• Modul
  • Modulli o’qitish texnologiyasida elektron pochta bilan ishlash metodikasi




    Download 0,78 Mb.
    bet6/7
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #272076
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1. Bob. Elektron pochta

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Modul
    2.2. Modulli o’qitish texnologiyasida elektron pochta bilan ishlash metodikasi.
    «Modulli o‘qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog’liq bo‘lib («modul», lotincha. modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
    Modul - bu fanning muayyan jarayoni yoki qonuni, bo’limi, muayyan katta mavzusini, o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini taqdim etadi.
    Modul - bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir.
    1982-yili YUNESKOning anjumanida modulga “Mashqlarni xususiy tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o‘rganish orqali individual yoki guruh mashg‘ulotlarida bir yoki bir necha malakaga ega bo‘lish uchun mo‘ljallangan alohida o‘rgatuvchi paket (to‘plam)” deb ta’rif berilgan edi.
    Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
    Modulli o'qitish asosan inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.
    O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta 1972-yili YuNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konferentsiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli о ‘qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalaming umumiy nazariyasidan kelib chiqadi.
    Bu sohalardagi izlanishlarga ko‘ra, to‘qimasi modulli tashkil topgan inson miyasi, axborotni kvant ko‘rinishda (boshqacha aytganda, ma’lum hissalar ko‘rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi. Modulli o‘qitish kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:

    • modul - faoliyatlik yondashuvi asosida o‘qitish mazmunini maqbullash va tizimlash dasturlarining o‘zgaruvchanligi va moslashuvchanligini ta’minlash;

    • o‘qitishni individuallashtirish;

    • amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;

    • kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o‘qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini tola ro‘yobga chiqarish.

    Modulli о‘qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi o‘qitish texnologiyalari.
    Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtayi nazardan, o‘qitish jarayoni to‘laligicha yoki muayyan fan doirasida, 118 modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarining o‘quvchi tomonidan ketma-ket o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
    Ta’lim, pedogogik ta’lim, modul, modulli o’qitish, samarasi, afzalliklar, dastur, kasbiy-ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlash, muammo va kamchiliklar, natija, tahlil.
    Ma’lumki, modulli o‘qitishning mohiyati shu bilan izohlanadiki, unga ko‘ra, ta’lim oluvchi o‘ziga taqdim etilgan individual o‘quv dasturi asosida mustaqil tayyorgarlik ko‘radi. Bu o‘quv dasturini bajarish uchun harakatlar rejasi, axborotlar majmuasi, o‘qitish natijalariga erishish bo‘yicha aniq metodik tavsiyanomalar bo‘lishi zarur.
    Modulli o‘qitishning asosiy talablari jumlasiga quyidagilar kiradi:

      • har bir modulning mazmuniga barcha materialni o‘zlashtirib olish bo‘yicha maqsad belgilashni;

      • modul bir va bir necha didaktik maqsadga erishishni ta’minlashga qaratilishi;

      • modullar mazmuni mustaqil fikrlash, mantiqiy o‘ylash va amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

      • kasbiy-ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida modulning o‘quv materiali mazmuni muammoli tarzda berilishiga erishish shular jumlasidandir.

    Modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilarning bilim, malaka, ko‘nikmasi qat’iy ravishda nazoratning reyting tizimida baholanishini zaruriyat qilib qo‘yadi.
    Har bir modul bo‘yicha tayyorlanadigan o‘quv materiallari o‘z ichiga o‘qish davrini to‘liq qamrab olgan modulli dastur, har bir modul bo‘yicha nazariy materiallar (ma’ruza), o‘quv-uslubiy tarqatma materiallar, har bir modul bo‘yicha individual topshiriqlar, o‘quv ilmiy adabiyotlar ro‘yxati, har bir modul bo‘yicha mustaqil ishlar uchun topshiriqlar va har bir modul bo‘yicha nazorat topshiriqlarini qamrab oladi.
    Реdagogik ta’lim tizimida modulli o‘qitishning joriy etilishi malakali pedagok kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Har qanday tizimga joriy etilgan yangilikning samarasi uning ishtirokchilari tomonidan puxta o‘zlashtirib olingan taqdirdagina o‘zining natijasini berishi mumkin. Shu bois pedagogik ta’limni modulli o‘qitish asosida tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida uning monitoringini tashkil etish mavjud subyektiv va obyektiv muammo va kamchiliklarni hal qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, bu boradagi ilg‘or tajribalarni seminartreninglar asosida muhokama etib, tashkiliy chora-tadbirlarning ko‘rilishi modulli o‘qitishning zamonaviy shakl va usullarini pedagogik ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkonini beradi. Pedagogik ta’limga davlat va jamiyat ehtiyoji ortib borayotganligini hisobga olgan holda halqaro tajribaga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarni tayyorlashning zaruriyatini inobatga olishni taqozo etmoqda. Eng muhimi, bugungi talaba va magistrning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifasini teran his qilishi, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilarining nafaqat kasbiy mahorati, shu jumladan, ularning pedagogik ilmiy salohiyatlarini qo‘llash amaliyoti bo‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lishi lozim Mehnat bozoridagi raqobat mutaxassisdan yetuk malaka va tajribaga ega bo‘lishni talab etmoqda
    “Modulli o‘qitish” termini xalqaro tushuncha modul bilan bog‘liq bo‘lib, uning bitta ma’nosi

    • faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘ladi. Bu ma’noda u, modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan informatsiya bloki sifatida tushuniladi.

    Modulli o’qitishga o’tishda quydagi maqsadlar ko’zlanadi:

      • o‘qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta’minlash;

      • o‘qitishni individuallashtirish;

      • o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;

      • o‘qitishni jadallashtirish;

      • fanni samarali o’zlashtirishga erishish.

    Shunday qilib, modulli o‘qitishda talabalarni o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olishi uchun to‘la zarur shart-sharoitlar yaratiladi. O‘qitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog‘liq bo’ladi:
    O‘quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;

      • professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;

      • talabalarning tayyorgarlik darajasi;

      • ko`zlangan natijalarni baxolash;

      • didaktik materiallar ishlab chiqish;

      • natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish.

    Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:

      • ishchi o‘quv rejani chuqur tahlili asosida, o‘zaro chambarchas bog‘liq fanlar guruhi aniqlanadi, ya’ni butun o‘quv rejasi alohida makromodullar to‘plami sifatida qaraladi

    Ko‘pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:

    1. gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladigan;

    2. iqtisodiy fanlarni o‘z ichiga oladigan;

    3. umumta’lim, umutexnik, umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘z ichiga oladigan.

    Har qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda, o‘z maqsad va vazifasi bo‘ladi.
    Ma’lum makromodulni o‘rganish maqsadi, unga kiradigan fanlarning o‘rganish maqsadlaridan kelib chiqadi.
    Har qaysi makromodulning o‘rganilish maqsadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maqsadini tashkil etadi.
    Har qaysi makromodulning maqsadi aniq tuzilgan bo‘lib, uning birinchi fani o‘rganila boshlaganida, talabalarga yetkazilishi lozim. Makromodulning har bir keyingi fani o‘rganila boshlanganida, u fanning o‘rganish maqsadlari talabalarga yetkazilishi zarur.
    Har qaysi makromodul ichida, o‘rganiladigan fanlarning optimal ketma-ketligi va ularni muddatlari o‘rnatiladi. Ya’ni o‘qitishning uzluksizligini ta’minlab, fanlarning o‘rganilish muddatlarini va shu orqali makromodulning o‘rganilish muddatlarini qisqartirishga erishish zarur.
    O‘quv soatlari hajmi katta bo‘lmagan (haftada 1-2, ayrim hollarda 3 soatli auditoriya mashg‘ulotlari) fanlar, blok fanlar ro‘yxatiga kiritilishi, maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular o‘quv semestrining birinchi yoki ikkinchi yarmida o‘tilishi mumkin.
    Makromodullar, vertikal o‘zaro bog‘liqlarni hisobga olish asosida tuziladi, ammo ularning o‘rganilishi muddatlarini o‘rnatishda makromodullar orasidagi gorizontal bog‘liqliklar xisobga olinishi lozim:
    - o‘quv materialining takrorlanishini oldini olish maqsadida, makromodulga kiruvchi fanlar, o‘quv dasturlarini o`zaro bog‘liqligi ta’minlanadi.
    Fanning ishchi o‘quv dasturi, alohida mavzularni modulda guruhlanishi inobatga olinib, qaytadan ko‘rib chiqiladi.
    Har qaysi modul uchun nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan maqsadlar tuzilishi zarur.
    Modul o’z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin.
    Har qaysi modul bo‘yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:

    • talabalarning bilimini nazoarat qilish uchun testlar;

    • individual ishlar uchun topshiriqlar;

    • mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;

    • o‘quv uslubiy tarqatma materiallar;

    • o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati;

    • ishchi o‘quv dastur.

    Har bir modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to‘plami tuziladi va ular talabaga mashg‘ulotdan oldin beriladi
    . Modul tavsiya qilinadigan adabiyotlar bilan ta’minlanadi. Har bir talaba materiallarni o‘zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga o‘tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog‘liq bo‘lmasdan test sinovlaridan o‘tishlari mumkin9.
    Modulli o‘qitish, fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan informatsiyalar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldiriladi. Talabalar ma’lum amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo‘llab, materiallarni blok-sxema, rasmlar bloki ko‘rinishida taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda materialning o‘zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:

          • modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi;

          • o‘quv materialining elementlari orasidagi bog‘liqlanishlar va uning o‘tishlar yaqqol ko‘rsatiladi;

          • asosiy jihatlar ajratib ko‘rsatiladi;

          • o‘quv materialining (modulning) butun hajmi talabaning ko‘z oldida gavdalanadi.

    Modul tizimida o‘quv materialining mazmunini strukturalashda, eng avvalo, informatsiyani “siqish” vazifasi ko‘zlanadi. Bilimlarni to‘la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim. O‘quv informatsiyasi bir vaqtning o‘zida 4 xil – rasmli, sonli, simvolli va og‘zaki ko‘rinishda uzatilganida eng mustahkam o‘zlashtirishga erishiladi. Modulli ta’lim metodikasi tuzishda, bu holat asos bo‘lib xizmat qiladi. Har qaysi modul bo‘yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni (savollar qo‘yilishi tarzida) joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va uslubiy ko‘rsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Rasmlar bloki, sxemalar bloki va boshqa suratli (kurgazmali) materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini ham bajaradilar. Shu bilan bir qatorda har bir fan, jumladan modul uchun atamalarning izohli lug‘atini tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarni qo‘llash lozim:

          • miyalar hujumi, muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar va hokazo.

    O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi:

    • fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligi ta’minlanishi;

    • har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligi o‘rnatilishi;

    • fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;

    • talabalar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;

    • talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim talabalarga fanni individual o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);

    • informatsiyani “siqib” berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini, ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.

    Buning natijasida, talaba yetarli bilimlarga ham, ko‘nikmaga ham, o‘quvga ham ega bo‘ladi. Shunday qilib modulli o‘qitishdan foydalanib, malakali mutaxassisni tayyorlash, quyidagilar asosida ta’minlanadi:

    • - o‘qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi);

    • - o‘qitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko‘p qismi, individual va mustaqil ishlash paytida, kompyuter tarmoqlari orqali o‘zlashtiriladi;

    • - o‘qitishni individuallashtirish (talaba o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi).


    XULOSA
    Xulosa o’rnida shuni aytish joizki axborotlilik prinsipining dolzarbligi bir nechta omillar bilan tushuntiriladi. Axborotni qidirish, yig’ish, saqlash, qayta ishlash, o’zgartirish, taqsimlash va foydalanish prinsiplarini, uni qonunlarini o’rganadigan fan – informatika nuqtai-nazaridan qaraydigan bo’lsak, ixtiyoriy pedogogik texnologiyani axborot texnologiyalariga o’xshatishimiz mumkin, chunki, unda manbaa (pedagog), va axborot qa’bul qiluvchi (o’rganuvchi) bor.
    Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining qo’llanilishi o’qituvchilarning yaqin vaqtlargacha faqatgina axborotni o’quvchiga yetkazib berish qobiliyati bilan o’lchangan baholash tizimini tubdan o’zgartirib yubordi. Bugunda o’qituvchining ma’lumotliligi, uning faqatgina kommunikatsion qobiliyatlari bilangina emas, balki kompyuterni axborot manbaasi sifatida ishlata olish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Bu nuqtai nazardan o’qituvchining ta’lim elektron resurslari sifati va ta’lim jarayonida qo’llashning samaradorligini baholashga qaratilgan analitik, proyektiv va prognostik qobilliyatlarining shakllanganligi juda muhimdir. Talimda elektron resurslarda taqdim etilgan axborot ilmiyligi va taqdim etishga qulayligi, o’quvchining o’rganishga qulayligi va hokazalar umumiy didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda baholanishi kerak. Ta’limda zamonaviy axborot hamda pedagogik texnologiyalarni qo’llash o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash qiziquvchanlik, odob-ahloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni rivojlantiradi. Bizning fikrimizcha ta’lim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifati pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta’limning an’anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo’llashga bog’liq.

    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modulli o’qitish texnologiyasida elektron pochta bilan ishlash metodikasi

    Download 0,78 Mb.