|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 17/19 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #269924 |
Bog'liq Individual loyiha yangi ish1 #!/bin/bash
2 # case esac misol
3 echo –n “[Y|yes] tugmalarini bosing: ”
4 read YN
5 case $YN in
6 [yY]|[yY] [eE] [sS]
7 echo “Siz $YN ni bosdingiz”
8 ;;
9 *)
10 echo “Siz [Y|yes] ni bosmadingiz ”
11 esac
12 exit 0
Bu misolda foydalanuvchidan Y yoki yes so‘zlarini kiritish so‘raladi (3-satr). Foydalanuvchining javobi YN o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi (4-satr). Case operatori yordamida foydalanuvchi nima kiritganligi tekshiriladi. Bunda harflarning katta kichik yozilishining ahamiyati yo‘q, 6-satrdagi andoza turli xil variantlarni tekshirib beradi. Talab qilingan belgilar kiritilsa, 7-satrdagi komanda bajariladi. Agar ixtiyoriy boshqa belgilar kiritilsa, u holda 9 satrdagi andoza jimlik holatida bajariladi va xatolik haqidagi xabar chiqariladi (10- satr).
3.8 SHELL - SCRIPTLARI while operatori
While tsiklida do va done kalit so‘zlari orasidagi operatorlar
20to‘plami shart rost bo‘lgan holatlarda (yolg‘on bo‘lmaguncha) yoki break yoki exit operatorlari uchramaguncha bajariladi. Ushbu tsikl operatori qo‘llanilgan oddiy misol:
1 #! /bin/bash
2 # while ga misol
3 X=1
4 while [ $x –lt 10 ]
5 do
6 echo “ $X ”
7 X=$(( $X+1 ))
8 done
9 exit 0
Dastlab X o‘zgaruvchiga 1 qiymat beriladi (3-satr). Keyin X ning qiymati 10 dan kichik ekanligi tekshiriladi. Agar shart rost
bo‘lsa, 6- va 7-satrlar orasidagi amallar bajariladi. 7-satrda X ning qiymati 1 birlikka oshiriladi va shart yangidan tekshiriladi. Skriptning ishlashi natijasida ekranda 9 ta satrdan iborat ma’lumotlar chiqariladi.
3.9 SHELL - SCRIPTLARI SELECT operatori
Select operatori standart chiqarishda nomerlangan ro‘yxatni vachiqarilgan elementlarning nomerini kiritish taklifini chiqaradi vafoydalanuvchi ma’lumot kiritgandan keyin Enter tugmasini bosishi kerak bo‘ladi. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan nomer asosida tanlangan element o‘zgaruvchiga ta’minlanadi va do va done orasida gioperatorlar ro‘yxati bajariladi. Shundan so‘ng yana element nomerini kiritish taklifi beriladi (shell-ning versiyasiga mos ravishda). Bu tsikldan chiqish uchun break yoki exit operatorlaridan birini oshkora chaqirish kerak.
Select operatorini qo‘llash bo‘yicha misol:
|
| |