• Nazorat savollari
  •  RDB tizimlari boshqaruv organlari




    Download 2.34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/114
    Sana20.09.2023
    Hajmi2.34 Mb.
    #82988
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
    Bog'liq
    Kitob 9467 uzsmart.uz
    2-mustaqil ish savollari
    2. RDB tizimlari boshqaruv organlari 
    Boshqaruv organlari aloxida shkaf (javonda) joylashgan bo‗lib 
    ma‘lumotlarni o‗qish qurilmasi va operator pulptidan iborat. Operator pulpti 
    yordamida tizimni ish rejimi ta‘minlanadi, surish tezliklari korreksiyasi va 
    qurilma ishini indikatsiyasi amalga oshiriladi. 
    Operator pulptida quyidagi boshqaruv organlari joylashgan: 
    1. Qurilmani ish rejalari o‗zgartirgichi (murvati): 
    2. Surish tezligi korreksiyasi murvati: 
    3. «Adres» tugmasi; 
    4. «Ish (rabota) yuritmasi tozalash (sbros), RDB ni tozalash» tugmalari; 
    5. «Texnologik to‗xtatish» tugmasi: 
    6. «Qo‗lda» kiritish murvati. 
    7. Indikatorli yorug‗lik tablosi. 
    8. «Sonlar indikatsiyasi» (kadr, kesuvchi asbob nomeri va korreksiya). 
    Ish rejimlari murvati tizimi quyidagi rejimlarda ishlatishni ta‘minlaydi: 
    «qo‗lda» kiritish; tozalash (sbros); texnologiya bo‗yicha ish; kadrni axtarish
    kadrlar bo‗yicha ish; dastgo‘dan boshqarish. 


    «Qo‗lda» kiritish rejimida geometrik va texnologik ma‘lumotlar «adres» 
    tugmalari va aloxida terish o‗zgartigichi yordamida kiritiladi.
    «Texnologiya bo‗yicha ish» rejimida kerakli kadr topilib, shu kadr 
    bo‗yicha ish bajariladi (kadr terish o‗zgartigichi bilan amalga oshiriladi). 
    «Tozalash» (sbros) tugmasini bosish bilan butun tizim yoki uni bir qismi 
    tozalanib boshlang‗ich xolatiga keladi. 
    «Dastgoxdan boshqarish» ikki xil rejimda boshqarishni ta‘minaydi: 
    «Qo‗lda boshqarish» va «Avtomatik boshqarish». Buning uchun dastgox 
    boshqaruv pultidagi o‗zgartirishdan foydalaniladi. «Qo‗lda boshqaruv» uchun 
    operator pultida «dastgoxda boshqarish» rejimiga o‗tiladi. So‗ngra dastgox 
    po‗latidan X,Y,Z yo‗nalishlar bo‗yicha, mos xolda «o‗ng» yoki «chap» 
    xarakatlantirish mumkin. Xarakat tezligi pulptdagi murvat yordamida 
    o‗zgartirish mumkin. 
    «Avtomatik boshqarish» uchun dastgox pulptida o‗zgartirish shu xolatga 
    qo‗yiladi. Operator pulptida «Avtom» lampochkasi yonadi. Operator pultidan 
    kerakli rejimda «avtomatik» ravishda boshqariladi. Boshqa rejimga o‗tish uchun 
    «tozalash»tugmasi va «privod» va «RDB» yordamida tizim va yuritma 
    tozalanishi kerak. 
    Tezlikni o‗zgartirish murvati bilan surish tezligini ma‘lum darajada 
    o‗zgartirish mumkin. 
    «Texnologik to‗xtatish» tugmachasi yordamida sistemani «avtomat» 
    rejimda ishlayotgan bo‗lsada zarur bo‗lgan vaqtga to‗xtatib turish mumikn. 
    Yorug‗lik toblosi, boshqarish tizimining ish jarayonini ko‗rib (nazorat 
    qilib) turish uchun ishlatiladi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Datchikning sezgirligi degnda nimani tushunasiz? 
    2. Sezuvchan o‗zgartirgichlar ishonchliligiga qanday talablar qo‗yiladi ? 
    3. Energetik parametrlar deganda nimai tushunasiz? 
    4. Kesish kuchini qanday datchiklarda aniqlash mumkin? 
    5. Kesuvchi asbobning xolatini aniqlash uchun qaysi faktorlar nazorat qilinidi? 
    6. Yeyilish kriteriyasi deganda nimani tushunasiz? 
    7. Detal yuzasining g‗adir – budurligini oshishi nimani bildiradi? 
    8. Vibroakustik signalni olish uchun datchik qayerga joylashtiriladi?
     

    Download 2.34 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




    Download 2.34 Mb.
    Pdf ko'rish