131
zarur. Aks holda, gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt o‘z-aro
ta’sir etishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi.
So‘ndirgich shnekda ohak batamom so‘nmaydi. Ohak undan so‘ndirgich
siloslarga yuboriladi va bu erda batamom so‘ndiriladi. Gidravlik ohak sekin
so‘nadigan modda bo‘lgani uchun ko‘pincha 10-15 kungacha siloslarda saqlanadi.
Issiq suv ishlatish so‘ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi. Shu maqsadda
so‘ndirgich shnekda ohak bug‘ bilan namlanadi. Silosdagi massaning isishiga ohak
gidratatsiyalanayotgani vaqtida ajralib chiqadigan issiqham yaxshi yordam beradi.
So‘ndirilgan ohak silosdan bir oz so‘nmagan yirik donalar aralashgan kukun
holida chiqadi. So‘nmagan donalarini ajratib olish uchun ohak separatorga yuboriladi.
0,2-0,25 mm o‘lchamdagi mayda tovar fraksiya omborga, yirik so‘nmagan donalari
esa shar tegirmonlarga yuboriladi. Sharli tegirmonda maydalanadi, so‘ngra yana
so‘ndirgich silosga olib kelinadi.
Mazkur texnologiya bo‘yicha bir yo‘la ikki xil mahsulot, ya’ni kuchli gidravlik
ohak va kuchsiz gidravlik ohak olish mumkin. Tarkibida talaygina gidravlik
birikmalar bo‘lgan, so‘nmagan mayda tuyilgan donalari butun ohak massasiga
aralashtirib yuborilmasdan, tayyor mahsulot sifatida ishlatilsa,bu kuchli gidravlik
ohak hisoblanadi. Separatordan olingan mayda fraksiyada gidravlik birikmalar
nisbatan kam bo‘ladi va xossalari jihatidan kuchsiz gidravlik ohak hisoblanadi.
Tarkibida gil aralashmalar ko‘p (gidravlik moduli ko‘pi bilan 4-5 ga teng)
ohaktoshlardan foydalanayotganda bir yo‘la ikki xil ohak ishlab chiqariladi.