Stansiya va postlar bajaradigan ish turlariga qarab meteo-
rologik, aerologik, gidrologik hamda dengiz gidrometeorologik
stansiya va postlariga ajratiladi.
Gidrologik stansiya va postlar ularda bajariladigan ishlar turi
va hajmiga qarab razryadlarga ajratiladi. Masalan, gidrologik
stansiyalar
ikkita razryadga, gidrologik postlar esa uchta razryadga
boiinadi (2.1-rasm).
I razryadli gidrologik stansiyalar suv obyektlarining gidrologik
rejimi elementlarini to i a o ‘rganadi. Shu bilan birga II razryadli
slansiyalarda amalga oshiriladigan suv o ic h ash va kuzatish
ishlarini nazorat qilib boradi, ularga rahbarlik qiladi.
II razryadli gidrologik stansiyalar suv obyektlarida to ‘g ‘ridan-
U»‘g‘ri o ic h ash va kuzatish ishlarini amalga oshiradi, to ‘plangan
gidrometrik m aium otlam i birlamchi qayta ishlaydi. Shu bilan
birga II razryadli gidrologik stansiyalar o‘ziga biriktirilgan
gidrologik postlarga m as’ul hisoblanadi.
I razryadli gidrologik postlarda suv rejimining hamma
clementlari bo‘yicha
kuzatish, o ic h ash ishlari olib boriladi. Shu
bilan birga, ularda meteorologik kuzatishlar ham olib boriladi.
II razryadli gidrologik postlar ham I razryadli gidrologik
postlar kabi ish olib boradi. Ularda faqatgina suv va oqiziqlar sarfi
oichanm aydi.
III razryadli gidrologik postlarda suv sathi, muzlash hodisalari,
suvning harorati belgilangan muddatlarda muntazam ravishda
kuzatib boriladi.
41
Gidrometriyada daryo va boshqa suv obyektlarining suv
sathini kuzatishga, aniq o ich ashga alohida e ’tibor beriladi. Bu
mavzuda asosiy e ’tibor suv sathining o ‘zgarishiga ta ’sir etuvchi
omillar va uning tebranish xususiyatlarini yoritishga qaratilgan.
Daryolar va boshqa suv ob’eklaridagi
suv miqdori vaqt
mobaynida o ‘zgarib turadi. Natijada suv sathi ham tebranib turadi.
Mana shu o'zgarish jarayonini kuzatish, uning o ‘ziga xos
qonuniyatlarini ochish, o ‘zgarishga sabab b o iu v ch i omillami
aniqlash muhim hisoblanadi.
Suv sathining tebranish xarakteri va qiymatlari bir qancha
tabiiy geografik omillarga b ogiiqdir. Vaqt nuqtayi nazaridan suv
sathining tebranishini quyidagi muddatlarga bo‘lib o ‘rganish ancha
qulaylik keltirib ehiqaradi:
1) suv sathining ko ‘p y illik tebranishi;
2) suv sathining yillik tebranishi;
3) suv sathining fa sliy tebranishi;
4) suv sathining kunlik tebranishi.