Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha

Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana01.02.2024
Hajmi436,67 Kb.
#150077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
A qodiriy nomidagi

Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iborat: 
-shaxs-kadr tayyorlash tizimining bosh subekti va obyekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
-davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni 
qabul qilib olishning kafillari; 
-uzluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi 
bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash 
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; 
-fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 
-ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning 
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy 

12 
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan 
ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim tarbiya sohasini 
isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida 
amaldagi ta’lim – tarbiya tizimini hozirgi taraqiyyot va kelgusidagi talablar 
darajasiga ko’tarish, uni takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligidan kelib 
chiqqan holda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida” 
O’zbekiston Respublikasining Qonuni Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida 
muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o’quv materiallari 
qatori biologiya ta’limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi. “Ta’lim to’g’risida”gi 
qonunga muvofiq: 
1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasini 
qayta ishlab chiqish; 
2.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi konsepsiyasidan 
kelib chiqqan holda biologiyadan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish; 
3.Biologiya ta’limi konsepsiyasi va standartiga muvofiq biologiya dasturi 
va boshqa o’quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish taqozo qilinadi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limining asosiy vazifalari: 
-o’quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g’oyalar, ilmiy 
dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini 
shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish; 
-tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan 
moslanishlarning mexanizmlari haqida ma’lumot berish; 
-o’quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy 
rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populyatsiya; 
-tur darajadagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan 
qurollantirish, ularning biologiyani o’rganishga bo’lgan qiziqish va ijodiy 
qobiliyatlarini o’stirish hamda kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom 
ettirishlari uchun zamin tayyorlash; 

13 
-o’quvchilarni o’zlarining va o’zgalarning salomatligini saqlashga, 
sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo’naltirish; 
-biologiya ta’limi mazmuni hozirgi ijtimoiy hayot va fan – texnika 
taraqqiyoti bilan mustahkam bog’lanishni ta’minlash asosida o’quvchilarni ongli 
ravishda kasb tanlashga yo’naltirish; 
-tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish 
fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish; 
-biologiya ta’limi mazmunini o’lkaga oid materiallar bilan boyitish, 
biologiya bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya 
yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi 
olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. 
Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standartlari 
orqali amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti 
biologiya o’quv fanidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular 
egallaydigan malaka ko’nikmalari hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy 
ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi 
ko’rsatgichlar hamda o’quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga 
qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi. 
“Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar” umumiy o’rta ta’lim 
maktablarda biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni 
ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi. Keltirilgan ko’rsatgichlar umumiy o’rta ta’lim 
maktablari uchun biologiya predmeti dasturi va darslikni yaratishda hamda ta’lim-
tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi. 
Biologiya ta’limi standartidagi “o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga 
qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan 
ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy 
ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va 
uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatgich va talablar 
biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib hisoblanadi. 

14 

Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya ta’limi standartlarida 
keltirilgan ko’rsatgich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to’liq 
qamrab oladi va o’zaro bog’lanuvchi uch yo’nalishga bo’linadi: 

Download 436,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi haqida umumiy tushuncha

Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish