|
Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi abdullayev o
|
bet | 69/75 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 326,56 Kb. | | #126532 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi t-fayllar.orgYangi Zelandiya : Yangi zelandiya Avstraliyadan sharq tomonda 1500 km
masofada 340 janubiy kengliklar orolig'ida joylashgan. Bular janubiy
yarimsharning subtropik va mo''tadil kengliklarda joylashgan yagona orollardir. Bu
o'lkaga ko'k bo'g'oz ajralgan 2 ta katta orol janubiy va shimoliy orollar Styurt orol va
bir bir qancha orollar kiradi. Ularning umumiy maydoni 268,7 ming km2 . Yangi
Zelandiya orollari kelib chiqishga kura materik oroldir. Shimoliy orolda tog'lar
kamroq. Uning janubi sharg'iy chekkasi bo'ylab past tog' tizmalari joylashgan.
Markaziy qismiga esa o'rtacha balandligi 600 m bo'lgan vulkan plasmasidan iborat.
Shimoliy orolining eng baland tog'i so'nmagan Ruapexu vulkanidir. Orolning
shimoli g'arbida yarim oroli dengizga uzog' kirib borgan. Orollarga g'arbiy
shimollar g'arbiy sohillarga ko'plab yog'inlar keltiradi,o'rtacha yog'in miqdori 2000
mm bo'lgani holda g'arbiy sohilning ayrim rayonlariga 500 mm gacha yog'in
tushadi. Tog'larda dengiz sathidan 2000 m dan yuqorida deyarli butunlay qor
yog'adi. Shimoliy orolda qish juda iliq iyulning o'rtacha harorati okean orolida Q120
ga yetadi janubiy orolda esa Q50 tog'larda esa -20 pasayadi, sohilda harorat -
50 gacha pasayishi mumkin yanvarning o'rtacha harorati shimolda Q190
janubda Q140 gacha o'zgaradi. Yangi Zelandiyada odatda jazirama issiq bo'lmaydi.
O'lka daryolari qisqa lekin sersuv va sathi keskin o'zgarmaydi. O'lkada ko'llar ko'p.
Shimoliy orolning chekka shimoli uchun yangi Zelandiyaning endemik qarag'ayi
kauri o'rmonlari xosdir. O'lka o'rmonlarida igna bargli daraxtlar podokarpuslar
arikarillar meboseruslar har endemik qarag'aylar doimiy yashil janubiy buk hatto
ba'zi bir hil palmalar o'sadi. Sharqiy yonbag'irlarida va Kenter beril tekisligida
o'rmonlar siyraklashad, so'ngra butazorlar hamda g'allagullilar va har xil o't
o'simliklar o'sadigan quruq o'tloqlar bilan almashinadi. Tog'larda baland ko'tarilgan
sari ham o'rmonlar kambag'allashib boradi. Yangi Zelandiyada yovvoyi sut
emizuvchi hayvonlar deyarli yo'q. Ko'rshapalak va o'rmon yumronqoziqlarini
mahalliy fauna vakillari deb hisoblash mumkin. Yevropaliklar keltirgan quyon va
mushuklar xozir yovvoyilashib ketgan. Orollarda shuningdek qanotsiz to'tilar, sulton
tovug'i yashaydi.
|
| |