|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 13/19 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #269924 |
Bog'liq Individual loyiha yangi ishCAR= “KIA– eng yaxshi mashina”
O‘zgaruvchining qiymatini olish uchun uning nomi oldiga $ belgisi qo‘shib yoziladi (6-satr).
echo $CAR
3-satrda ekranga - CAR: yozuvi chiqariladi;
4-satrda ekranga – CAR yozuvi chiqariladi;
5-satrda bittalik qo‘shtirnoq ishlatilgan. Shell script-da bu
maxsus belgi hisoblanadi – bittalik qo‘shtirnoq ichidagi barcha
belgilar ekranga to‘liq chiqariladi. Ya’ni bu yerdagi $ belgisi maxsus
belgi sifatida inetrpretatsiya qilinmaydi, natijada ekranga $CAR:
yozuvi chiqariladi.
3.4 SHELL - SCRIPTLARI Massiv o‘zgaruvchilari
Massiv o‘zgaruvchilari
Shell script-da massiv o‘zgaruvchisini qo‘llash mumkin. Klassik bourne shell interpretorida bitta cheklov mavjud bo‘lib, massiv elementlari soni 1024 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bashda esa bu cheklov olib tashlangan. Quyida dastur faylining mazmuni nomerlangan satrlarda berilgan.
1 #!/bin/bash
2 #Massiv
3 #CAR[0]=CAPTIVA
4 #CAR[1]=NEXIA
5 #CAR[2]=LACETTI
6 #CAR[5]=SPARK
7 #CAR[10]=DAMAS
8 #CAR=([0]=CAPTIVA [1]=NEXIA [2]=LACETTI
[5]=SPARK [10]=DAMAS)
9 CAR=(CAPTIVA NEXIA LACETTI SPARK DAMAS)
10 echo “************************”
11 echo “CAR[0]=${CAR[0]}”
12 echo “CAR[1]=${CAR[1]}”
13 echo “CAR[2]=${CAR[2]}”
14 echo “CAR[3]=${CAR[3]}”
15 echo “CAR[4]=${CAR[4]}”
16 echo “************************”
17 echo “ALL - ${CAR[*]}”
18 echo “UNO - ${CAR[@]}”
Bash-da massivni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Misolda ko‘rsatilgan faylda dastlabki ikkita usuli izohlangan (satr boshida # belgisi ishlatilgan – bu izoh kiritishni bildiradi). Dastlab misolda (3-satrdan 7-satrgacha) elementlar massiv nomini ko‘rsatish orqali aniqlangan. Keyin kvadrat qavsda massivdagi element nomeri va uning qiymatlari oddiy o‘zgaruvchilar kabi tenglik orqali berilgan, masalan:
CAR[1]= NEXIA
Massiv elementlari tartib bilan aniqlanmaydi: 0, 1, 2, 5 va 10. Diqqat bilan e’tibor bersak, massivning mavjud bo‘lmagan elementlariga murojaatni interpretator hech qanday xatolik haqida xabar bermasdan qabul qiladi. Massivni ikkinchi usulda aniqlash 8-satrda berilgan.
|
| |