|
Elektron pochtaning afzalliklari
|
bet | 3/7 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #272076 |
Bog'liq 1. Bob. Elektron pochtaElektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun:) (uzdasturchi@gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.
1.2. Elektron pochta turlari.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru
Ushbu maqolada Rossiyadagi eng yirik bepul elektron pochta xizmati bo‘lmish mail.ru portalida elektron pochta xizmatidan foydalanish asoslari bilan tanishamiz.
1. Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting.
2. Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan «Регистрация» (Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosamiz.
3. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Имя– Ismingiz
Фамилия– Familiyangiz
День рождения– tug‘ilgan kun, oy va yilingiz
Пол– jinsingiz (Erkak yoki Ayol)
Имя ящика – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya etiladi. Misol uchun, familiyangiz Buronov bo‘lsa, buronov_d@mail.ru yoki buronov @bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no-mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.
Пароль– elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.
Пароль ещё раз – parolni takroran yozing (aniqlik uchun).
Номер телефона – qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, «Создатъ » (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Создатъ» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mail.Ru pochta xizmatidan kelgan «Mail.ru ga xush kelibsiz» hamda «Mail.ru’ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap tarafda Входящие (Kelgan xatlar), Социальные сети (ijtimoiy tarmoqlar) Рассылки (Pochta ro'yxatlari) Госписьма (davlat xatlari) Новости (Yangiliklar) Чеки (Tekshiruvlar)
Письма себе (O'zimga xatlar) Отправленные (Yuborilgan xatlar), Черновики (Xomaki nusxalar), Спам (keraksiz reklama), Корзина (Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap tomondan tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir qaysi bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Входящие bo‘limida pochta qutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi. Misol uchun, «Mail.ru ning mobil versiyasi» degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.
|
| |