• Modulli ta’lim texnologiyasi
  • Bob. Modulli o’qitishda elektron pochta bilan ishlash




    Download 0,78 Mb.
    bet4/7
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #272076
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1. Bob. Elektron pochta

    2.Bob. Modulli o’qitishda elektron pochta bilan ishlash.
    2.1.Modulli o‘qitish texnologiyasi.
    Modulli ta’lim texnologiyalari mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadga yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.
    Mudulli ta’lim texnologiyalari - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan bilim, ko‘nikma va malaka diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.
    Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir. Talaba mustaqil ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo‘yilgan didaktik maqsadga erishadi.O‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. O‘qituvchiga o‘zlashtirish jarayonini to‘g‘ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o‘z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim.
    Modulli yondashuvning maqsadi - axborotni o‘zlashtirish, idrok etilgan axborotni mustaqil tahlil qilish, o‘z mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir.
    Modulli ta’lim texnologiyasi – ta’lim berishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
    An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari ta’lim beruvchi faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
    Modulli ta’lim texnologiyasida o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

    • o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;

    • o‘qitishni individuallashtirish;

    • o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;

    • o‘qitishni jadallashtirish;

    • fanni samarali o‘zlashtirishga erishish

    Modulli o‘qitish texnologiyasining an’anaviy o‘qitishdan farqli xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
    Modulli o‘qitish texnologiyasining o‘ziga xos jihatlari

    Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir.
    Modul dastur- bir fan doirasidagi modul bloklarining yig‘indisi bo‘lib, erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir.
    O‘quv moduli – nisbatan mustaqil , mantiqiy yakunga ega bo‘lgan o‘quv kursining bo‘lagidir. U o‘quv metodik ta’minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat.
    Modul dastur kompleks didaktik maqsaddan (KDM) va bu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi modul bloklari yig‘indisidan iborat.Modul dasturini ishlab chiqish uchun asosiy g‘oyalarni ajaratib olish va blok-modullarda 230 strukturalashtirish, so‘ngra kompleks didaktik maqsadlarni shakllantirish talab etiladi. Kompleks didaktik maqsadlar modul-bloklarining maqsadlariga, ya’ni integrativ didaktik maqsadlarga (IDM) va xususiy didaktik maqsadlarga (XDM) bo‘linadi, uni esa o‘z navbatida o‘quv elementlari tashkil etadi.
    Modul dasturlarning maqsadi albatta malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat qiladi. Modul dasturning maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qo‘yilayotgan ekanini aniqlab olishdan boshlanadi. Bugungi kunda mutaxassisga qo‘yiladigan umumiy talabalar tizimi o‘rganib chiqilib, ularni uchta asosiy guruh kompetensiyalarga ajratilmoqda. Mutaxassisni kompententligini aniqlovchi mezonlarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lish mumkin:

    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bob. Modulli o’qitishda elektron pochta bilan ishlash

    Download 0,78 Mb.