• Xususiy didaktik
  • Didaktik tamoyillar
  • O‘qish
  • Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, ―didasko




    Download 74,48 Kb.
    bet8/14
    Sana07.12.2023
    Hajmi74,48 Kb.
    #113181
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    1-mavzu

    Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, ―didasko – o‘qitish, ―didaskol – o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan.
    Didaktika ning so‘zma – so‘z tarjimasi ta‘lim nazariyasini anglatadi.
    Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma‘lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Xususiy didaktika – muayyan o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yo‘llarini o‘rgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Ta’lim metodi – bu ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.
    Ta’lim sifati – bu ta‘lim jarayonining turli qatnashchilarini o‘quv massasasi tomonidan ko‘rsatilgan ta‘lim xizmatlaridan qoniqish darajasi yoki ta‘limda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi.
    Didaktik tamoyillar – bu ta‘lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini belgilab beruvchi o‘qitish tamoyillaridir.
    Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta‘minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar. Malaka - avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir.
    O‘qish – bevosita bajariladigan jarayon bo‘lib, uning yordamida odamlar butun hayotlari davomida yangi axborotlar oladi.
    Vosita - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab – qo‘vvatlanishi. Vositalarga o‘kituvchining jonli nutqi, keng ma‘noda uning mahorati, darsliklar, sinf jihozlari va boshqalar.
    ―Didaktikaning so‘zma – so‘z tarjimasi TA’LIM NAZARIYASINI anglatadi.
    Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor YA. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy ―Hammani hamma narsaga o‘rgatish san‘ati, deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalotssi, I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy, P. Kapterev kabi mashhur olimlar katta hissa qo‘shishdi. Bu yo‘nalishda didaktlar YU.K. Babanskiy, N. Gruzdev, M.Danilov, B. Esipov, L. Zankov, M. Skatkin kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi.
    Didaktika pedagogikaning ―Nima uchun o‘qitish kerak, ―Nimani o‘qitish kerak,
    Qanday o‘qitish kerak‖, ―Qanday hajmda o‘qitish kerak‖, ―Kimlarni o‘qitish kerak‖, ―Qaerda o‘qitish kerak‖, ―Nimadan foydalanib o‘qitish kerak‖ kabi savollariga javob izlaydi.

    Download 74,48 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 74,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, ―didasko

    Download 74,48 Kb.