86
Antarktida quruqlikda yashaydigan hayvonlarga kambag'al sutemizuvchilar
u yerda yo'q. Lekin ba'zi bir hil chuvalchanglar tuban qisqichbaqalar va qanotsiz
xashoratlar uchraydi. Qanotlilarning yo'qligiga sabab shuki bu o'lkada
doim qattiq
shamol esib turadi va hashoratlar havoga ko'tarila olmaydi. Orollarda qo'ng'izlar,
o'rgimchaklar, suv malyuskalari bor. Uzun quloq tyulenlar vakillaridan
Antarkikaning chekka qismlarida dengiz sherlari uchraydi. Antarktika suvlarida
xozirgi vaqtdagi eng yirik sut emizuvchilar kitsimonlar yashaydi. Ular 2
mo'ylovlar va tishli kitlarga bo'linadi. Eng yirik kit-ko'kkit
hisoblanadi uning
uzunligi o'rtacha 26 mm ga yetadi vazni 160 tonnaga yetadi 20 tonna sof yog'
beradi. Antarktika qushlari ham o'ziga xos ularning tarkibiga dengiz malyuskalari
va baliqlarni mayda dengiz hayvonlarini qisqichbaqalarni yeb oziqlanadi.
MAVZU: TINCH OKEANI
REJA:
1. Okeanning geografik o'rni.
2. Okean suvining harorati.
3. Okeanning organik dunyosi.
Adabiyotlar:
1. A.Kozokov, «Okeanlar tabiiy geografiyasi» Toshkent «Ukituvchi» nashriyoti 1992
yil.
2. A.Kozokov, X.Ma'sudov. «Materiklar va okeanlar tabiiy
geografiyasi kursidan
amaliy mashgulotlar va mustakil ishlar». Toshkent «Ukituvchi» nashriyoti 1992 yil.
Dunyo okeani yer yuzidagi barcha okeanlar birgalikda dunyo okeani deyiladi.
Umumiy maydoni 361,1 mln kv. km. Yer yuzasi maydonning 70,8 % tini tashkil
etadi. Shimoliy yarim sharda butun maydonning 61 % tini janubiy yarim sharda
esa 81 % tini D.O egallagan. O'rtacha chuqurligi 3800 m eng
chuqur joyi Mariana
botig'ida 11022 m D.O tubi rel'fi quruqlik yuzasi rel'figa o'hshab notekis. Okean
ostida ulkan tog' tizmalari yirik qirlar tekislik havzalari chuqur botiqlar bor tog'
tizmalarining umumiy uzunligi 80 ming km dan oshadi. Eng katta tog' tizmalari
o'rta atlantika janubiy sharqiy Tinch okean tizmalari.
Dunyo okeanining eng katta
qismini tinch okeani ishg'ol qiladi. Uning maydoni 179,7 mln km kv bo'lib, yer
yuzasi territoriyasining 30% ini, dunyo okeani maydonining 50%ga teng. Shu
sababdan ba'zan tinch okeanni ulug' okean deb ham yuritiladi. Tinch okeanning suv
hajmi 724 mln kv km, o'rtacha chuqurligi 4028 m, eng chuqur yeri «
mariana» 11022
m. Marianna cho'kmasi tinch okeanidagina emas balki dunyo okeanida ham eng
chuqur joy hisoblanadi.