Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana22.06.2024
Hajmi0,61 Mb.
#265171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amaliyot hisoboti AB

 
 
 


‘’Agrobank’’ tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni 
kreditga layoqatliligini baholash tahlili. 
Bugungi kunda ATB ‘’Agrobank’’ turli operatsiyalarni amalga oshirishda 
yetakchi o’rinlarda turadi. Xususan, ATB ‘’Agrobank’’ keng kredit operatsiyalari 
ko’lamli amalga oshiriladi ATB ‘’Agrobank’’ korporativ mijozlarni milliy va xorijiy 
valyutada kreditlash bo`yicha keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim etadi. Kreditlash 
xizmatlarini taqdim etayotganda, bank balansini likvidliligini va riskning ma'qul 
darajasini saqlab turish, kredit operasiyalaridan tushgan daromadlarning kerakli 
darajasini ta'minlash tamoyiliga asoslanadi. ATB ‘’Agrobank’’ turli xil muklchilik 
shakldagi kichik va yirik biznes korxonalariga, shu jumladan xorijiy kapital 
ishtirokidagi korxonalarga ham, kreditlar ajratadi. Kreditni taqdim etishning asosiy 
mezoni, kredit oluvchining kreditni to`lash uchun haqiqiy manbalarning mavjudligi 
hisoblanadi. Har bir kredit oluvchi shaxsga nisbatan, kredit bitimining tuzilishiga qarab, 
alohida o`ziga xos yondashuv qo`llaniladi, kredit oluvchilarga kreditlashning optimal 
shaklini tanlash uchun konsultasiya yordami ko`rsatiladi.
Kreditni taqdim etish uchun muhim shartlar quyidagilar hisoblanadi:
- barqaror moliyaviy holat;
- kredit oluvchining to`lash qobiliyati;
- hisob raqamlariga barqaror kirimlar;
- muvaffaqqiyatli ishlab chiqarish;
- xo`jalik faoliyatining tajribasi.
ATB ‘’Agrobank’’ mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:
- qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga);
- uzoq muddatli kreditlar (1 yildan ortiq bo`lgan muddatga). Ajratilgan kreditlar 
garovi sifatida Bank quyidagilarni qabul qiladi:
- ko`chmas mulk garovi;
- bank kafilliklari, kafolatlari;
- sug'urta polisi;


- asbob-uskuna, transport vositalar garovi;
Kerakli hujjatlar:
- kredit arizasi;
- biznes reja, texnik-iqtisodiy asos (mijoz hisob raqamiga kelib tushadigan pul 
oqimlarini ko'rsatgan holda);
- oxirgi hisobot davriga buxgalteriya balansi (1-shakl);
- debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot (2a-shakl);
- moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-shakl)
- ta'sis hujjatlari;
- kredit ta'minotiga oid hujjat.
Dt- 91809- banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari;
Kt- 96351- bankning kredit berish majburiyati bo’yicha kontr- hisobvarag’i. Keyingi 
bosqichda garov hisobga olinadi:
Dt- 94501, 94502, 94503-garov hisobvaraqlari
Kt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulklar va mulkiy huquq 
(talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq
Bunda garov to’liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
Dt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kt- 96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha 
kontr-hisobvaraq
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga 
berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi:
Dt- 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari
Kt- 10301(O'zRMBdagi vakillik hisobvarag’idan olinishi lozim bo'lgan mablag’lar 
Nostro)-16103 (Bosh ofis/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha 
olinadigan mablag’lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to'lov hujjatlari» 
(kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha 
hisobvarag’i,/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari


Mijozlarning kredit qaytarish bo’yicha majburiyat balansdan tashqari hisobvaraqda 
hisobga olinadi:
Dt- 91901/91905- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha 
majburiyatlari;
Kt- 96345/96349- qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo’yicha 
majburiyatlari kontr hisobvaraqlari.
Banklar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan 
vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i
Kt- 22896 - «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish 
graffigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga 
oshiradi.Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab 
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali 
amalga oshiriladi:
Dt- 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag’i, Bank plastik kartochkasi 
(BPK) hisobvarag’i;
Kt-11901-13301/14301-15501- tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag’i 
Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi:
Dt- Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag’i
Kt- 10301 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro» (agar mablag’ 
oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan hizmat ko'rsatilsa)
Kt- Ssuda hisobvarag’i
Kredit va hisoblangan foiz to’liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari 
hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi yuqoridagi provodkalarga teskari provodka 
beriladi:
Dt- 96381- garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar, mulaklar va mulkiy huquq 
(talab) lar bo’yicha kontr-hisobvaraq


Kt- 94501, 94502, 94503 - garov sifatida olingan qimmatli qog’ozlar/ garov sifatida 
olingan mulklar va mulkiy huquqlar/ garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar.
Dt-96379- saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo’yicha 
kontr-hisobvaraq
Kt- 93609- saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag’i
Kreditlar bo’yicha foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo’yicha tan 
olinadi, ya’ni:
Dt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar
Kt- 41400-44700- uzoq muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar
Hisoblangan foizlar kelib tushganda, quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt-10101, 10111, Bankning vakillik hisobvarag’i, mijozning tegishli talab qilib 
olinguncha deposit hisobvarag’i;
Kt- 16309- kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi 
va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va 
mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi 
quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:
• mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
• mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
• joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;
• mijoz kapitali;
• kreditning ta’minlanganligi;
• kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
• qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining 
faoliyatidan kelib chiqqan holda, xar bir tijorat banki uni o‘zi mustaqil aniqlaydi. 
Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha bo‘lishi 


mumkin, lekin ularning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy 
koeffitsientlardan foydalanadilar. Ularga:
• qoplash koeffitsienti;
• likvidlilik koeffitsienti;
• mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsienti, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish 
koeffitsienti kiradi.
Likvidlilik mijozning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini (qoplanishini) 
bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarz oluvchining balans likvidliligini, 
ya’ni passivdagi majburiyatlarni qoplash uchun aktivdagi pul mablag‘larining etarlilik 
imkoniyatlarini tasvirlaydi. Tajribali kredit inspektori ahamiyat beradigan omillardan 
yana biri mijozning bir joyda uzoq va doimiy faoliyat ko‘rsatishi, yashashi hamda 
mashg‘ul bo‘lishidir. Ko‘pgina banklar odatda ko‘rsatilgan joyda bir necha oygina 
ishlayotgan shaxslar va yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan firmalarga rad javobini beradilar.
Kredit inspektorlari “qarzlar piramidasi” deb ataluvchi holatning paydo bo‘lishini 
qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Piramida” holati bu qarzdor 1 ta bank yoki firmadan olgan 
qarzini to‘lash uchun boshqa kreditordan qarz olishi tushuniladi. Mijozning kredit 
kartochkalari bo‘yicha qarzining kattaligi, ko‘pligi o‘zining hisobidan yozib berilgan 
cheklarning tez tez qaytib kelishiga inspektorlar katta e’tibor beradi. Bunday dalillar 
asosida mijozning haqikiy moliyaviy ahvoli va uning pul mablag‘larini boshqarish 
qobiliyati haqida xulosa qilinadi. Agar mijoz bilan ishlarni davom ettirish hal qilinsa, 
unda inspektor kredit dosesini yig‘adi va uni kredit bo‘limiga yuboradi. Bu bo‘limda 
mijozning kreditga layoqatliligi chuqur o‘rganiladi va kredit riskiga baho beriladi.



Download 0,61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish