Tishlashish muddatlari. Romansement suv bilan qorilganda paytdan kamida
15 min o‘tgandan keyin tishlasha boshlaydi, kechi bilan 24 soatda butunlay tishlashib
bo‘lishi kerak .Romansement qotayotganida hajman qanchalik tekis o‘zgarishi
bo‘yicha sinab ko‘rilishi lozim. Sement xamirdan standartga ko‘ra asosan kulcha
holida yasalgan namunalari sinaladi. Nam havo sharoitida 7 kun saqlangandan so‘ng
namunalar qaynaganida va suv bug‘ida ham yorilmasligi zarur.
Romansementning ishlatilishi. Romansement er usti va ostida zo‘riqishi kam
konstruksiyalar uchun beton ishlash va devor qurish hamda suvash ishlarida
ishlatiladi. Romansementni suv ta’sirida ishlaydigan konstruksiyalar qurishda ham
ishlatishga ruxsat etiladi. Ammo buning uchun aqalli dastlabki 7 kunligida suv
ta’siridan saqlash kerak bo‘ladi. Romansement unchalik mustahkam bo‘lmagani
uchun
temir-beton
konstruksiyalarida
ishlatilmaydi.Yig‘ma
qurilishda
romansementdan II va III klass binolari uchun devorbop beton toshlar tayyorlashda
foydalanish mumkin. Romansement asosan mahalliy qurilishlarga mo‘ljallangan. U
gidravlik bog‘lovchi moddalar nomenklaturasini kengaytirishga yordam beradi va bir
qator beton konstruksiyalar ishlab chikarishda portlandsement o‘rnida ishlatiladi.
141
6-bob. Portlandsement
1- §. Tarkibi va klassifikatsiyasi
Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus
qo‘shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda
portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo‘ladi
(70…80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh
bo‘laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan
mahsulotning xom ashyo aralashmasini to‘la eritish yo‘li bilan ham olish mumkin.
GOST 10173-85 va 31108-2003 ga ko‘ra portlandsement xossalarini
o‘zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga
aktiv (gidravlik) va inert mineral qo‘shimchalar qo‘shishga ruxsat etiladi. Inert
qo‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, aktiv
(trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi
kerak. Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. U
holda maydalangan mahsulot nima qo‘shilganiga qarab boshqa, ya’ni qo‘shilma
sifatida donador domna shlagi ishlatilsa, shlakportlandsement deb, tabiiy gidravlik
qo‘shilmalar ishlatilsa, putssolan portlandsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips (sulfat kislota
angidridiga nisbatan hisoblaganda) qo‘shiladi. Bu bilan sementning tishlashish
muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi .
Shunday qilib, portlandsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo‘shilma va gips
aralashmasidan iborat. Bundan tashqari unda oz miqdorda — 1 % gacha boshqa
moddalar, masalan, sement sifatini bo‘zmaydigan, ammo uning yaxshiroq
maydalanishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, ko‘mir) ham bo‘lishi
mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandsement va uning turlari asosiy material bo‘lib
hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni kurish uchun zarur bo‘lgan beton va
temir-beton konstruksiyalar yasalmoqda.
142
Sement sifati borgan sari yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik kursatkychlari
ortmoqda. Portlandsementning o‘rtacha markasi 500 dan (GOST 310—85) ortib
ketdi, sement turlari ham ko‘paymoqda, bir qator maxsus sementlar chiqarilmoqda.
|