198
kV/mm ga teng. Bu qog’oz va moyning alohida olingan elektrik
mustahkamligidan katta. O’zgarmas tok kuchlanishida esa bu farq yanada kattaroq
bo’ladi. SHuni ta’kidlash lozimki, qovushqoq moy singdirilgan izolyatsiyaning
elektrik mustahkamligi kuchlanish ta’sir etayotgan vaqtning ko’payishida juda
kuchli pasayadi. Bu 4.16- rasmda keltirilgan grafikda yaqqol izohlangan (1 – egri
chiziq).
4.16- rasm. Qovushqoq moy singdirilgan (1) va moy to’ldirilgan (2) kabellarning
teshilish mustahkamligining kuchlanishning ta’sir etish vaqtiga bog’liqligi.
Qovushqoq moy singdirilgan kabellarga maksimal ishchi kuchlanish
qo’yilganda uning elektrik mustahkamligining pasayishi yuz beradi. , boshqacha
aytganda izolyatsiya yashash davrining qisqarishiga sabab izolyatsiyada paydo
bo’ladigan gazli ulanishlarda ionlanish jarayonining boshlanishi hisoblanadi.