|
SHELL - SCRIPTLARI o’zgaruvchilar
|
bet | 12/19 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #269924 |
Bog'liq Individual loyiha yangi ish3.3 SHELL - SCRIPTLARI o’zgaruvchilar
O‘zgaruvchilar
/root/bin katologida o‘zgaruvchilardan foydalanish bo‘yicha misollar keltirilgan fayllar mavjud bo‘lib, ushbu fayllar asosida shell script-da dasturlash asoslari
o‘rganiladi.
Shell script o‘zgaruvchilarni qo‘llash mumkin bo‘lgan eng qulay dasturlash tili hisoblanadi. Shell script o‘zgaruvchilari – interpretator (bash) dasturlash muhitining o‘zgaruvchilaridir. Birinchi o‘rinda o‘zgaruvchilarning tiplashtirilmaganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. O‘zgaruvchilarning barcha qiymatlari satr sifatida o‘qiladi. Faqat o‘zgaruvchilar matematik ifodalarda
qo‘llanilsagina uning turi tekshiriladi. Shell script-da o‘zgaruvchilarning «ta’sir sohasi» tushunchasi mavjud emas. O‘zgaruvchilarga dastur kodining ixtiyoriy joyidan, jumladan funksiyalar (qism dasturlar)da ham murojaat qilish mumkin.
Agar o‘zgaruvchi funksiyada aniqlangan bo‘lsa ham, unga global o‘zgaruvchi sifatida dastur kodining ixtiyoriy joyida murojaat qilish mumkin bo‘ladi.
Bashning 2-versiyasida local operatori yordamida lokal
o‘zgaruvchilarni aniqlash imkoni paydo bo‘ldi. Lekin bu imkoniyat Bourne shell-ning boshqa versiyalari uchun standart sifatida qabul qilinmagan.
Agar aniqlanmagan o‘zgaruvchiga murojaat tashkil etilsa, interpretator xatolik haqida xabar bermaydi. Oddiygina bo‘sh satr qoldiradi xolos. Quyida o‘zgaruvchilarning qo‘llanishiga doir dastur matni keltirilgan.
1 #!/bin/bash
2 CAR= “KIA– eng yaxshi mashina”
3 echo “CAR: ”
4 echo CAR
5 echo ‘$CAR: ’
6 echo $CAR
Dastur kodining 1-satrida ushbu dasturning bajarilishi uchun zarur bo‘lgan interpretator turi keltirilgan. O‘zgaruvchining aniqlash uchun uning nomini yozish kerak (katta va kichik harflar farqlanadi), so‘ngra “tenglik” belgisini qo‘yib
o‘zgaruvchining qiymati yoziladi (2-satr). Agar o‘zgaruvchi qiymatida probel bo‘lsa, u holda qiymat bittalik yoki ikkitalik qo‘shtirnoq ichiga olib yozilishi kerak.
|
| |