19
Uzluksiz ekologik ta`lim tizimini yaratish yuqorida zikr etilgan jarayonning
muhim tarkibiy qismidir. Mazkur ta`lim tizimi
inson hayotining barcha
bosqichlarini qamrab olishi lozim. Uzluksiz ekologik ta`lim tizimi o`z shakllari va
usullarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Ekologik ta`limning maqsadi
yoshlarda
va
jamiyatning
barcha
a`zolarida
ekologik
dunyoqarashni
shakllantirishdir. Uzluksiz ekologik ta`lim tizimi hozir asta-sekin shakllanmoqda,
uning asosiy xususiyatlari va bosqichlari belgilanmoqda. Chunonchi, uzluksiz
ekologik ta`lim bosqichlari maktabgacha ta`limni, umumiy ta`limni, har xil
darajadagi (kasb-hunar kollejlaridan universitetlar va aspiranturalargacha) kasb-
hunar ta`limini, aholiga mehnat faoliyati bilan faol mashg`ul bo`lishi davrida ta`lim
berishni, pensioneriarni va oilaning ishlamaydigan a`zolarini o`qitib-o`rgatishni
o`z ichiga oladi.
Shunday qilib, ekologik ta`lim inson hayotining barcha
bosqichlarini qamrab oladi, uning bilim va ko`nikmalarini muttasil yangilash va
to`ldirishni ta`minlaydi.
Biroq, o`tkazilgan tadqiqotlar ekologik ta`lim atrof muhit muammolarining
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatlariga yetarlicha e`tibor qaratmasligini ko`rsatdi.
"Ekologik ta`lim" iborasining o`zi ham barqaror rivojlanishning uch tarkibiy qismi
-tabiat, jamiyat va iqtisodiyotni to`liq qamrab olmaydi.
Albatta, atrof muhit masalalari barqaror rivojlanish bo`yicha ko`plab
tashabbuslaming asosiy qismi hisoblanadi. Barqaror rivojlanish ta`limi barqaror
rivojlanishning
uch tarkibiy qismi - jamiyat, tabiat (atrof muhit) va iqtisodiyotni
hamda rivojlanishning yana bir muhim jihati - madaniyatni ko`rib chiqadi.
Barqaror rivojlanish ta`limi - yangicha qadriyatlarni shakllantirishni talab etadi,
chunk! qadriyatlar insonlarning bir-birlariga va atrof muhitga munosabatlarini
belgilaydi va ularning xulq-atvorlarini boshqaradi.
Shuni alohida ta`kidlab o`tish zarurki, ekologik ta`limdan barqaror rivojlanish
ta`limiga o`tish - Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e`lon qilingan
o`nyillikning asosiy shioridir. Barqaror rivojlanish ta`limi - har bir insonga
barqaror kelajak
qurish uchun zarur bilimlar, ko`nikmalar va qadriyatlarga ega
bo`lishga imkon beruvchi jarayondir. Shuningdek, Barqaror rivojlanish ta`limi -
20
iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy siyosat sohalarida chuqur o`ylangan, oqilona
qarorlar qabul qilishga o`rgatish jarayonidir, uning maqsadi - barqaror jamiyat
qurishdir.
Barqaror rivojlanishning falsafiy va amaliy jihatlarini yorituvchi informatsion
materiallar va o`quv dasturlari ham axborot texnologiyalar
orqali talabalar,
o`qituvchilar va keng ommaga yetkazilishi mumkin.
Barqaror rivojlanish ta`limi jarayoniga keng ommani jalb etishda
informatsion-kommunikatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi, chunk!
ular asosida bir-biridan uzoqda joylashgan hamkorlar orasida aloqa o`rnatiladi,
axborot va yangiliklar almashinadi. Kommunikasion texnologiyalardan bevosita
foydalanish qiyin bo`lgan chekka tumanlar va qishloqlarda axborot olish va
o`qitishning boshqa vositalaridan foydalanish zarur bo`ladi. Bunda o`quv
materiallarini kompakt-disklarda tayyorlash va tarqatish muhim ahamiyatga ega
bo`ladi.
Ta`lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta`limning
mazmuni, shakllari va usullari o`zgarishiga kuchli ta`sir ko`rsatdi.
Barqaror
rivojlanish ta`limida axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari
quyidagicha bo`lishi mumkin:
Turli tayyorgarlikka ega tinglovchilarni o`qitish uchun mavjud o`quv
materiallaridan talabalarning mustaqil tayyorlanishi va kichik guruhlarda o`qish
uchun foydalanish mumkin;.
Informatsion texnologiyalar va o`ziga xos mulbtimedia dizayni orqali o`quv
dasturidan (elektron qo`llanmadan) foydalanuvchilar sonini orttirilishi mumkin;
O`qituvchilar barqaror rivojlanish haqidagi tasavvuriar va ko`nikmalarni har
bir o`quv predmetiga va o`quv rejasiga kiritishlariga (integratsiyalashga) imkoniyat
yaratiladi;
Shunchaki bilim va ko`nikma olishga emas, balki bilim va ko`nikma olish
jarayonida o`quvchining shaxsini shakllantirishga katta e`tibor berish ta`limning
asosiy maqsadiga
aylanadi;