• Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining obyekti
  • Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining predmeti
  • ‘’Agrobank’’ tizimi va uning rivojlanish tarixi Agrobank ATB
  • Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana22.06.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #265171
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    amaliyot hisoboti AB

    Mazkur 
    bitiruvoldi 
    amaliyoti 
    hisobotining 
    obyekti: 
    O‘zbekiston 
    Respublikasida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilishdan maqsad – banklarimiz 
    faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalarida olib borish, banklarning kapitalini 
    ko‘paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyati va uning buxgalteriya 
    hisobini olib borishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, umuman banklar faoliyati 
    orqali iqtisodiyotning samaradorligi va barqarorligiga erishishdan iboratdir.
    Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining predmeti
    : Mamlakatimiz bank 
    tizimining a’zolari ya’ni tijorat banklari, ularning bo‘limlari, filiallarining ish faoliyati 
    va buxgalteriya hisobini yuritish amaliyoti hamda hisobotlari va ularda amalga 
    oshirilgan operatsiyalar hamda ularning natijalari hisoblanadi.


    ‘’Agrobank’’ tizimi va uning rivojlanish tarixi 
    Agrobank 
    ATB
    – 
    aksiyadorlik tijorat banki boʻlib, agrar sektorni 
    moliyalashtirishga ixtisoslashgan davlat banki. Bank Oʻzbekiston Markaziy 
    banki tomonidan 2009-yil 30-aprelda berilgan 78-sonli litsenziya asosida faoliyat 
    yuritadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning 
    yirik banklaridan (5-oʻrinda) hisoblanadi. 
    Bank Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida oʻzining muassasalariga ega 
    boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 171 ta tuman 
    (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari, 289 ta xalqaro 
    pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 
    mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga bank 
    xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Eng soʻnggi filiali 2022-yil fevral oyida Toshkent 
    shahrida tashkil etilgan 
    Fresh filiali
    hisoblanadi. 
    Bank 
    1988-yil 
    1-yanvarda 
    OʻzSSR Davlat banki negizida SSSR 
    Agroprombankining boʻlinmasi sifatida OʻzSSR Agroprombank nomi bilan va 
    respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan. 1990-yil 18-iyuldagi SSSR Vazirlar 
    Mahkamasining 703-sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib 
    chiqdi va mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi Oʻzbek aksionerlik tijorat 
    bank 
    „Uzagroprombank“ 
    tashkil 
    etildi. 
    1993-yilda 
    Uzagroprombank 
    Turkiyaning Ziraat Banki bilan hamkorlikda Oʻzbekiston-Turkiya bankini taʼsis etdi. 
    1994-yil Uzagroprombank ilk marta nominal qiymati 1000 soʻmlik boʻlgan 100 mln 
    soʻmlik aksiyalarni chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-
    yil 27-iyuldagi № 294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki 
    „Uzagroprombank“ asosida yangi aksiyadorlik-tijorat „Paxta-bank“ tashkil etildi. 
    2001-yilda Paxta-bank birinchi plastik kartochkasini taqdim etdi. 2007-yil Fitch 
    Ratings tomonidan Paxta-bankka mustaqil kredit reytingi berildi. 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi 1084-sonli qaroriga 
    binoan OATB „Paxta-bank“ asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki „Agrobank“ 


    tashkil etildi. 2021-yilda Agrobank rebrendingni amalga oshirdi va ekotizim qurishni 
    boshladi.
     
    Tashkilotlarga aʼzoligi va xalqaro hamkorligi Paxta-bank 1997-
    yilda SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati 
    aʼzoligiga qabul qilindi. 1998-yilda Osiyo-Tinch okeani qishloq xoʻjaligini kreditlash 
    assotsiatsiyasining (APRAKA), 1999-yilda esa Qishloq xoʻjaligini kreditlash xalqaro 
    konfederatsiyasining (KIKA) aʼzosi boʻldi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda 
    Agrobank ishtirokida APRAKA Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya 
    qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini 
    kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. 
    Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik 
    qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi
    ]
    . Bank „VISA International“ xalqaro 
    toʻlov tizimining prinsipal aʼzosi hisoblanadi va VISA kartalari emissiya qilish 
    boʻyicha protsessing markaziga egalik qiladi. 2010-yilda Agrobank Kichik biznesni 
    qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasi bilan $5 mln 
    miqdorida kredit liniyasi ochish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi va loyihalarni 
    moliyalashtirishni boshladi. 
    Agrobank va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan 
    iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi 
    boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada 
    mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank 
    Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga 
    kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan. 
    Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV ( Germaniya), YTTB, OTB va 
    Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, XTTBning kredit yoʻnalishlarini jalb etgan.
    Agrobank aksiyalarining 98,54 foiz ulushi davlatga tegishli. Davlat muomalaga 
    chiqarilgan aksiyalarning 52,22 foiziga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 46,32 foiziga 
    Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi orqali egalik qiladi. 
    Bankning qolgan 1,37 foiz aksiyalari 18 381 dona yuridik shaxsga, 0,09 foizi esa 73 


    324 nafar jismoniy shaxsga tegishli. Tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati 
    boʻlgan „Agrobank“ ATB „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
    himoya qilish toʻgʻrisida“gi qonunga binoan uch pogʻonali boshqaruv tizimi tomonidan 
    boshqariladi. Boshqaruvning eng yuqori pogʻonasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi 
    hisoblanadi. Ushbu organ bankning umumiy strategiyasini tasdiqlaydi, bank Kuzatuv 
    kengashi aʼzolarini saylaydi va bank faoliyatiga doir masalalarda eng yuqori organ 
    sifatida qaror qabul qiladi.
    Adliya 
    vazirligining „Intellektual 
    mulk 
    markazi“ 
    davlat 
    muassasasi 
    maʼlumotlariga koʻra, Agrobank 10 ta tovar belgisiga egalik qiladi. Bu belgilar orasida 
    bankning shiori – 

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish