• Agar, belgilangan muddat mobaynida eksportga mo‘ljallangan yukni olib ketish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, yukni yetkazib kelgan manzilga eng
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet340/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    ruxsat beriladi. 
    Xalqaro yuk tashuvchi xorijiy haydovchilar O‘zbekiston hududida import 
    yuklarni belgilangan manzilga yetkazib berganidan so‘ng, 10 kun muddat ichida 
    respublika hududida belgilangan davlat chegara postlari orqali chiqib ketishlari shart. 


    619
    Agar, belgilangan muddat mobaynida eksportga mo‘ljallangan yukni olib 
    ketish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, yukni yetkazib kelgan manzilga eng 
    yaqin bo‘lgan maxsus avto turargohlarda kutib turishi lozim. 
    Maxsus avtoturargohlarda haydovchilarning karantin qoidalari hamda ijtimoiy 
    masofaga rioya etishi, ortiqcha shaxslar bilan muloqotga kirmasligi, turargohlardan 
    boshqa joyga chiqmasliklari va ushbu hududlarga tashqaridan begona shaxslar 
    kirmasligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. 
    Bojxona chegarasidan o‘tib kelayotgan xorijiy avtotransport vositalarini 
    O‘zbekiston hududida harakatlanishini nazorat qilish “avtotransport vositasini 
    qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida amalga oshiriladi. 
    Marshrutdan chetga chiqqan holatlar va haydovchilar tomonidan kombinezon, 
    bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarsiz harakatlanishi, avtotransport 
    vositalarini qaytarib olib chiqish uchun belgilangan muddatni buzish holatlari hamda 
    haydovchilarning barcha zaruriy hujjatlari (haydovchilik guvohnomasi, yo‘l varaqasi 
    va xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi sertifikat) bo‘lmagan 
    taqdirda - karantin qoidalarini buzish sifatida bahaolanib, belgilangan tartibda 
    choralar qo‘llaniladi. 
    Bojxona organi tomonidan belgilangan yetkazib berish muddatlari buzilishi 
    holatlari aniqlanganda, mazkur holatlar xalqaro yuk avtotransport vositalari 
    haydovchilari tomonidan ushbu vaqtinchalik tartibga amal qilinishi natijasida kelib 
    chiqqanligi isbotlangan taqdirda (hujjatlardagi qaydlar orqali), istisno tariqasida 
    bojxona qoida buzilishi bo‘yicha ma’muriy ishlar yuritilmaydi

    Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligida 2016-yil 6-aprelda 2773-son bilan 
    roʻyxatdan oʻtgan bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi 
    yoʻriqnoma talablari asosida byud ni toʻldirish boʻyicha tushuntirishlar 
    2016-yil 21-aprel kunidan oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligida 2016-yil 6-
    aprelda 2773-son bilan roʻyxatdan oʻtgan bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish 
    tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (bundan boʻyon mantda – yoʻriqnoma deb yuritiladi) 
    kuchga kirishi munosabati bilan amaliyotda byud ning ayrim grafalarini toʻldirish 
    tartibi boʻyicha baʼzi bir savollar yuzaga kelmoqda. Mazkur savollarga javob berish, 
    yoʻriqnomaning amaliyotda bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, kelgusida byud 
    grafalarini toʻldirishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarning 
    oldini olish maqsadida quyida byud ni toʻldirish boʻyicha ayrim tushuntirishlar 
    beriladi. 
    1. Yoʻriqnomaning 11-bandiga koʻra, “tovarning kuzatuv hujjatlarida shaxslar, 
    tovarlar, transport vositalari nomlanishlari va boshqa maʼlumotlarning lotin yoki 
    boshqa (arab, xitoy va h. K.) Alifbolar harflarida yozilganligi holatlari uchrasa, u 
    holda bunday maʼlumotlar byud da lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi 
    nomlanishlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi”. 


    620
    Masalan: shaxsning nomi — “central global cargo gmbh”, “xinjiang zhongtai 
    chemical co., ltd”, “magnitogorskiy metallurgicheskiy kombinat”, kupriyanov igor 
    mixaylovich; 
    Avtotransport vositasi nomi — texnik vosita pasporti yoki rasmiy 
    spravochniklarga muvofiq — “toyota land cruiser”, “bmw 523i”, “man”, “kamaz”, 
    “maz”; 
    Tovar nomi — “mars”, “adidas”, “alyonka”, “russkoye pole”. 
    Soʻnggi yillarda dunyoda, shu jumladan oʻzbekiston Respublikasida intellektual 
    mulk obyektlariga boʻlgan huquqning himoyasiga alohida eʼtibor ajratiloqda. Bu 
    narsa bojxona kodeksining 56-bobida (intellektual mulk obyektlariga boʻlgan 
    huquqlarni himoya qilish) ham oʻz aksini topgan. Ushbu bandning yoʻriqnomaga 
    kiritilishi intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida 
    bojxona organlarga yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli bajarishga, bundan tashqari 
    byuddan tif qatnashchilari, tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida toʻliq va aniq 
    maʼlumot olishga yordam beradi. 
    2. Eksport bojxona rejimida tovarning yuk joʻnatuvchi tomonidan ishlab 
    chiqarilganligi yoki u tomonidan ishlab chiqarilmaganligi toʻgʻrisidagi belgi 
    (tegishlicha “1” yoki “0”), erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida esa 
    tovar yukni qabul qiluvchining oʻz ehtiyoji uchun moʻljallanganligi yoki oʻz ehtiyoji 
    uchun moʻljallanmaganligi toʻgʻrisidagi belgi (tegishlicha “1” yoki “0”) byudning 1-
    grafasi 3-boʻlmasida emas, balki 43-grafasida koʻrsatilishiga eʼtibor berish lozim. 
    3. Eksport bojxona rejimida byudning 2-grafasini (eksportchi/yukni joʻnatuvchi) 
    hamda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida byudning 8-grafasini 
    (importchi/yukni qabul qiluvchi) toʻldirish tartibida jiddiy oʻzgarishlar boʻlganligiga 
    alohida eʼtibor qaratish lozim. 
    Ushbu oʻzgarishlarga asosan: 
    - eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilayotgan tovarlar boʻyicha byudni 
    toʻldirishda tovarlarning eksportchisi va yukni joʻnatuvchi turli shaxslar boʻlsa, yaʼni 
    joʻnatuvchi tovarni eksportchi yoki boshqa shaxsning topshirigʻiga asosan 
    joʻnatayotgan boʻlsa, yoxud shunga oʻxshash boshqa holatlarda byudning 2-grafasida 
    grafada avval eksportchining (tovarni yetkazib berish toʻgʻrisida topshiriq bergan 
    shaxsning) qisqacha nomi, soʻngra joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. 
    Bunda byudning 2-grafasini toʻldirish yoʻriqnomaning 22-bandi 2-kichik bandi 
    talablariga asosan amalga oshirilishi lozim; 
    - erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida byudni toʻldirishda agar 
    importchi va yukni qabul qiluvchi turli shaxslar boʻlsa, yaʼni qabul qiluvchi tovarni 
    importchi yoki boshqa shaxsning topshirigʻiga asosan qabul qilib olayotgan boʻlsa, 
    yoxud shunga oʻxshash boshqa holatlarda byudning 8-grafasida avval importchining 
    (tovarni qabul qilib olish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi
    soʻngra qabul qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Bunda byudning 8-


    621
    grafasini toʻldirish yoʻriqnomaning 25-bandi 6-kichik bandi talablariga asosan 
    amalga oshirilishi lozim. 
    Shuningdek, tovarlarni vaqtinchalik saqlash (im70) va bojxona ombori (im74) 
    bojxona rejimlariga joylashtirishda tovarning importchisi (moliyaviy tartibga 
    soluvchi shaxs, yakuniy isteʼmolchi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasligi 
    mumkin, shu sababli ushbu rejimlarda byudning 8-grafasini toʻldirishda tovarlar 
    importchisi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart emas. 
    4. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida byudning 18-grafasini 
    (joʻnatish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi) toʻldirishda shunga eʼtibor 
    berish lozimki, yoʻriqnomaning 25-bandi 14-kichik bandiga asosan 18-grafada 
    tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi boʻylab tashigan, yaʼni tovarni 
    Oʻzbekiston chegarasidagi oʻtkazish punktidan bojxona rejimiga joylashtirish uchun 
    bojxona organiga yetkazib bergan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 
    koʻrsatiladi. 
    Masalan, tovar braziliyada dengiz transportiga yuklandi. Keyinchalik rossiyada 
    temir yoʻl transportiga qayta yuklanib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini 
    temir yoʻl transportida kesib oʻtdi va “karakalpakiya” stansiyasiga kelib tushdi. 
    “karakalpakiya” stansiyasida tovar avtotransportga qaty yuklandi va “arkbuloq” 
    bojxona postiga yuborildi. “arkbuloq” bojxona postda tovar maʼlum bir bojxoa 
    rejimiga joylashtirilmoqda (vaqtinchalik saqlash, bojxona ombori, erkin muomalaga 
    chiqarish va h.k.). Ushbu holatda byudning 18-grafasida avtotransport vositasi haqida 
    maʼlumot koʻrsatiladi. 
    5. Shuningdek, byudning 20-grafasini (yetkazib berish shartlari) toʻldirish 
    tartibida ham ayrim oʻzgarishlar boʻlganligini taʼkidlab oʻtish lozim. Jumladan, ushbu 
    grafada tovarlarni yetkazib berish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatishda 
    bundan boʻyon tovarlarni yetkazib berish shartining raqamli va harfli kodi, yetkazib 
    berish geografik punkti bilan bir qatorda, ushbu geografik punkt joylashgan 
    mamlakatning harfli kodi, agar yetkazib berish punkti ikki mamlakat chegarasida 
    joylashgan boʻlsa mazkur ikkita mamlakatning harfli kodlari ham koʻrsatilishi 
    belgilangan. Ushbu oʻzgartirish tovarlarning statistik qiymati toʻgʻri belgilash
    amaliyotda bu borada yuzaga kelayotgan ayrim munozarali holatlarga barham berish 
    maqsadida kiritilgan. 
    6. Yoʻriqnomada qoʻshimcha ravishda 30-grafaning toʻldirilishi belgilangan. 
    Ushbu grafada byudni taqdim etish vaqtida tovarlar nazorati ostida turgan bojxona 
    postining kodi (tovar avval bojxona rejimiga joylashtirilmagan boʻlsa bojxona 
    koʻrigini amalga oshiradigan post yohud vaqtinchalik saqlash yoki bojxona ombori 
    rejimlariga joylashtirgan post) hamda byudni taqdim etish vaqtida tovarlar turgan joy 
    haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. 
    Agar byudni taqdim etish vaqtida tovar bojxona omborida turgan boʻlsa, tovar 
    vaqtinchalik saqlash yoki bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilgan yoki 


    622
    ushbu bojxona rejimlariga joylashtirilmaganligidan qatʼiy nazar bojxona omborini 
    taʼsis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi koʻrsatiladi. 
    7. Byudning 31-grafasini (yuk joylari va tovar tavsifi) toʻldirilishi tartibiga 
    alohida eʼtibor qaratilishi lozim. Ushbu grafaga kiritilgan oʻzgartirish va 
    qoʻshimchalar tovar toʻgʻrisida imkon qadar toʻliq va toʻgʻri maʼlumot olishga 
    qaratilgan. Byudning 31-grafasidagi maʼlumotlar tovarning tif tn kodining toʻgʻri 
    belgilanishiga, bojxona qiymati toʻgʻri belgilanishi va bojxona toʻlovlarining toʻgʻri 
    hisoblanishiga, tovarlarni olib kirish va olib chiqishga doir taʼqiq va cheklovlarga 
    rioya etilishiga bevosita bogʻliqligini eʼtiborga olib, mazkur grafa yoʻriqnoma 
    talablariga qatʼiy rioya etilgan holda toʻldirilishi muhim ahamiyatga ega. 
    Yoʻriqnomada byudning 31-grafasida tovarning nomi, tovar belgisi, markasi, modeli, 
    brendi, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijoriy tavsiflari, tovarning 
    miqdoriy va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, markirovkalari, oʻramlari, tovar 
    tashilgan konteynerlar hamda tovar boʻyicha bojxona toʻlovlari hisoblanishi, iqtisodiy 
    siyosat choralarining qoʻllanilishi uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlari va tovar 
    haqidagi boshqa maʼlumotlar batafsil koʻrsatilishi belgilangan. 
    Shuningdek, byudning 31-grafasini toʻldirishda quyidagilarga eʼtibor qaratish 
    lozim: 
    A) byudning 31-grafasida “1”, “2”, “4”, “5” tartib raqamlari ostida ostida 
    koʻrsatiladigan maʼlumotlar, 31-grafa detalizatsiyasida emas, balki elektron byudda 
    bevosita tovar haqida umumiy maʼlumotlarni kiritish uchun ajratilgan maydonchada 
    koʻrsatiladi. Kelgusida yoʻriqnoma talablaridan hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan 
    muammolarda kelib chiqqan holda byud 31-grafasi tuzilmasi takomillashtirilishi 
    mumkin; 
    B) 31-grafaning pastki chap burchagida eksportda tovar ishlab chiqaruvchisining 
    yoki importda tovar isteʼmolchisining ktut kodi koʻrsatiladi. Agar tovar ishlab 
    chiqaruvchisi yoki isteʼmolchisi nomaʼlum boʻlsa, yoki ular bir nechta boʻlsa, 
    eksportda eksportchining yoki importa importchining ktut kodi koʻrsatiladi. 
    Eksportyor yoki importyor deganda moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs 
    (kontrakt egasi), yuk joʻnatuvchiga yukni joʻnatish, yukni qabul qiluvchiga yukni 
    qabul qilish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsni tushunish lozim. 
    8. Byudning 36-grafasini (preferensiya) toʻldirishda: 
    A) agar import qilinayotgan tovarga nisbatan savdo iqtisodiy munosabatlarda 
    eng koʻp qulaylik berish rejimi berish toʻgʻrisidagi bitim doirasida preferensiya 
    berilayotgan (import bojxona boji belgilangan stavka boʻyicha undirilayotgan) boʻlsa, 
    bunday holatda bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar hisoblanmaganligi sababli import 
    bojxona bojini toʻlash xususiyatining kodi – “o” koʻrsatiladi; 
    B) agar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga asosan tovarga nisbatan aksiz 
    soligʻi stavkasi belgilanmagan boʻlsa aksiz soligʻini toʻlash xususiyati kodi – “o” 
    koʻrsatiladi; 


    623
    V) agar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tovarga nisbatan “0” 
    stavkada bojxona toʻlovlari belgilangan boʻlsa, tegishli bojxona toʻlovini toʻlash 
    xususiyatining kodi – “o” koʻrsatiladi; 
    G) import qilinayotgan tovarga nisbatan erkin sado zonasini tashkil etish 
    toʻgʻrisidagi bitim doiraida preferensiya qoʻllanilayotgan boʻlsa (tovar import 
    bojxona bojini toʻlashdan ozod etilayotgan boʻlsa): 
    - import bojxona bojini toʻlash xususiyatining kodi – “ye” koʻrsatiladi; 
    - import bojxona boji boʻyicha berilgan preferensiyadan kelib chiqqan holda, 
    qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha ham qisman imtiyozlar hisoblanganligi sababli 
    qqsni toʻlash xususiyatining kodi ham - “ye” koʻrsatiladi; 
    D) tovarlarni bojxona kodeksiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod 
    etiladigan yoki shartli ozod etiladigan bojxona rejimlariga joylashtirishda (masalan, 
    bojxona ombori, bojxona hududida qayta ishlash, reeksport va h.k.) Bojxona 
    toʻlovlarini toʻlash xususiyatining kodi – “o” koʻrsatiladi; 
    Ye) tovarlarni eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqishda bojxona 
    toʻlovlarini toʻlash xususiyatining kodi – “o” koʻrsatiladi. 
    9. Byudning 37-grafasini (protsedura) toʻldirishda: 
    - mahsulotlarni taqsimlash boʻyicha bitimlar (soglasheniya o razdele produksiy - 
    srp) doirasida olib oʻtilayotgan tovarlar boʻyicha tovarlarni olib oʻtish xususiyati kodi 
    – “062” koʻrsatiladi; 
    Vaqtinchalik olib kirish yoki vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimlariga 
    joylashtirilayotgan hamda vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimidan soʻng qaytarib 
    olib chiqib ketilayotgan yoki vaqtinchalik olib chiqish bojxona rejimidan soʻng 
    qaytarib olib kirilayotgan tovarlar boʻyicha ularning muddatiga qarab tegishlicha 
    “023”, “024”, “123”, “223”, “124”, “224” olib oʻtish xususiyatlari kodlaridan biri 
    qoʻyiladi. 
    10. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida byudning 40-grafasini 
    toʻldirish tartibiga ham ayrim oʻzgartirishlar kiritilgan. Jumladan: 
    - tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga 
    joylashtirilgan boʻlsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun 
    asos boʻlgan byud haqida; 
    - tovarlarga nisbatan avval byud taqdim etilmagan boʻlsa, grafada tovarlarni 
    bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun ichki bojxona organiga yetkazib 
    berish uchun asos boʻlgan yetkazib berishni nazorat qilish hujjatlari (yukni yetkazib 
    berishni nazorat qilish kitobchasi, mdp kitobchasi) haqidagi maʼlumotlar 
    yoʻriqnomada belgilangan tartibda koʻrsatilishi lozim. 
    11. Byudning 44-grafasini (qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan 
    hujjatlar) toʻldirishda byudni toʻldirishga asos boʻlgan har bir hujjat toʻgʻrisidagi 
    maʼlumotlar yoʻriqnomaning 12-ilovasida keltirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini 
    toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq 


    624
    hujjatning tartib raqami va harfli kodini qoʻygan holda koʻrsatilishi lozimligiga 
    eʼtiborni qaratish lozim. 
    Bundan tashqari, byudning 44-grafasini toʻldirisha quyidagilarga eʼtibor qaratish 
    lozim: 
    A) agar tovarlar mahsulot taqsimotiga doir bitim (srp) doirasida olib oʻtilayotgan 
    boʻlsa, mahsulot taqsimotiga doir bitim hamda tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) 
    boʻyicha kelishuv (kontrakt) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har biri alohida byudning 44-
    grafasiga “301” tartib raqami ostida “knt” kodi bilan koʻrsatiladi; 
    B) byudni toʻldirishda foydalanilgan, lekin yoʻriqnomaning 12-ilovasida 
    keltirilgan tasniflagichda keltirilmagan hujjatlar va maʼlumotlar byudning 44-
    grafasida 899 tartib raqami va “drgdok” harfli kodi ostida koʻrsatilishi lozim. Bunda 
    hujjatning toʻliq nomi elektron byudda izohlar uchun alohida ajratilgan maydonchada 
    koʻrsatilishi mumkin. 
    12. Byudning 46-grafasini toʻldirishda tovarlarning statistik qiymati ming aqsh 
    dollarida koʻrsatilishi va verguldan soʻng uch belgigacha aniqlikda yaxlitlanishi 
    lozimligini taʼkidlab oʻtish kerak. 
    13. Amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni har etish maqsadida 
    byudning 54-grafasini (joy va sana) toʻldirish tartibiga ham ayrim oʻzgartirishlar 
    kiritilgan. Jumladan, ushbu grafada qoʻshimcha ravishda: 
    - bojxona brokeri va deklarant (yuk egasi) oʻrtasidagi bitim mavjudligini 
    tasdiqlash maqsadida bojxona brokeri va topshirigʻiga asosan byud taqdim 
    etilayotgan shaxs oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatilishi; 
    - amaliyotda bitta tovar boʻyicha texnik xatoliklar tufayli bir nechta byudlarning 
    rasmiylashtirib yuborilganligi holatlari yuzaga kelayotganligini eʼtiborga olib, 
    kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida mo‘taxassis tomonidan byudga 
    berilgan tartib raqami koʻrsatilishi belgilangan. 
    Masalan, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mo‘taxassis bojxona postiga maʼlub 
    bir tartib raqami ostida (000012) byudni yubordi. Maʼlum vaqt oʻtgach mo‘taxassis 
    byudda xato mavjudligini aniqladi. Bu holda mo‘taxassis xatoni toʻgʻrilab, byudni 
    huddi shu tartib raqami bilan (000012) bojxona postiga qatadan yuborishi kerak. 
    Mazkur holatda, asod dasturi: 
    - agar byud taqsimlanmagan yoki roʻyxatga olinmagan boʻlsa, avtomatik tarzda 
    avvalgi byudni “qaytarilgan” maqomiga oʻtkazadi va uning oʻrniga toʻgʻrilangan 
    byudni qabul qiladi; 
    Agar byud roʻyxatga olingan boʻlsa, mo‘taxassis bu haqida tegishli xabarnoma 
    oladi. Bunday holatda mo‘taxassis oʻrnatilgan tartibda bojxona postiga murojaat 
    qilishi lozim. 
    14. Yoʻriqnomaning 35-bandiga asosan avval vaqtinchalik olib kirish bojxona 
    rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona 
    rejimiga muvofiqamalga oshiriladi. 


    625
    15. Yoʻriqnomaning 39-bandiga asosan avval vaqtinchalik olib chiqish bojxona 
    rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qaytarib olib kirish reimport bojxona rejimiga 
    muvofiq amalga oshiriladi. 
    16. Tovarlarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishda tovarning 
    bojxona qiymatini aniqlash va byudning 45-grafasini toʻldirish masalasi uzoq 
    vaqtlardan boʻyon bahs-munozaralarga sabab boʻlib kelayotgan edi. 
    Bunday bahs-munozalarga qonun hujatlarida tovarning bojxona qiymati - 
    bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymati sifatida 
    belgilab qoʻyilganligi (bojxona kodeksining avvalgi tahriri 106 moddasida hamda 
    yangi tahrirdagi bojxona kodeksining 301-moddasi), biroq tovarlarni bojxona ombori 
    bojxona rejimiga joylashtirish vaqtida aksariyat holatlarda zarur hujjatlar yetarli 
    boʻlmaganligi uchun bojxona qiymatini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi sabab 
    boʻlayotgan edi. 
    Shu 
    sababli, 
    bunday 
    bahs-munozaralarga 
    chek qoʻyish maqsadida 
    yoʻriqnomaning 45-bandi 2-kichik bandida bojxona ombori bojxona rejimida 
    toʻldirilayotgan byudning 45-grafasida tovarning bojxona qiymati sifatida byudning 
    42-grafasida koʻrsatilgan faktura qiymati qabul qilinishi belgilab qoʻyildi. 
    17. Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlagandan soʻng qaytarib 
    olib kirishda quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim: 
    Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng qayta 
    ishlash mahsulotlarini hamda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib 
    chiqilgan tovarlarning chiqindilarini qaytarib olib kirish erkin muomalaga chiqarish 
    (import) bojxona rejimida(bojxona kodeksi 53-moddasi va yoʻriqnomaning 72-
    bandi); 
    Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarni hamda 
    bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarning 
    qoldiqlarini qaytarib olib kirish reimport bojxona rejimida amalga oshiriladi (bojxona 
    kodeksi 52-moddasi va yoʻriqnomaning 74-bandi). 
    18. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng qayta ishlash 
    mahsulotlarini, bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovar, tovarning 
    chiqindilari va qoldiqlariniqaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona rejimiga 
    muvofiq amalga oshiriladi (bojxona kodeksi 32-moddasi va yoʻriqnomaning 79-
    bandi). 
    19. Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining “bojxona yigʻimlari 
    stavkalari toʻgʻrisida”gi 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarorining ilovasiga muvofiq 
    tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim: 
    A) “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida tovarlarni qaytash ishlash 
    boʻyicha xizmatlar qiymatidan 0,1 foiz, lekin eng kam oylik ish haqining 50 foizidan 
    kam boʻlmagan miqdorda; 


    626
    B) “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimida tovarlarni 
    qaytash ishlash boʻyicha xizmatlar qiymatidan 0,2 foiz, lekin eng kam oylik ish 
    haqining 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, tovarlarni begʻaraz (toʻlovsiz) asosda qayta 
    ishlashda, qayta ishlash boʻyicha xizmatlar bepul koʻrsatilayotganligini inobatga olib, 
    bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim eng kam oylik ish haqining miqdoridan kelib 
    chiqqan holda hisoblanadi. 
    20. Byudda qiymat koʻrsatkichlari koʻrsatiladigan grafalar soni cheklanganligi 
    sababli, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng olib 
    kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) 
    bojxona rejimiga joylashtirishda qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar qiymati 
    byudning 31-grafasida koʻrsatilishi mumkin. Shu bilan birga, yoʻriqnomaning 73-
    bandiga asosan 42-grafada qayta ishlash boʻyicha xizmatlar qiymati, 45-grafada 
    qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar qiymatini hisobga olgan holda tovarning bojxona 
    qiymati, 46-grafada tovarning bojxna qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan 
    statistik qiymati koʻrsatiladi. 
    21. Yoʻriqnomaning 75-bandi 1-kichik bandiga asosan ilgari bojxona hududidan 
    tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni hamda qayta 
    ishlash uchun olib chiqilgan tovarning qoldiqlarini reimport rejimiga muvofiq 
    qaytarib olib kirishda byudning 42-grafasida tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, 
    kelishuvi) valyo‘tasida 31-grafada, qayta ishlash amalga oshirilgan yoki amalga 
    oshirilmaganligidan qatʼiy nazar, deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash 
    boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi. Ushbu tartib tsoyaeatda kontraktlarning 
    hisobini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida kiritilgan. 
    Nazorat savollari 
    1. 
    O‘zbekiston chegara o‘tkazish po‘nkitlari 
    2. 
    O‘zbekiston bojxona kodeksi
    3. 
    Bojxonadan yuk o‘tkazish tartibi 
    4. 
    Tranzet yuklarni bojxonadan o‘tkazish tartibi 
    5. 
    Bojxona orginlari faolyatini movfiqlashtirih
    6. 
    Bojxona orgining tashkiliy tuzulmasi 


    627

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish