|
Instrumental kompentensiyalar
|
bet | 5/7 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #272076 |
Bog'liq 1. Bob. Elektron pochtaInstrumental kompentensiyalar:
analiz va sintez qobiliyatiga ega bo‘lish;
rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati;
umuiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi;
mutaxassislik bo‘yicha bazaviy bilimlarni egallaganligi;
ona tilida bemalol muloqatga kirisha olish;
axborot texnologiyalaridan foydalan olish malakalari;
axborot materiali bilan ishlash qobilyati;
muammolarni yechish qobiliyati;
qarorlar qabul qilish qobiliyati.
Komunikativ kompententlik:
tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qila olish;
gruhda faoliyat ko‘rsataolish;-o‘zaro muloqatga kirisha olish;
axloqiy qadriyatlarni tan olish;
turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash;
boshqa yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ekspertlar bilan munosabatga kirisha olish.
Tizimli kompententlik:
bilimlarini amalda tizimli ravishda qo‘llay olish;
tadqiqot olib borish;
yangi o‘aroitga moslashish;
ijod qilish;
liderlik qobiliyatini o‘stirib borish;
individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;
loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;
tadbirkorlik va yangi g‘oyalarni ilgari surish;
masuliyatlilik;
muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi.
Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha umumiy didaktik maqsadlar tasdiqlangan standartda o‘z aksini topgan. Modul dasturini ishlab chiqishda ana shu standart talablariga asoslaniladi.
Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e’tibor qaratish lozim:
modul spetsifikatsiyasi.
modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
modulning o‘quv materialini ishlab chiqish.
Modul spetsifikatsiyasi-ana shu modul haqida to‘liq ma’lumotni o‘zida aks ettiradi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Modulning nomi. Modullarning nomlari mazmunga mos bo‘lishi va qaytarilishlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
O‘qitishning maqsadi. Mana shu modulni o‘zlashtirish natijasida qanday faoliyat yuritish imkoni tug‘ilishi, kasbiy tayyorgalikdagi axamiyati yoritib berilishi lozim. Talabaning rejali taraqqiyoti aks ettirilishi maqsadga muvofiq.
O‘qitish natijalari. Modulni o‘rganish natijasida qanday bilimlarni egallashi, qanady ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi sanab o‘tiladi. O‘zlashtirish jarayoni tugagandan so‘ng talaba qanday faoliyatni qanday sharoitlarda bajara olishi ko‘rsatiladi. Natijalar uzviy birlikka ega bo‘lib, o‘qitish maqsadlaridan chetga chiqmagan holda shakllantirilishi lozim. Natijalarni tekshirish jarayonida bir necha ko‘nikmalarni egallanishi nazarda tutilishi lozim. Odatda bir modul 3-5 turdagi ko‘nikmani egallashga qaratilgan bo‘lib, uni egallanganligi maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Erishiladigan natijalar aniqlashtirilgan maqsadlarni shakllantirish qoidalari asosida shakllantiriladi.
Fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi ta’limning fanli tizimida modul metodologiyasini qo‘llashni anglatadi. Bunday modulli o‘qitish texnologiyasini oliy ta’lim tizimida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida, pedagog va muhandis-pedagoglar malakasini oshirish tizimlarida qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasida modul o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
o‘quv fanining fundamental tushunchalari - muayyan hodisa, yoki qonun yoki bo‘lim, yoki yirik bir mavzu, yoki o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhi
o‘quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga (o‘zlashtirishga) qaratilgan.
Odatda modul - 3-6 soatli ma’ruzaviy mashg‘ulotlar va shu bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy (seminar), laboratoriya mashg‘ulotlaridan iborat bo‘ladi.
Fanning tushuntiruv apparatini qatiy tizimli (ko‘p qirrali) tahlili asosida, eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni mantiqan va kompakt guruhlash imkoniyatini beradi. Modul - mustaqil tarkibiy birlik bo‘lgani uchun, ba’zi hollarda, alohida o‘quvchilarga fanni to‘laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli o‘quvchilarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini tug‘diradi.
Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali, o‘qitishni tabaqalashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi.
Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
o‘qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta’minlash;
o‘qitishni individuallashtirish;
o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;
o‘qitishni jadallashtirish;
fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Shunday qilib, modulli o‘qitishda o‘quvchilarni o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olishi uchun to‘la zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi.
O‘qitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
o‘quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;
professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
ko‘zlangan natijalarni baholash;
didaktik materiallarni ishlab chiqish;
natijalarning tahlili va modullarni maqbullashtirish.
Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
ishchi o‘quv rejani chuqur tahlili asosida, o‘zaro chambarchas bog‘liq fanlar guruhi aniqlanadi, ya’ni butun o‘quv rejasi alohida makromodullar to‘plami sifatida qaraladi
Ko‘pchilik hollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:
gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladigan;
iqtisodiy fanlarni o‘z ichiga oladigan;
umumta’lim, umumtexnik umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni fanlarni o‘z ichiga oladigan.
Har qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda, o‘z maqsad va vazifasi bo‘ladi. Ma’lum makromodulni o‘rganish maqsadi, unga kiradigan fanlarning o‘rganish maqsadlaridan kelib chiqadi.
Har qaysi makromodulning o‘rganilish maqsadlari to‘plami, Davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis tayyorlashning bosh maqsadini tashkil etadi. Har qaysi makromodulning maqsadi aniq tuzilgan bo‘lib, birinchi fani o‘rganila boshlaganida, o‘quvchilarga etkazilishi lozim. Makromodulning har bir keyingi fani o‘rganila boshlanganida, u fanning o‘rganish maqsadlari talabalar e’tiboriga yetkaziladi:
har qaysi makromodul ichida, o‘rganiladigan fanlarning maqbul ketma-ketligi va ularni o‘rganish muddatlari o‘rnatiladi. YA’ni o‘qitishning uzluksizligini ta’minlab, fanlarning o‘rganilish muddatlarini va shu orqali makromodulni o‘rganilish muddatlarini qisqartirishga erishish zarur. O‘quv soatlari hajmi katta bo‘lmagan (haftada 1-2, ayrim hollarda 3 soatli auditoriya mashg‘ulotlari) fanlar, blok fanlar ro‘yxatiga kiritilishi, maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular o‘quv semestrning birinchi eki ikkinchi yarmida o‘tilishi mumkin.
Makromodullar vertikal yaqin o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olish asosida tuziladi, ammo ularni o‘rganilish muddatlarini o‘rnatishda makromodullar orasidagi gorizontal bog‘lanishlar hisobga olinishi lozim.
o‘quv materialining takrorlanishini oldini olish maqsadida, makromodulga kiruvchi fanlarning, o‘quv dasturlarini o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanadi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi, alohida mavzularini modulda guruhlanishi hisobidan qaytadan ko‘rib chiqiladi. Har qaysi modul uchun nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan maqsadlar tuzilishi zarur.
Modul o‘z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog‘liq amaliy darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin. Har qaysi modul bo‘yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun testlar;
individual ishlar uchun topshiriqlar;
mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;
o‘quv-uslubiy tarqatma materiallar;
o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati;
ishchi o‘quv dastur.
Har bir modul test-sinovlari bilan tugallanishi lozim: joriy modul uchun bu o‘tilgan materialni nazorati bo‘lsa, keyingi modul uchun esa bu kirish (boshlang‘ich) nazorati bo‘ladi. Har qaysi modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to‘plami tuziladi va ular o‘quvchiga mashg‘ulotdan oldin beriladi. Modul, tavsiya qilinadigan ko‘rgazma materiallar va adabiyotlar to‘plami bilan ta’minlanadi, har bir materiallarni o‘zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga o‘tadi. Iqtidorli o‘quvchilar boshqalarga bog‘liq bo‘lmasdan test sinovlaridan o‘tishlari mumkin. Pedagogning vazifasi axborotchi-nazoratchidan boshlab, maslahatchi-muvofiqlashtiruvchigacha o‘zgarishi mumkin. Oxirgisi, ya’ni pedagogning maslahatchi-muvofiqlashtiruvchi vazifasi, o‘qitish o‘rgatuvchi modullar asosida amalga oshirilganida, namoyon bo‘ladi.
O‘rgatuvchi modul - o‘qitishning muayyan modul birligi bo‘yicha mazmuni, o‘quvchining o‘quv harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan mazmun bo‘yicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy ishlanmalar mazmunidan iboratdir.
O‘rgatuvchi modullarni ishlab chiqish juda murakkab jarayondir, u ko‘p vaqt sarfini va juda ko‘p sonli uslubiy tajribalarni umumlashtirishni talab etadi. Ammo ularni amaliyotda qo‘llash, o‘qitishni juda yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Modulli o‘qitish, fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan axborotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldiradi. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo‘llab, materiallari blok-sxema, rasmlar bloki ko‘rinishida taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda materialning o‘zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:
modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi;
o‘quv materialining elementlari orasidagi bog‘lanishlar va o‘tishlar yaqqol ko‘rsatiladi;
asosiy jihatlari ajratib ko‘rsatiladi;
o‘quv materialining (modulning) butun hajmi, o‘quvchining ko‘z oldida yaqqol gavdalanadi.
Modul, tizimida o‘quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo axborotni «siqish» vazifasi ko‘zlanadi. Bilimlarni to‘la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim.
|
| |