|
1-ma’ruza: fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish
|
bet | 14/14 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 74,48 Kb. | | #113181 |
Bog'liq 1-mavzuNazariy bilim – empirik holatlarni tushuntirish, ya‘ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika – texnologiyalar rivojlanishi ta‘minlanadi.
Demak, bilimni ob‘ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma‘lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin.
Bilimlar – bu odamlarning ijtimoiy – siyosiy amaliyot jarayonida to‘plangan umumlashgan tajribasidir.
Ilmiy bilimlar, ob‘ektiv olamni ancha to‘g‘ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste‘moldagi bilimga aylanadi, ya‘ni ular tadrijiy (evolyusion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida talabalarning kuzatuvchanlik, sinchikovlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e‘tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi.
Bilimlar banki – bu ma‘lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislarni
tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui. SHuningdek, bilimlar banki – bu izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuter xotirasiga kiritilgan nazariy va amaliy ma‘lumotlar to‘plami hamdir.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha
va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmui.
|
| |