Farg‘ona viloyati hududidagi telekommunikatsiya bog‘lanmalarida muqobil energiya sifatida quyosh pannellari tizimining qo‘llanilishi tahlili”




Download 0,71 Mb.
bet4/13
Sana23.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#250723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BMI

Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, bugungi resurslar cheklangan cheklangan sharoitda barcha iste’lom vositalarini muqobil ko‘rinishga o‘tkazish zamon talabiga aylanib bormoqda. Fan-texnika va zamonaviy texnologiyalar rivojlangan sari ayniqsa, elektr energiyasiga bo‘lgan talab mutassil oshib boradi.
Dunyodagi barcha elektr stansiyalari ishlab chiqargan energiya tobora o‘sib borayotgan dunyo aholisi ehtiyojini to‘liq qoplash uchun kamlik qiladi. Foydalanilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi tugaydigan energiya manbalari – organik va mineral yoqilg‘ilar (neft, gaz, ko‘mir, torf, slanes va hk.) lar hisobiga olinadi. Bu esa an’anaviy energiya manbalarining umri tugab borayotganini va barcha sohalarda asta-sekin muqobil turdagi energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish zarurligini anglatadi.
Telekommunikatsiya sohasi tez rivojlanib borayotgan soha bo‘lganligi bois ushbu sohaga muqobil energiya manbalarini tadbiq etish ishlari izchil olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda muqobil energiya manbalari avvaliga ikkilamchi energiya tizimi sifatida qo‘llanila boshlangan bo‘lsa, bugunga kelib birlamchi tizim sifatida foydalanishga o‘tilmoqda.
O‘zbekiston sharoitida uzoq hududlar va asosiy elektr energiyasida tez-tez uzilishlar sodir bo‘lib turadigan shahar va qishloqlarda aloqa qurilmalarini muqobil energiya bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz yetib borish qiyin bo‘lgan uzoq hududlari asosan cho‘l, dasht va tog‘liklar bo‘lgani bois quyosh energiyasidan fotovoltaik usulda foydalanish muqobil energiyaning eng optimal varianti hisoblanadi.
So‘nggi yillarda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”, 539-sonli,O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, PQ-3687-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va shu kabi hukumat qarorlari asosida ko‘plab hududlardagi telakommunikatsiya bog‘lanmalari quyosh energiyasi tizimlari bilan jihozlanib kelinmoqda. Mavjud qurilmalar va tizimlardan samarali foydalanish usullarini o‘rganish hamda sohaga yangiliklarni joriy etish, yangi turdagi yuqori samaradorlikka ega texnologiyalarni qo‘llash muhim vazifa hisoblanadi.

Download 0,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg‘ona viloyati hududidagi telekommunikatsiya bog‘lanmalarida muqobil energiya sifatida quyosh pannellari tizimining qo‘llanilishi tahlili”

Download 0,71 Mb.