Dt 17101-"Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari,
Kt -Eksportchi korxonaning so'mdagi hisobvarag'i - majburiy sotishdan kelib
tushgan summasi.
Vakolatli banklar tomonidan valyuta tushumining bir qismi korxonalar tomonidan
majburiy sotilishi tartibida sotib olingan chet el valyutasidagi mablag'lar
belgilangan
tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalami amalga oshirish uchun
foydalaniladi. Markaziy bank tomonidan korxonalar tomonidan chet el valyutasidagi
tushumning majburiy sotilishi tartibida sotib olingan mablag'lar O'zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralariga o'tkaziladi, uning balansida
hisobga olinadi va O'zbekiston Respublika valyuta birjasida sotish yo'li
bilan milliy
valyutani barqarorlashtirish tadbirlariga sarflanadi. Vakolatli banklar tomonidan
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan eksport bo'yicha valyuta tushumini
o'tkazish bo'yicha operatsiyalami hisobga olish va majburiy sotishni amalga oshirish
tartibi
O'zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
tomonidan
belgilanadi.
ATB ‘’Agrobank’’ o‘z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarni
bajarishda hamkor
hisoblanadi:
“TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo‘yicha chet el valutasini sotib olish va
sotish;
naqd xorijiy valutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish;
mablag‘larni jalb qilish / joylashtirish;
belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish;
erkin almashtiriladigan valutada va O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida
banklararo kreditlarni jalb qilish.
Konversion operatsiyalar–tijorat bankida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari
bo’lgan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd
pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni
xisoblanadi.