|
1-ma’ruza: fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish
|
bet | 11/14 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 74,48 Kb. | | #113181 |
Bog'liq 1-mavzuTa’lim maqsadi – har bir pedagogik texnologiyani yaratishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Maqsadning zamonaviy ta‘lim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur asos hisoblanadi. Biror pedagogik texnologiyani yaratish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olishdan iborat.
Bunday maqsad zarur tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar olib borish, o‘zining va boshqa mutaxassislarning ish tajribalarini chuqur tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Raqobatbardoshlik har bir pedagogik texnologiyaning maqsadga muvofiqligini bozor iqtisodiyoti nuqtai – nazaridan aytganda, o‘z vazifalarini ijtimoiy ehtiyojlariga muvofiq bajarayotganligi darajasini belgilaydi. Bunday maqsadlarning yuqori raqobatbardoshlikni ta‘minlashga yo‘naltirilishi hozirgi talablardan kelib chiqadi.
Raqobatbardoshlik pedagogik texnologiyaning barcha tarkibiy qismlari uchun eng zarur shart bo‘lib, bunda yakuniy natijani bevosita tayyorlovchilar bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchining raqobatbardoshligiga erishish asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu unga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishini ta‘minlash uchun muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ta’lim mazmuni – insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va harakteri. Ta‘lim mazmuni belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajmga ega bo‘ladi. U tegishli me‘yoriy hujjatlar: ta‘lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Ta‘lim mazmuni to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgartirishlar kiritish, yangilanib borish imkoniyatlari nazarda tutilishi lozim. Belgilangan mazmun asosida o‘quv fanlari, o‘quv soatlari,
mashg‘ulot turlari va shu kabilar aniqlanadi.
Ta’lim menejmenti va marketingi – bu pedagogik texnologiyaning zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa talablarga muvofiqligini aniqlagan holda uni loyihalash, ishlab chiqarish, amaliyotga tadbiq qilish masalalarini hal qiluvchi soha.
Ta‘lim menejmenti va marketingida tegishli dolzarb yo‘nalishlar aniqlanib, mutaxassislar tayyorlash uchun takliflar tayyorlaydi, tegishli tartibda biznes – rejalari tuzish va ularni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday muammolar echimlarini topishning optimal variantini topish uchun ta‘lim menejmenti va marketingi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega hamda tajribali mutaxassislar jalb etiladi.
|
| |