4
yurtlarimizda Informatika va axborot texnologiyasi asoslari fanlarining
o‘qitilishiga va yangi texnikadan samarali foydalanishni amalga oshiruvchi
pedagoglarning malakalarini oshirishga juda yuksak e’tibor berilayapti.
Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan xozirgi davrda har bir
fanning o‘qitilish mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish, ta’lim bosqichlari bo‘yicha
uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va amaliy
hayotga bog‘lash nuqtai nazardan yondashuv zarur bo‘ladi.
Hozirgi kunda zamonaviy kompyuterlarning ta`lim standartida tadbiq etishi
tufayli shaxsiy va tarmoq kompyuterlaridan foydalanish maqsadga muvofiq
bo`ladi. Bunga misol tariqasida biz dunyoda mashhur Microsoft kompaniyasining
keng tarmoqli Windows Operatsion dasturi ostida ishlaydigan Fhotoshop,
Coroldraw, 3DMax, Macromedia Flesh, hamda AutoCAD dasturlaridan foydalanib
ta`lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida chizma, grafika, foto,
diagramma va boshqa kartografik materiallarni yaratish, tahlil qilsih, ishalov berish
va chop etishni ko`rsatishimiz mumkin. Bular o`z navbatida yaratilgan ma`lumotni
foydalanish uchun qulyli yaratadi.
Axborot olami taraqqiyotida keskin o`zgarishlar ro`y berdi va yangi axborot
texnologiyalari yuzaga keldi. Internet haqida, uning imkoniyatlari va elektron
pochta haqida oxirgi paytlarda ko`p gapirilmoqda.