|
Telekommunikatsiya tizimlarining muqobil energiya ta’minoti manbalari
|
bet | 7/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #250723 |
Bog'liq BMI 1.3. Telekommunikatsiya tizimlarining muqobil energiya ta’minoti manbalari.
Dunyo bo‘ylab fan-texnika va sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy zahiralarga bo‘lgan ehtiyojning yanada oshishiga olib kelmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotida mineral xom-ashyo qazib olish va qayta ishlash yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. U sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston noyob yoqilg‘i energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko‘mir 2 milliard tonnadan ortiq, 160 dan ortiq neft konlari mavjud. Hozirgi davrda O‘zbekiston energetika tizimi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo‘jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 million maishiy iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi.
Respublika energetikasi istiqboli gidroenergetika va issiqlik energetikasi yo‘nalishida rivojlandi. O‘zbekiston energetika tizimi 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyasini o‘z ichiga olib, ularning umumiy quvvatlari 11,58 mln. MVt ga yetadi. Shundan 9,84 mln MVt issiqlik elektrostansiyalari, 1,74 mln MVt gidroelektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosiy yoqilg‘i energetika resurslari qatoriga neft, gaz va ko‘mir kiradi.
Organik yoqilg‘ilarda ishlaydigan ana’naviy energiya manbalari o‘rnini bosib elektr energiyasi olish imkonini beradigan, hozircha keng qo‘llanilmaydigan usul, qurilma yoki inshootlarga muqobil energiya manbalari deyiladi.
Muqobil energiya manbalarining ommalashishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan asosiy sabablardan biri - bu ularning tannarxi yuqoriligidir. Shu bois ham olimlar uning eng maqbulini tanlashda ham arzon, ham ishlab chiqarishda samarali bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratishmoqda.
Dunyodagi rivojlangan malakatlar foydalanayotgan noana’naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
− quyosh energiyasi;
− shamol energiyasi;
− gidroenergetika;
− to‘lqinlar energiyasi;
− suv sathlarinig ko‘tarilib-tushish energiyasi;
− okean va dengizlardagi har xil oqimlar energiyasi;
− geotermal suvlar va geyzerlar energiyasi;
− biomassa energiyasi;
− shahar chiqindilari energiyasi;
− chorvachilik va parrandachilik fermalari chiqindilari energiyasi; − -yer ostidan issiqlik nasoslari orqali olinadigan energiya.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida shamol energiyasidan foydalanishda Germaniya yetakchi o‘rin tutmoqda. Jumladan, ushbu mamlakatda sayyoramizda ishlab chiqarilayotgan shunday energiyaning qariyb 36,3 foizi olinyapti. Bu
Germaniya umumiy energiya iste’molining taxminan 5,6 foizini tashkil etadi.
Qolaversa, Ispaniya, AQSh, Daniya, Hindiston, Gollandiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Xitoy ham bu borada ma’lum natijalarga erishmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning 84,7 % organik yoqilg‘ilardan foydalanadigan issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Umumiy ishlab chiqariladigan energiyaga nisbatan atigi 14,5 % elektroenergiya GESlar yordamida ishlab chiqariladi. Kelajakda O‘zbekiston Respublikasida qaytalanuvchi energiya manbalaridan quyidagi miqdorda foydalaniladi:
− quyosh energiyasidan 98,8 %;
− gidroenergetikadan 1,0 %;
− shamol energiyasidan 0,2 %.
Quyidagi jadvalda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi eng muhim qaytala tiklanuvchi energiya manbalarining turlari va miqdorlari keltirilgan.
1-jadval
|
| |