Andijon mashinasozlik instituti




Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/114
Sana20.09.2023
Hajmi2.34 Mb.
#82988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Kitob 9467 uzsmart.uz
2-mustaqil ish savollari
 
Taqrizchilar: 
1. T.Almatayev – Andijon mashinasozlik instituti ―Avtomobilsozlik‖ 
kafеdrasi mudiri, t.f.n., dotsеnti. 
2. A.S.Ahunjonov - ―Andijon energota‘mirlash‖ M.CH.J. direktor 
o`rinbosari. 


KIRISH 
Xozirgi mashinasozlikni jadallashtirish, uning samaradorligini oshirish va 
chiqariladigan maxsulotning raqobatlasha olishini ta‘minlash uchun ishlab 
chik.arish unumini va texnologik usullarning anik.ligini jiddiy oshirish 
shuningdek uni keng kulamda avtomatlashtirish talab etiladi.
Xozirgi 
mashinasozlikda 
ishlab 
chiqariladigan 
maxsulotlarning 
konstruksiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish 
ob‘ektlari tez-tez almashinib, yangi maxsulotni o‗zlashtirish muddatlari 
qisqarmoqda. Yuqorida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun 
moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarini keng ko‗lamda qo‗llanish talab 
etiladi. Bunday sistemalar EXM bilan boshqarilib, turli buyumlarni ishlab 
chiqarishga tezda moslana oladi.
Mazkur texnik siyosat, sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlat 
arboblarining, sanoat raxbarlarining va ilmiy-texnik jamoatchilikning diqqat 
markazida turadi.
Mashinasozlik sanoatida metall va metalmas materiallardan xilma – xil 
detallar tayyorlash uchun zamonaviy metall kesish dastgohlaridan foydalaniladi. 
Ular yo‗nish, teshish, teshiklarni kengaytirish, randalash, jilvirlash, rezba 
qirqish va tish qirqish kabi dastgohlardir. Endilikda zamon talabi va fan 
texnikaning rivojlanib borishi bilan sonli dasturda boshqariladigan (SDB) 
avtomat dastgohlar yaratildi. Vaholanki bunday tezkor, katta quvvatli, o‗ta 
aniqlikdagi avtomatik liniyalar uchun aniq konstruksiyadagi kesuvchi asboblar 
layihalansagina, ishlab chiqarilgan detalning sifati yaxshilanib, narxi 
arzonlashadi.
Malumki, har bir mexanik va konstruktorlar oldidagi asosiy vazifa u 
yaratayotgan detal yoki uskuna yuqori sifatli, uzoq muddat ishlay oladigan, juda 
puxta va mustahkam bo‗lishi bilan birga uni tayyorlash qulay va arzon 
bo‗lishidir. Bu kabi talablarga javob izlash uchun eng birinchi kesib ishlashda 
qo‗llaniladigan kesuvchi asboblarning geometriyasini to‗g‗ri tanlab, 
ishlanadigan detal materialining xossalarini o‗rganib chiqib, kesuvchi asbob 
konstruksiyasi loyihalanadi.
Mashinasozlik sanoatining rivojlanganlik darajasi unda ishlatilayotgan 
texnologik 
jarayonlarning 
samaradorligi 
bilan 
belgilanadi. 
Ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning sifat va tannarxi, uning konstruksiyasini 
puxtaligi, ishlab chiqarish madaniyati va boshqa faktorlar qatorida ishlab 
chiqarish texnologyasiga ham ko‗p jihatdan bog‗liq. Texnologiyaning 
mukammalligi tanlangan dastgohlarning hozirgi zamon talablariga javob 


berishiga, ularda fundamental fanlarning eng oxirgi yutuqlarini qo‗llashga va 
ularning tejamkorligiga bog‗liq.
Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati mashinasozlikning yuragi 
hisoblanadi. Ishlab chiqariladigan kesuvchi asboblarni yuqori sifatli asbobsozlik 
materiallaridan tayyorlashni ta‘minlash, eyilishga chidamli materiallarni 
asbobsozlikda keng ko‗lamda qo‗llash, kesuvchi asboblarni ishlab chiqarishda 
soddalashtirilgan texnologiyalarni qo‗llash va asboblarni tayyorlashda 
mahkamlashning zamanaviy texnologiyalarni qo‗llash asbosozlik sanoatini 
rivojlantirishda asosiy yo‗nalish sifatida namoyon bo‗lib turibdi.
Metallarni kesib ishlash jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 
yilda I.I.Timening ―Soprotivlenie metallov i dereva rezaniyu‖ kitobini nashr 
etilishidan boshlangan. Bu kitob kesish jarayonining fizik asoslarini nazariy 
o‗rganishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malыshev 
(1877), P.A.Afanasev (1884), A.V.Gadolin (1888), K.A.Zvorikin (1893), 
A.A.Briks (1896), tomonidan to‗ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan. 
K.A.Zvorikin shu fanni o‗rganishga ko‗p hissa qo‗shgan. Uning 1893 yilda 
―Rabota i usiliya, neobxodimыe dlya otdeleniya metallicheskix strujek» kitobi 
nashrdan chiqib, allohida diqqatga sazovor bo‗ldi.
Eng yirik ilmiy ishlardan 1880 – 1906 yillarda o‗tkazilgan F.Teylor 
tadqiqotlari bo‗ldi. Teylorning metallarni kesish va ishlab chiqarishni tashkil 
etish bo‗yicha qilgan ishlarining natijalari hozirgi paytda ham kesish 
maromlarini va kesish kuchlarini aniqlash u yaratgan bog‗liklardan 
foydalanilmoqda. XX asr boshlarida kesish kuchini o‗rganish bilan bir qatorda 
kesuvchi asbobning turg‗unligi va kesishdagi issiqlik hodisalarini tekshirish 
ham o‗rganila boshlandi.
Mashinasozlikni barcha soxasida keng avtomatlashtirilgan qo‗llanishi, 
mashinasozlik yo‗nalishida o‗qiyotgan bakalavrlarni mashinasozlikda 
texnologik jarayolarni avtomatlashtirishni amalga oshirish yo‗llari va yangi 
texnologik mashinalarni bilishlari muximdir. 



Download 2.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish