|
echo “((2*3+5)-4)/2=$(( ((2*3+5)4)/2 ))”
|
bet | 15/19 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #269924 |
Bog'liq Individual loyiha yangi ish5 echo “((2*3+5)-4)/2=$(( ((2*3+5)4)/2 ))”
Agar keltirilgan misolda PERM o‘zgaruvchisiga (3-satr) belgili, masalan test qiymati berilsa, dastur natijasi echo (4-satr) ekranga 0 qiymatini chiqaradi.
3.6 SHELL - SCRIPTLARI if shartli operatori
If operatorida shart tekshirilib, dastur kodi son qaytaradi. Agar dastur kodi muvaffaqiyatli bajarilsa, u nol qiymatni qaytaradi. Agar dastur bajarilishida xatolik bo‘lsa, noldan farq qiluvchi sonni qaytaradi. Xuddi shunday shell script-da nol rost qiymat, agar nol bo‘lmasa yolg‘on qiymat sifatida baholanadi. if operatori hamma vaqt if operatori bilan tugallanishi kerak. Agar tekshiralayotgan shart rost bo‘lsa, then va if so‘zlari orasidagi operatorlar ketma-ketligi bajariladi. Else operatori shart yolg‘on bo‘lganda bajariladigan operatorlar ketma-ketligini qo‘llash uchun foydalaniladi. Quyida shartli operator qo‘llanilgan dasturga misol keltirilgan:
1 #!/bin/bash
2 # if then else ga misol
3 if rm test>2 /dev/null
4 then
5 echo “Deleted”
6 else
7 echo “Not deleted”
8 fi
3-satrda rm dasturining kodini tekshirish berilgan. Bu yerda rm dasturining yuklanishida beriladigan barcha tavsiflar keltirilgan. Agar dastur test faylini o‘chira olsa, bu kod qaytaradigan qiymat nolga teng bo‘ladi. Agar qaysidir sabablarga ko‘ra o‘chira olmasa, noldan farqli kodga qaytadi. Buning uchun xatolik bo‘yicha xabar chiqarilmaydi, xatolikni standart chiqarish /dev/null ga yo‘naltirilgan. Kodda nolni qaytarish 5-satrda bajariladi. Noldan farqli qiymatni qaytarish – 7-satrda bajariladi.Agar if operatorida shart sifatida kvadrat qavs ichidagi ifoda qo‘llanilsa, bu shartga ruxsat berish uchun test dasturi chaqiriladi. If qaytarish dasturi test ning kodini tekshiradi. Quyidagi dastur ham oldingi misolda berilgan vazifani bajaradi,lekin faylning mavjudligi haqidagi shartni tekshirish uchun test dasturini chaqiradi (3-satrdagi shart).
|
| |