62
Shimoliy And tog'lari deganda and tog'larining Karib dengizi sohilidan
janubda ekvator bilan Peru chegarasigacha bo'lgan shimoliy qismi tushuniladi. Bu
yerda 4-50 janubiy kenglikdan shimoliy And tog'larini markaziy And tog'laridan
ajratib turuvchi yoriq o'tadi. Shimoliy And tog'lari uchun balandlik mintaqalarining
aniq ifodalangan sistema xos tog'larning quyi qismlari va qirg'oq bo'yi past
tekisliklari sernam va issiq bu yerda janubiy Amerikadagi eng yuqori o'rtacha
oylik temperaturalar kuzatiladi. Shimoliy And tog'larining ko'p rayonlarda
kundakov qilingan nam tropik o'rmonlar o'rnida shakarqamish
va banan janubiy
Amerika shimoliy rayonlarning asosiy tropik mevalari yetishtiriladi. Tog'larning
quyi issiq mintaqalarda yuqorida shimoliy And tog'larning mo''tadil mintaqasi
joylashgan balandligi 2500-3000 m gacha boradi. Yillik o'rtacha temperatura
Q150 dan Q200 S gacha tog'larning mo''tadil mintaqasi
inson hayoti uchun eng
qulay. Shimoliy And aholisining ko'p qismi shu mintaqada joylashgan yirik
shaharlar ham shu mintaqada iqlim qattiq. Yilning hamma faslida ham kunduzgi
harorat musbat bo'lgani holda kechasi bo'ladi. Shimoliy And tog'larida 4500 m dan
yuqorida mustaqil manfiy haroratli doimiy qor va muzliklar boshlanadi. And
tog'larining ko'p tepalarida alp tipidagi katta muzliklar bor.
Markaziy And tog'lari shimolda ekvator va Peru orlig'idagi
davlat
chegarasidan janubda 270 janubiy kenglikgacha juda katta masofaga cho'zilgan
markaziy And tog'lari butun tog' sistemasining eng kengaygan qismi bo'lib
kengligi Boliviyada 700-800 km ga yetadi. Markaziy And tog'larida cho'l va
chalacho'l landshaftlari ko'pchilikni tashkil etadi. Shimolda yiliga 200-250 mm
yog'in tushadi uning ham katta qismi yozga to'g'ri keladi. Oylik o'rtacha eng yuqori
harorat +260 S ga yetadi, eng past harorat +180 C o'simlik
keskin kirofit qiyofaga
ega va kaktus opunsiya akasiya hamda qattiq o'tlardan iborat. Janubroqda iqlim
yana qirg'oqchilik cho'ldan iborat. Atakama botig'ida va Tinch okean sohilining
Atakamaga qo'shni qismida yiliga 100 mm dan kam ba'zi joylarda esa 25 mm dan
ham kam yog'in tushadi. O'lkaning sharq va shimolida yillik yog'in
miqdori asta-
sekin oshib boradi lekin iqlimning boshqa hususiyatlari saqlanib qoladi. YOg'in
miqdori sharqda 800 mm gacha shimolda esa hatto 1000 mm gacha ko'payishi
tufayli o'simlik ko'proq va hilma-hilroq bo'lib boradi, hamda tog' chalacho'llari
tog' dashti bilan almashinadi. Tog' dashtini mahalliy aholi puna deb ataydi.
Punaning o'simlik qoplami uchun turli hil g'allagullilar ayniqsa tipchoq chalov
ro'vak harakterli. Bulardan tashqari puanada turli hil yostiqsimon butalar ham
o'sadi Punalar markaziy And tog'larida juda katta maydonlarni egallaydi.