• KIRISH
  • Farg‘ona viloyati hududidagi telekommunikatsiya bog‘lanmalarida muqobil energiya sifatida quyosh pannellari tizimining qo‘llanilishi tahlili”




    Download 0,71 Mb.
    bet3/13
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #250723
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    BMI

    Mundarija


    KIRISH 8
    I BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA 12
    1.1 Telekommunikatsiya tizimlarida qo‘llaniluvchi energiya ta’minoti manbalari va qurilmalari. 12
    1.2. Telekommunikatsiya tizimlarining an’anaviy energiya ta’minoti manbalari. 19
    1.3. Telekommunikatsiya tizimlarining muqobil energiya ta’minoti manbalari. 24
    II BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING QUYOSH ENERGIYASI ASOSIDAGI TA’MINOT MANBAYIDA QO‘LLANILUVCHI QURILMALAR TAHLILI 28
    2.1. Quyosh energiyasi asosidagi ta’minot manbayining fotoelektr panellari. 28
    2.2. Quyosh energiyasi asosidagi ta’minot manbayining invertor qurilmalari. 35
    2.3 Quyosh energiyasi asosidagi ta’minot manbayida qo‘llanilayotgan akkumulyatorlar. 43



    KIRISH


    Quyosh yer hayotida muhim ahamiyatga ega. Quyosh nafaqat yorug‘lik va issiqlik manbai, balki boshqa ko‘plab energiya turlari (neft, ko‘mir, suv, shamoldan energiya) ning asl manbai hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash muammosi, dunyo aholisining doimiy ravishda o‘sib borayotgan ehtiyojlari hozirgi kunda tobora dolzarb bo‘lib qolmoqda.
    Quyosh nurlanishini faol hamda passiv quyosh tizimlari yordamida isiqlik va elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Passiv tizimlar binolarni loyihalash va qurilish materiallarini Quyosh nurlanishidan maksimal darajada foydalanadigan tarzda tanlash hisoblanadi. Faol quyosh tizimlariga quyosh-issiqlik kollektorlari hamda fotoelektr (fotovoltaik) tizimlari kiradi. Ayni paytda fotoelektr tizimlari - quyosh nurlanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantiruvchi tizimlardan keng foydalanilmoqda.
    Telekommunikatsiya uzluksiz elektr energiya manbasiga doimiy ehtiyoj sezuvchi soha hisoblanadi. Bugungi kunda sifatli va doimiy aloqaga talab kun sayin ortib bormoqda. Bu esa telekommunikatsiya tizimlarida zamonaviy va barqaror energiya manbalarini qo‘llashni talab etadi. Ushbu tizimda muqobil energiya manbalarining qo‘llanilishi yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga olib keladi.
    Mamlakatimizning geografik joylashuvi xalq xo‘jaligida va ayniqsa texnik sohada quyosh energiyasidan foydalanish uchun qulay hisoblanadi. O‘zbekistonning energiya cheklangan sharoitida telekommunikatsiya bog‘lanmalari va boshqa aloqa obyektlarida quyosh energiyasi tizimlaridan foydalanish aholini yuqori sifatli va uzluksiz aloqa bilan qamrab olishga yordam beradi.
    Bugungi kunda asosan hududiy telekommunikatsiya bog‘lanmalari va mobil aloqa bazaviy stansiyalari quyosh energiyasi tizimlari yordamida ikkilamchi energiya bilan ta’minlanmoqda. Ushbu tizimlar mamlakatimiz aloqa sohasi uchun yangilik hisoblanib, bu tizimlarnini ishlash samaradorligini oshirish va qamrov doirasini yanada kengaytirish zarur.
    Quyosh energetikasi yurtimiz va jahon olimlari tomonidan keng o‘rganilgan bo‘lsada, uning telekommunikatsiya sohasida qo‘llanilishi bo‘yicha o‘rganishlar va ilmiy ishlar sanoqli hisoblanadi. Jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida I.B.Lvovskiy, B.V.Barkalov, A.Y.Gliberman, A.K.Zayseva, N.V.Xarchenko, G.Aristovlar, O‘zbekistonda esa T.Majidov, M.M.Muxitdinov, S.F.Ergashev, G‘.Umarov, M.Usmonov va boshqa ko‘plab olimlar izlanishlar olib borgan. Telekommunikatsiya sohasida quyosh energiyasining qo‘llanilishi bo‘yicha esa Mukund R.Patel, Geetha Pande, Kurtis Heimerl, Eric Brever, U.Dike, U.Anthony, X.X.Qulmatov, A.U. Vohidov, G.O.Qo‘ldashev, J.P.Akimovlar samarali izlanishlar olib bormoqdalar.
    Yuqoridagi izlanuvchilar telekommunikatsiya bog‘lanmalarida aloqa qurilmalarini quyosh energiyasi bilan ta’minlashda qo‘llaniladigan quyosh energiyasi tizimlarining ekspluatatsiyasi, ularning samarali ishlashi uchun faoydalaniladigan invertorlar, kuchaytiruvchi qurilmalar, nazorat qurilmalari (kontrollerlar) va akkumulyatorlar ustida o‘rganishlar olib borganlar. Lekin, quyosh energetikasining asosiy muammosi uning yil fasli va kunning muayyan vaqtiga bog‘liqligi hamada turli geografik kengliklarda quyosh nurining turlicha intensivlikda bo‘lishidadir. Bu muammolarni bartaraf etish uchun turli hududlarda fotovoltaik panellarning har xil turlaridan foydalanish, energiya barqarorligini ta’minlash uchun energiyasamarador akkumulyatorlarni qo‘llash hamda gibrid tizimlarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilmoqda. Iqtisodiy va texnik samaradorlikka erishish uchun ushbu usullar ustida uzoq muddatli kuzatish ishlari o‘tkazish va eng optimal variantlarni tanlab olish talab etiladi.

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg‘ona viloyati hududidagi telekommunikatsiya bog‘lanmalarida muqobil energiya sifatida quyosh pannellari tizimining qo‘llanilishi tahlili”

    Download 0,71 Mb.