137
Romansementni maydalash uchun shar tegirmon ishlatiladi. Gips yoki
gidravlik qo‘shilmalardan foydalanayotganda ular kuydirilgan mergel bilan
birgalikda maydalandai. Shunda bir xil jinsli mahsulot hosil bo‘ladi.
Tuyishdan oldin qo‘shilmalar quritish barabanlarida quritiladi: gips-namligi
10% gacha, gidravlik qo‘shilmalar-2% gacha.
Romansement ikki xil sxemada, ya’ni maydalangan materialni elamasdan
(ochiq sikl) va elab (yopiq sikl) tuyiladi. Elaganda yirik donalari ajralib chiqadi va
qayta tuyishga yuboriladi. Shu bilan mahsulotning sifati ancha yaxshilanadi, tuyuvchi
agregatlarning ish unumi esa oshadi; separatorlarda elanadi.
Romansement ishlab chiqarish uchun ohaktosh bilan gil sun’iy aralashmasidan
foydalanayotganda ularning xom ashyoda tekis joylashishi uchun shar tegirmonlarda
aralashiga tuyiladi. Xom ashyo aralashmasi shaxta yoki aylanma pechlarda
kuydirilishi mumkin. Xom ashyo bilan yoqilg‘i aralash solinadigan shaxta pechlarda
kuydirilsa ham bo‘ladi, ammo yoqilg‘ini aralashmada qo‘maloq tayyorlashdan oldin
bevosita xom ashyo aralashmaning o‘ziga qo‘shgan yaxshi. Shunda kuydirish
sharoitlari yaxshilanadi.
Aylanma pechlarda ham xom ashyo aralashma qumaloqholida kuydiriladi.
Lekin birmuncha kichik, ya’ni 20-30 mm gacha o‘lchamda bo‘ladi. Yoqilg‘i ularda
presslanmaydi, balki chang-havo aralashmasi holicha bevosita pechga uzatila
beriladi. Kuydirilgan mahsulot shar tegirmonlarda gips va gidravlik qo‘shilmalar
bilan yoki ularsiz tuyiladi.
Ko‘rinib turibdiki, sun’iy yo‘l bilan tuzilgan aralashmadan romansement
ishlash texnologiyasi tabiiy mergellardan ishlashga qaraganda birmuncha murakkab.
Bundan tashqari, xuddi ana shuncha mablag‘ sarflash va ana shu uskunalarning
o‘zidan foydalanish bilan nisbatan ancha sifatli bog‘lovchi olish mumkin. Bu usul
asosan mahalliy yoqilg‘i (o‘tin, torf, past kaloriyali ko‘mir va slanets) dan
foydalanilgani taqdirdagina o‘zini oqlaydi.