• Didaktik tamoyillar
  • Ta’lim vositalari
  • 1-ma’ruza: fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish




    Download 74,48 Kb.
    bet13/14
    Sana07.12.2023
    Hajmi74,48 Kb.
    #113181
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    1-mavzu

    Ta’lim standarti – bu standart tekshirish usullariga muvofiq keladigan va o‘qitish sifatining standart ko‘rsatkichlari bilan ifodalangan mazkur ta‘lim turida ta‘lim oluvchini o‘qitish va tarbiyalashda qo‘yiladigan talablar ko‘rsatkichlarining mazmuni.
    Ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va ta‘lim oluvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosdir. Ta‘lim tamoyillari ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta‘limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun ta‘lim tamoyillari ta‘lim berishning ma‘lum ob‘ektiv qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi.
    Didaktik tamoyillar – bu ta‘lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini belgilab beruvchi o‘qitish tamoyillaridir. SHuning uchun ham o‘qituvchining pedagogik mahorati va ta‘lim oluvchining o‘rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga
    solib, belgilangan maqsadga erishishni ta‘minlaydigan qoidalar majmuasi ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi. Didaktik tamoyillar nazariy va amaliy ta‘limida maqsad, mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari, o‘qitish vositalari va usullari; mehnat va tarbiyaviy faoliyat; ta‘limning turli bosqichlari hamda pedagogik va mehnat jarayonlari; ta‘lim oluvchilarning jamoaviy rivojlanishi va har birining alohida rivojlanishi o‘rtasidagi aloqadorliklarni aks etiradi.
    Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta‘minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar.
    Bilim — bo‘ o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma‘lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir.
    Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi. Ob‘ektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
    Kundalik bilim sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof – muhitga moslashuvchi, uning hatti – harakatlari va oldindan ko‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta‘lim – tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko‘maklashish.
    Ta‘lim – tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o‘rni beqiyos. Ilmiy bilim ta‘lim – tarbiyani takomillashtirish muammolari echimlarini topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa – hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.

    Download 74,48 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 74,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza: fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish

    Download 74,48 Kb.