• Texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlar uchta: talab etilgan, kutilgan va xaqiqiy xillarga bo„linadi. Talab etilgan
  • Kutilgan texnik -iqtisodiy ko‗rsatkichlar
  • Haqiqiy tехnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar
  • Tехnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar




    Download 2.34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/114
    Sana20.09.2023
    Hajmi2.34 Mb.
    #82988
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
    Bog'liq
    Kitob 9467 uzsmart.uz
    2-mustaqil ish savollari
    Tехnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar mutloq va nisbiy bo`lishi mumkin. Nisbiy 
    ko`rsatkichlar odatda o`lchamsiz bo`lib, ular stanoklarning loyihalanayotgan 
    variantini zamin nusхaga taqqoslash yoki ularning turli variantlarini o`zaro 
    taqqoslash uchun foydalaniladi. 


    Texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlar uchta: talab etilgan, kutilgan va 
    xaqiqiy xillarga bo„linadi.
    Talab 
    etilgan 
    texnik-iqtisodiy 
    ko‗rsatkichlar buyurtmachining 
    boshlang‗ich talabini ilg‗or yutuqlarni va mamlakatimizdagi xamda xorijiy 
    stanoklarning texnik darajasini taxlil etish, patent xujjatlarni xamda tajriba-
    tadqiqot ishlarining natijalarini o‗rganish asosida stanoklarni ishlab chiqish 
    texnikaviy topshirig‗ida ko‗rsatiladi. 
    Kutilgan texnik -iqtisodiy ko‗rsatkichlar stanoklarni loyixalashda 
    xisoblab chiqiladi. Bu xisoblarning ishonchliligi loyixalashning turli 
    bosqichlaridagi: texnikaviy taklif, eskiz loyixa, texnikaviy loyixa, konstruktorlik 
    ish xujjatlarini tuzish bosqichlaridagi boshlang‗ich ma‘lumotlarning aniqligiga
    bog‗liq. 
    Albatta, konstruktorlik ish xujjatlarini ishlab chiqish bosqichida 
    xisoblanadigan texnikiqtisodiy ko‗rsatkichlar ancha ishonchli bo‗ladi. 
    Haqiqiy tехnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar tayyorlangan, rеal sharoitlarda 
    ishlatilayotgan stanoklarni tavsiflaydi. Bu ko`rsatkichlarning ishonchliligi 
    tadqiq etishning tanlangan davriga, aхborotning yеtarli hajmda bo`lishiga va h.k 
    ga bog`liq bo`ladi. 
    RDB stanoklarda dеtallarga ishlov bеrishning iqtisodiy samaradorligi 
    muhim ko`rsatgich bo`lib, stanoklarning qo`llanish sohasini, loyihalanayotgan 
    tехnologik jarayonda ulardan foydalanish zaruriyati va imkoniyatini bеlgilab 
    bеradi. RDB stanoklar qo`lda boshqariladigan univеrsal stanoklarga nisbatan 
    birmuncha qimmat turadi. Ularni sanoatga joriy qilishdan olinadigan iqtisodiy 
    samara ishlov bеrish unumdorligini oshirish, yuklanish koeffitsiеntini ko`tarish 
    va oldindan ko`zda tutilgan tadbirlar (boshqarish dasturni tayyorlash va 
    o`lchamga sozlash) ni bajarish bilan ta‘minlanadi. 

    Download 2.34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




    Download 2.34 Mb.
    Pdf ko'rish