17
o’zaro aloqalarni ko’rish va xis etishga yordam beradi, bunga atlas bilan
ishlaganda erishib bo’lmas edi.
Mazkur dastur yordamida amalga oshirilgan metodika geografiya-
kartografiya hamda,
ekologiya, turizm, qishloq xujalik sohalarida xizmat
kursatayotgan mutaxasislarning faoliyatlarini takomillashtirishga yaqindan yordam
beradi. Mazkur dastur yordamida tayyorlangan materiallar: (1,2,3- rasmlar).
1.3. Barqaror rivojlanish ta`limida axborot texnologiyalarining
ahamiyati
Ta`lim - muayyan bilimlar va ular bilan bog`liq ko`nikmalar, qoidalarni
o`zlashtirishga va qadriyatlarni shakllantirishga yo`naltirilgan
bilim va tarbiya
berish tizimidir. Hozirgi zamon ta`lim tizimining rivojlanishidagi asosiy yo`nalish
- ta`limni individuallashtirish va ijodkor shaxsni shakllantirishdan iborat
bo`lmoqda. Ta`limda bunday burilish yasalishiga axborot olish, uni o`zlashtirish va
undan foydalanish sohasida mutlaqo yangi imkoniyatlar paydo bo`lganligi ham
turtki berdi. Hozirgi davrda ta`limning yangi yo`nalishi - Barqaror rivojlanish
ta`limi (BRT) shakllanmoqda. Bu ta`limda ham
axborot texnologiyalarning
ahamiyati juda kattadir.
Barqaror rivojlanish ta`limi - insonlarga, turli tashkilotlarga, jamiyatga
qaratilgan chaqiriq bo`lib, u barchaga tegishli bo`lgan
kelajakka nazar tashlashga
imkon beradigan jarayondir.
2002 yilda Yoxannesburgda bo`lib o`tgan Barqaror rivojlanish bo`yicha Jahon
kengashi Barqaror rivojlanish ta`limi o`n yilligini o`tkazish taklifini qo`llab-
quvvatladi. So`ngra BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasi o`nyillikni
o`tkazishni bir ovozdan ma`qullab, uni 2005-2014 yillarda o`tkazishni va buning
uchun YUNESKOni bosh koordinator etib tayinladi.
Barqaror rivojlanish ta`limi o`nyilligining maqsadi -barqaror rivojlanish
g`oyalarini butun dunyoda barcha darajadagi ta`limga
joriy etish va shu orqali
ta`lim barcha uchun umumiy kelajakni o`zgartirish va yaxshilash vositasi bo`lishini
ta`minlashdir.