Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana01.02.2024
Hajmi436,67 Kb.
#150077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
A qodiriy nomidagi

1.1. Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi. 
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi 
bosqichi ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan 
ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, 
o’quv tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik 
texnologiyalar bilan ta’minlash kabi qator vazifalarni amalga oshirishni ko’zda 
tutadi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir ta’lim muassasasining shu 
jumladan, pedagogika oliy o’quv yurtlarining bevosita vazifasi sanaladi. Ta’lim-
tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llash uchun 
biologiya o’qituvchilari maxsus metodik bilim va ko’nikmalarni egallashlari, 
pedagogik amaliyotlarda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishlari 
lozim. 
Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo’yicha izlangan har bir 
olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga 
to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga 
muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. 
Pedagogik texnologiya – o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida 
o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni 
qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar 
majmuasidir. 
Jonajon respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’limning to’la mustaqillgini 
ta’minlash va milliylashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. 
Prezidentimiz I. Karimovning tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to`g`risidagi» Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. 
Ularga asoslanib respublika xalq ta’limi vaziri J.Yuldoshev rahbarligida va 
ishtirokida umumiy o`rta ta’lim davlat ta’lim standarti, har bir o`quv fani



bo`yicha yangi o`quv dasturlari, o`quvchilarning bilim darajalarni nazorat
qilishning reyting usuli ishlab chiqildi va tajriba sharoitida o`tkazilib hayotga 
tatbiq etildi. Hozirgi vaqtda ana shu dasturlarga asoslanib yangi darsliklar
o`quv metodik qo`llanmalar yaratilmoqda. Bu ishlarning barchasining zaminida
ta’limni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to`la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlat darajasida yuqori ma’naviy, axloqiy talablarga
javob beruvchi kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, ular sifatini oshirish, 
ta’lim dasturlari, darsliklar, o`quv metodik majmularining yangi mazmun bilan 
boyitish, muhim rag`batlantiruvchi omillar asosida o`quvchilarini bilim olishga
bo`lgan xohishlarini rivojlantirish, ular ongida milliy mafkurani shakllantirish,
ularni hayotga tatbiq etish yotadi. 
Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – tizim jarayonining 
samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida 
o’qituvchining pedagogik va o’quvchining o’quv – bilim faoliyatini uyg’un 
ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish 
metodlari, vositalari va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga 
imkon beradigan tizimli majmuasidir. 
Pedagogik texnologiyaning uchta darajasi mavjud: 
1.Umumiy metodik daraja 
2.Xususiy metodik daraja 
3.Lokal modul daraja 
Jahonning rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimida muvaffaqiyatli 
qo’llanib kelayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar 
shaxsga yo’naltirilganligiga ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish 
va boshqarilishiga, shaxsga bo’lgan munosabatiga, hozirgi zamon ta’lim tizimida 
hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmuni yangilash va ta’lim – tarbiya 
jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilganligiga ko’ra tavsiflanadi. 
I.Shaxs strukturasiga mo’ljallanganligiga ko’ra: 
- Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga mo’ljallangan 
pedagogik texnologiyalar 



- Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat 
texnologiyalari 
- Estetik va axloqiy munosabatlarni tarkib toptirishga mo’ljallangan 
hissiyotli–axloqiy texnologiyalar 
- Iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan estetik texnologiyalar. 
II.Mazmuni va tuzilishiga ko’ra: 
- Ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan texnologiyalari 
- Dunyoviy va diniy ta’limga mo’ljallangan texnologiyalari 
- Umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari 
- Insonparvarlik va texnokrat texnologiyalari 
- Xususiy predmet texnologiyalari 
- Monotexnologiya va kompleks (majmua) texnologiyalari 
III.Ta’lim – tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsining tutgan o’rniga ko’ra 
pedagogik texnologiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
- Avtoritar texnologiyalar 
- Didaktosentrik texnologiyalar 
- Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar 
- Insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari 
- Erkin tarbiya texnologiyalari 
 IV. Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy 
ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan 
o’zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko’ra quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
- Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
asosidagi pedagogik texnologiyalar 
- O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar 
- Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini 
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar 



- O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash 
asosidagi pedagogik texnologiyalar 
- Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik 
texnologiyalar. 
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida 
lokal (modul) va xususiy metodik darajada qo’llaniladi. 
Biologiya o’qituvchisi o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal 
(modul) darajada qo’llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu 
o’rganilib, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat 
qilish va baholashda nazorat testlari, turli o’yin mashqlar, musobaqa, trening 
o’tkazadi. O’quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan ko’nikma va 
malakalarni egallaganidan so’ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni 
o’tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qo’llanishi mumkin. 
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik 
texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o’qituvchi o’rganiladigan 
mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, maqsadlaridan kelib chiqqan 
holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida 
o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, darsda 
o’quvchilarning bilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari, o’quvchilarning 
o’zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yo’llarini belgilash lozim. 
Biz pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va 
mazmuniga ko’ra ikki guruhga ajratdik: 
1.Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o’zgarishda 
qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar 
2.Biologiya darslarda foydalaniladigan texnologiyalar. 
Pedagogik jarayonning borishi va mazmunini o’zgartirishda 
qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga: 
-Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
texnologiyasi



-Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar 
-Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalar 
-Ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish. 
Biologiya darslarida foydalanilgan texnologiyalar guruhiga: didaktik o’yin 
texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, 
loyihalash texnologiyasi, modulli ta’lim texnologiyasi va an’anaviy ta’lim 
texnologiyalari kiradi. 

Download 436,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi

Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish