15
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida biologiyadan fundamental
nazariyalar
asosida o’quvchilarga izchil bilimlar berilishini ko’zda tutadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabini tamomlagan o’quvchilarning biologiyadan
fundamental nazariyalar asosida o’quvchilarga izchil bilimlar berilishini ko’zda
tutadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabini tamomlagan o’quvchilarning biologiyadan
muayyan darajada mantiqan tugallangan bilim va malakaga ega bo’lishlari
zarurligini hisobga olgan holda biologiyadan sitologiya asoslari va genetika
mavzulari bo’yicha tugallangan biologik bilimlarning berilishini ko’zda tutadi.
Bunda hujayra organizmining tuzilishi
va hayot faoliyati birligi, organizmlarning
turkumlarga bo’linishi, taksonomik mezonlarni qo’llashga negizida organik
olamning turli-tumanligiga oid bilimlar mujassamlashtiriladi. Hujayra
metobolizmi, organizmlarning ko’payishi va rivojlanishining
sitologik asoslari,
irsiyat va o’zgaruvchanlik, seleksiya haqidagi bilimlar mazmuni to’liq ochib
beriladi. Ushbu biologiya ta’limi standartida “O’quvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” dan keyin, IV-bo’lim “O’quvchilarning
tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan maksimal talab”lar berilgan, O’quvchilarga
maksimal ball yoki baho qo’yishda har ikkala ya’ni minimal
va maksimal
tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi
e’tiborga olingan.
Biologiya ta’limi vazifalari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunining
murakkabligini minimallashtirish bir
butunlikni, sistemalilikni, uzluksizlikni va
o’zaro bog’liqlikni saqlagan holda olib boriladi.