109
34-DARS.
NAZORAT ISHI.
109
1. Informatika fanining kelib chiqishi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
A) XX asrning 70-y.; B) XXI asr boshlari; C) XX asrning 50-y.; D) XX asr 40-y.
2. Iborani zarur so‘zlar bilan to‘ldiring: “Informatika fanining asosiy ashyosi … bo‘lsa,
kompyuterlar bu fanni o‘rganishda asosiy … hisoblanadi”.
A) axborot, qurol;
B) ilm, vosita;
C) internet, qurol;
D) dastur, kompyuter.
3. Inson axborotni retseptorlar orqali qabul qiladi va retseptorlar soni … .
A) 5 ta;
B) 6 ta;
C) 7 ta;
D) 4 ta.
4. Kompyuter tushunadigan tilda yozilgan buyruq va ko‘rsatmalar to‘plamiga … deyiladi.
A) yo‘riqnoma;
B) algoritm;
C) dastur;
D) Kod.
5. Qaysi tushuncha kompyuter dasturlari bilan bog‘liq?
A) Software; B) Hardware; C) Brainware;
D) Office.
6. Foydalanuvchiga kompyuterda ishlashga qulay imkoniyat yaratuvchi asosiy dastur bu — … .
A) utilitlar;
B) operatsion tizim;
C) matn muharrirlari;
D) Office.
7. MS Word-2007 versiyasining menyusi o‘zidan avvalgi versiyalardan farqli ravishda
qanday ataladi?
A) Ribbon (tasma);
B) ilova;
C) interfeys;
D) bo‘lim.
8. Ms Word dasturida saqlangan fayl formatini aniqlang:
A) xls, docx;
B) txt, doc;
C) doc, docx;
D) dosx, bmp.
9. Grafik tasvirlar yaratish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dasturlar
qanday umumiy nom bilan ataladi?
A) Rasm muharrirlari; B) Grafik muharrirlar; C) 3D muharrirlar;
D) Paint.Net.
10. Palitra nima?
A) ranglar majmuasi;
B) bo‘yash uskunasi; C) shakl rangi;
D) mo‘yqalam rangi.
11. Paint.Net dasturida fayl qanday formatda saqlanadi?
A) PNG;
B) BMP;
C) PND;
D) AVI.
12. Sahnaning kengligi necha birlikga teng?
А) 320 ta nuqtaga; B) 480 ta nuqtaga; C) 260 ta nuqtaga; D) 460 ta nuqtaga.
13. Spraytlar qancha kostyum (libos)ga ega bo‘lishi mumkin?
А) 1;
B) 2;
C) istagancha;
D) 7 tadan ko‘p emas.
14. Sahnaning balandligi necha birlikga teng?
А) 320 ta nuqtaga; B) 480 ta nuqtaga; C) 360 ta nuqtaga; D) o‘zgarishi mumkin.
10. Obyekt bajara oladigan buyruq va ko‘rsatmalar ketma-ketligi bu – … .
A) yo‘riqnoma;
B) algoritm;
C) skript;
D) dastur.