tijorat bankining yig’ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Minimal zahira
jamg’arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga bog’liq bo’lgan holda
turli mamlakatlarda turlicha. Jumladan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5%,
AQSh da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O’zbekistonda 2005 yildan
15%. Agrobank bundan pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi.
3. Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to’lov
balansi defisitini
qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda 2005 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi savdo
ijobiy qoldig’i 1,317 mlrd. AQSH dollariga yetdi va oltin-valyuta zaxiralarimiz
respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi.
4.
Tijorat
banklarini
kreditlash.
Kredit
muassasalari
depozitlarini
markazlashuvi kredit operasiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2005 yilda
banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar
3876 mlrd. so’mni tashkil etdi, uning 81% i uzoq muddatli kreditni tashkil etadi.
5. Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob
operasiyalarini bajarish. Bu Agrobankda xukumat tashkilotlari va muassasalarining
schetlarini yuritilishida, shu schyotlar orqali qimmatli qog’ozlar,
uzoq va qisqa
muddatli kreditlar, davlat obligasiyalarini sotib olish, chet el valyutasi bo’yicha va
boshqa operasiyalarni amalga oshirilishi bilan bog’liq. Agrobank xukumatining fiskal
(xazina) vakili vazifasiga muvofiq xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47
modda), xukumatning moliya operasiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, byudjet
kirimlari va chiqimlari yuzasidan maslaxatlar beradi.
6. Xisob-kitob va almashuv operasiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40,43
moddalariga binoan Agrobank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini
belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika
xududi va undan tashqarida
valyuta operasiyalarini amalga oshiradi.
7. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta
barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida
inflyasiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish
va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib
muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul
muomilasi kursatkichlarini o’zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o’sishi va
pasayishiga moslab pul ta’minotini yo’lga kuyadi.
Jumladan, Agrobankning pul-kredit siyosati 2006
yilga quyidagicha
belgilangan:
1. Iste’mol narxlar indeksining yillik darajasi 6,8% dan oshmasligi.
2. YaIM ni real o’sishi 7,2%, uning deflyatori 12%ni tashkil etishi.
3. Byudjet taqchilligi YaIMning 1,5% dan oshmasligi.
4. Sof tashqi savdo aylanmasini ijobiy saldosi 1445 mln. AQSH dollari hajmida
bo’lishi.
5. Banklardagi aholi jamg’armalarining qoldig’i 449,5 mlrd.so’mga yetishi va
boshqalar.
8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari
bag’ishlangan bo’lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni Agrobank
bilan o’zaro munosabatlari aks etgan.
Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo’nalishlarda olib
boriladi:
1.
Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma
banklar, shu jumladan Agrobank ham qonun asosida faoliyat ko’rsatadi.
2.
Yuqori tashkilot nazorati, ya’ni Agrobank tomonidan.
3.
Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar.