22
Shuningdek, Barqaror rivojlanish ta`limida elektron qo`llanmalardan
foydalanish katta samara beradi. Bunday qo`llanmalardan
respublikamizdagi
barcha o`quv yurtlarida auditoriya mashg`ulotlarida va o`quvchi-talabalaming
mustaqil tayyorlanishlarida, shuningdek aholining keng qatlamlarining barqaror
rivojlanish ta`limi bo`yicha mustaqil bilim olishlarida foydalanish mumkin. Bu
usulning afzalligi - bilim oluvchining Internet tarmog`iga ulanishga bog`liq
emasligidir. CD-disklardagi elektron qo`llanmalar katta hajmdagi o`quv
materiallarini turii jadvallar, diagrammalar, grafiklar, interaktiv o`yinlar, savol-
javoblar yordamida multimedia vositalaridan foydalangan holda talabalarga
yetkazishga imkon beradi, bu esa o`rganiuvchilarning o`rganilayotgan mavzularni
mukammal o`zlashtirishlariga ko`maklashadi.
Shu o`rinda, YUNESKOning O`zbekistondagi
vakolatxonasi tomonidan
o`zbek tilida tayyorlangan «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror
rivojlanish» o`quv-ma`rifiy dasturini va o`qituvchilarni malaka oshirishi uchun
mo`ljallangan «Barqaror kelajak uchun ta`lim» dasturini alohida qayd etib o`tish
mumkin.
O`z-o`zidan ayonki, har qanday o`quv materialini ham kompyuterga kiritish
mumkin emas. Unga faqat formallashtirsa bo`ladigan o`quv materialini kiritish
mumkin. Bilimlarni kompbyuterlashtirish imkoniyati ularni formallashtirish
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Har xil fanlar o`z bilimlarini formallashtirishda har
xil imkoniyatlarga ega. Barqaror rivojlanish ta`limida kompbyuterlardan va
axborot texnikasi boshqa vositalaridan nisbatan kengroq foydalanish imkoniyati
mavjud. Kompbyuterdan diagrammalar, jadvallar, sxemalar va boshqa ko`rgazmali
materiallar tayyorlash va ulami namoyish etish, har xil vaziyatlarning modellarini
tuzish va ularni muhokama qilish, o`tilgan materialni
mustahkamlash va uning
o`zlashtirilishi ustidan nazorat qilish uchun foydalaniladi.
Zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy vositalar va mulbtimedia
texnologiyalari didaktik material tayyorlash vazifasini engillashtiradi, kompbyuter
bilan didaktik materiallarni uyg`unlikda qo`llash o`rganilayotgan mavzuni
o`zlashtirishga yordam beradi. An`anaviy ta`lim vositalari - ta`lim jarayonining
23
didaktik imkoniyatlarini cheklaydigan xattaxta, plakat hozircha saqlanib qoladi,
ammo keyinchalik borib dastlab zamonaviy proeksion texnika, so`ngra kompyuter
texnologiyasi ta`sirida chetga suriladi. Bu o`rganilayotgan materialni bayon etish
metodikasini ham, uning mazmunini ham o`zgartiradi.
Barqaror rivojlanish ta`limida axborot texnologiyalaridan
foydalanish
haqidagi yuqoridagi fikrlarga quyidagicha xulosa yasash mumkin:
Barqaror rivojlanish ta`limida informatsion texnologiyalarni rivojlantirish
elektron darsliklar va multimedia o`quv dasturlarini yaratishga, o`qituvchilar va
talabalarni ta`lim olishi uchun masofadan o`qitish bo`yicha ta`lim saytlarini
yaratishga yo`naltirilishi zarur. Multimediaga asoslangan ta`lim jarayoni yuqori
interaktiv bo`lishi hamda animatsiya, audio va video, o`yinlar, bevosita (on-layn)
muhokamalardan foydalanish orqali talabalar e`tiborini jalb etishi mumkin. Bu
ta`lim jarayoni istalgan vaqtda va istalgan joyda, o`qituvchilarning
ishtiroki va
ko`magisiz amalga oshirilishi mumkin.
Ta`lim berishni yanada samarali faoliyatga aylantirishi mumkin. U konsultiv
funksiyalaming katta qismini bajarishga qodir. Bu talabalarga o`quv rejalari va
dasturlari, tayyorlanuvchi mutaxassislar, o`rganiluvchi fanlar, uy vazifalari
haqidagi so`rovlarga zudlik bilan javob olish imkonini beradi. Ma`ruza
mashg`ulotlari auditoriyalardan kompyuterlarning ekranlariga ko`chirilishi
mumkin. Bunday ma`ruzani tinglaganidan keyin talabalar kompyuter dasturining
savollariga javob berish orqali materialni o`zlashtirish darajasini tekshirib
ko`rishlari mumkin.
Zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar ta`lim uslublarida hamda
o`qituvchi va talabalar orasidagi munosabatlarda tub o`zgarishlarga olib keladi. Bu
texnologiyalardan foydalanish ta`lim jarayonining samaradorligini oshiradi, chunki
axborot texnikasi talabalarni og`ir noijodiy mehnatdan xalos etadi, keng
ko`lamdagi resurslardan foydalanishga imkon yaratadi. O`qituvchining «bilimlar
manbasi» sifatidagi vazifasini bilimlar va talabalar orasidagi «yo`l ko`rsatuvchi»
roliga, ta`lim jarayonidagi boshqaruvchi vazifasiga o`zgartiradi.
24
Axborot texnikasi taqdim etilgan axborot uyumidan asosiy, muhim axborotni
tanlab olish, uni tanqidiy anglab etish, murakkab muammolarning echimini topish,
berilgan ma`lumotlardan foydali umumlashtirishlar qilish, o`rganilayotgan bilimlar
majmuini mantiqan tartibga keltirish imkonini beradi.
Barqaror
rivojlanish
ta`limi
jarayonida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishning juda katta afzalliklari mavjud. So`nggi
yillarda kompyuterlar
ta`lim, kognitiv psixologiya, sun`iy intellekt sohalarida ilmiy tadqiqotlarni
rag`batlantirdi. Ammo, elektron darsliklar va o`quv qo`llanmalari, masofadan
o`qitish uslublari keng tarqalib borayotganligiga qaramasdan, o`qituvchilarning
talabalar bilan bevosita muloqotiga to`liq almashtirmaslik va bu jarayonda
muayyan me`yorlarni saqlash zarur.
Ta`limni axborotlashtirish muammolari keng ijtimoiy ma`no kasb etib
bormoqda, ularga jamiyatni axborotlashtirishning muhim yo`nalishlaridan biri deb
qaralmoqda. Turli mamlakatlarning ta`limni axborotlashtirish dasturlari buning
dalilidir.
Shunday ekan, Barqaror rivojlanish ta`limi jarayonini axborot bilan
boyitish davr talabi bo`lib, bu jarayonda texnologik vositalardan foydalanish
o`zining yuqori samarasini beradi.