• Ta’lim monitoringi
  • Ta’lim sifati
  • Maxsus ma’noda
  • Umumiy ma’noda
  • 1-ma’ruza: fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish




    Download 74,48 Kb.
    bet12/14
    Sana07.12.2023
    Hajmi74,48 Kb.
    #113181
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    1-mavzu

    Ta’lim metodi – bu ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir. Ta‘lim metodi o‘qituvchi bilan talabalarning o‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo‘lidir. Ta‘lim metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o‘quv materiallarini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi. Ta‘lim metodlari o‘quv materialini bayon qilishga va uni ta‘lim oluvchilar yaxshi bilim olishga qaratilgan faoliyatning yo‘li, usulidir. Ta‘lim jarayoni va natijalari
    o‘qituvchini ta‘lim oluvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usullariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta‘lim metodlariga o‘qituvchining ish usullari va ta‘lim oluvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi o‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandi.
    Ta’lim monitoringi – pedagogik tizim faoliyati haqida axborotlar yig‘ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinflarga ajratish tizimidan iborat bo‘lib, kuzatilayotgan ob‘ekt holatini va kelguvsida uning rivojlanishi dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni. Ta’lim monitoringi ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun
    ma‘lumotlar yig‘ish texnologiyasi, ta‘lim natijalari darajasini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ma‘lumotlar majmuasini tayyorlashdni amalga oshirishga imkon yaratadi. Ta‘lim monitoringi pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy xulosaviy natijalarni uning maqsadiga nechog‘lik mosligini ko‘rsatuvchi, tezkori aloqani ta‘minlovchi mustaqil boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirishning didaktik asosi hamdir.
    Ta‘lim monitoringi tadqiqot natijalarini muntazam ilmiy asoslangan holda kuzatish (dinamik jarayonni kuzatish uchun) hamda ularni berilgan etolon bilan qiyoslash jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.
    Ta’lim sifati – bu ta‘lim jarayonining turli qatnashchilarini o‘quv massasasi tomonidan ko‘rsatilgan ta‘lim xizmatlaridan qoniqish darajasi yoki ta‘limda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi.
    Sifat kategoriyasi insonning ob‘ektiv reallikni bilishdagi ma‘lum bosqichini ifodalaydi. Bilish jarayonining dastlabki bosqichida ob‘ekt sub‘ekt oldida o‘zining ayrim yoki bir necha xossasi bilan namoyon bo‘ladi. Bevosita hissiy idrokda sifat ko‘plab xossalarning majmui tarzida ko‘rinish beradi.
    Talab etilgan darajadagi ta‘lim sifatiga ma‘lum ijtimoiy – pedagogik tizim orqali erishish mumkin. Bu tizim quyidagi qismtizimlardan tashkil topadi: DTS; bo‘lajak mutaxassislarning me‘yoriy modeli; ta‘lim sifatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda monitoringi.
    Maxsus ma’noda ―Ta‘lim oluvchi ↔ ta‘lim beruvchi‖ darajasida ta‘lim sifati – bu muntazam ravishdagi o‘lchamlar asosida ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchilarning o‘zaro munosabatini, ta‘lim oluvchilar faoliyati, ta‘lim natijalarining ta‘lim tarbiyasiga mosligini belgilovchi darajadir.
    Umumiy ma’noda ―Ta‘lim oluvchi ↔ ta‘lim muassasi‖ darajasida ta‘lim sifati – bu tizimli va kvalimetrik ko‘rinishlarda muntazam o‘lchamlar asosida aniqlanadigan ta‘lim – tarbiya natijalarini moslik darajasidir.

    Download 74,48 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 74,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza: fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish

    Download 74,48 Kb.