• Tayanch so‘zlar vaiboralar
  • -mavzu:Xalqarotashishda ishlaydigan haydovchilar ishini va dam




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet336/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    34-mavzu:Xalqarotashishda ishlaydigan haydovchilar ishini va dam 
    olishini tashkil etish
     
    Reja 
    1. Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish
    2. Yo‘l varaqalarini to‘ldirish 
    3. Tovar-transport hujjatlarini to‘ldirish 
    4. Yuk qabul qiluvchidagi tovar-transport hujjatinito‘ldirish 

    Tayanch so‘zlar vaiboralar: ish vaqti; ish hafta, haydovchi mexnati;mehnatni 
    tashkil etish; ishchanlik qobiliyati; taxograf.
    Butun dunyoda avtomobil transporti asosiy turdagi transport bo‘lib qoldi. 
    Avtomobil transporti butun dunyoda ommaviy turdagi transport bo‘lib va u xavflidir 
    u hai bo‘lsa yo‘llardagi harakat xavfsizligidir.
    Hozirgi zamonaviy harakat xavfsizligini avtomobil, haydovchi va yo‘lni bir 
    butun zveno deb talqin qiladi.
    “avtomobil-haydovchi-yo‘l” kompleksining ayrim zvenolarini ideal holatga 
    etkazish mumkin emas.
    Avtomobil eskiradi, haydovchi charchaydi, yo‘l tashqi muxitining ta’sirida 
    uning holatini o‘zgaradai. Msat ma’lumotlari bo‘yicha yo‘l transport xodisalarining 
    80% haydovchi bilan sodir bo‘lar ekan.
    Ko‘p vaqt mobaynida avtomobilni boshqarish natijasida xaydovchining diqqati 
    pasayishi va reaksiya vakti oshishi mumkin. Bu esa xarakat xavfsizligi nuqtai 
    nazaridan juda xavfli xisoblanadi. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida 
    haydovchining ish vaqti tartibga solinadi. 
    O‘zbekiston Respublikasida mavjud mehnat kodeksining 115-moddasiga [2] 
    amal kilgan ravishda avtokorxonalardagi xaydovchilarning ish vaqti haftasiga 40 
    soatdan, xaftada olti kun ishlovchilarga kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish 
    xaftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim (bu ish tartibi avtobus, taksi, maxsus 
    transport va tunda ishlovchi haydovchilarga taalluqli emas). 
    Evropa davlatlarida haydovchining bir kunlik maksimal ish vaqti 9 soat qilib 
    belgilangan. Haydovchilar 6 xafta ishlagandan sung 1 xafta dam olish rejalashtiriladi. 
    Bunda 14 kun mobaynida maksimal ish vakti 90 soatdan oshmasligi kerak. 
    To‘xtamasdan avtomobilni maksimal boshqarish vaqti 4,5 soatni tashkil etishi, 
    so‘ngra 45 daqiqa dam olishi o‘rnatilgan. Belgilangan ish tartibini kuzatib (nazorat 
    qilib) borish uchun avtomobillarga taxometr o‘rnatiladi [8]. 
    Aqshda tadqiqotchilarning oxirgi 25 yil ichida o‘tkazganytx taxlili [8] bo‘yicha 
    yuk avtomobilini davomli boshqarish ortgan sari ytxni vujudga keltiruvchi nisbiy 


    601
    tavakkallik vaziyati oshib, 9 soat ishlagandagi nisbiy tavakkallik 4.5 soatdagidan 1,31 
    marta, 10 soatdagi esa 1,5 marta katta (1-rasm) bo‘lishi aniqlangan. 
    Haydovchi mexnatini to‘g‘ri tashkil etish uning bir avtomobilda va aniq 
    yo‘nalishda muntazam ishlashinn taqozo etadi. 
    Haydovchining mehnatini tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri 
    ko‘pchilik hollarda ish vaqtidan tashqari ishlar bo‘lib, ular ish vaqti va dam olish 
    rejimini izdan chikaradihamda harakatlanish xavfsizligiga katta xavf tug‘diradi. 
    Haydovchilik kasbiga munosiblik birinchi navbatda uning haydovchilik kasbiga 
    qanday tayyorgarlik ko‘rgani, yo‘l xarakat qoidalarini mukammal bilishi, 
    psixofiziologik 
    jihatdan 
    transport 
    vositalarini 
    boshqarishga 
    tayyorgarligi, 
    belgilangan qoidalarga hohishbildirishi, shaxs sifatida jamiyat bo‘layotgan 
    qiziqishlariga va jamiyat xavfsizligiga egoistik ruxda emasligi aniqlanadi. 
    Yuk avtomobil xaydovchining dam olmasdan boshqarish davomiyligi ortishi 
    bilan ytxning nisbiy tavakkallchilikning o‘zgarishi. 
    Haydovchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari 
    shart. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari natijasida bo‘lg‘usi haydovchilarning ko‘rish,eshitish, 
    o‘z vaqtida tashqi (yo‘l sharoitini) va ichki (avtomobil transportini) muhitga 
    bo‘lgandiqqati va boshqa psixologik xususiyatlari tekshiriladi. Barcha transport 
    vositalari xaydovchilari O‘zbekiston Respublikasisog‘likni saklash vazirligi 
    tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Haydovchilarni tibbiy 
    ko‘rikdan o‘tkazish uchun vazirlik tomonidan joylarda maxsus xay’at tuziladi. Xay’at 
    tarkibida terapevt, xirurg, okulist, nevropatolog, psixolog, otolaringologlar (ayollar 
    akusher-ginekolog ko‘rigidan xam o‘tadilar) qatnashadilar. Agarda xaydovchining 
    kasbga munosibligini aniqlash davrida nizolar chiqadigan bo‘lsa, uni vazirlik, 
    viloyat, shahar, tuman miqyosidagi tuzilgan tibbiy xay’atlar xal qiladi. 
    Ayrim hollarda ma’lum fiziologik etishmovchiligi bo‘lgan shaxslarga transportni 
    boshqarishga ruxsat beriladi. Masalan, oyog‘i shikastlangan nogironlarga transport 


    602
    vositasi konstruksiyasini o‘zgartirib, ko‘lda boshqarishga moslashtiriladi yoki 
    eshitish organida nuksoni borlarga maxsus eshitish moslamasi takib, transportni 
    boshkarishga ruxsat beriladi (bunday xollarda haydovchi fakat o‘z shaxsiy 
    transportini boshqarib, boshqalarga xizmat ko‘rsatishi man etiladi). 
    Nazorat savollari 
    1. 
    Respublikamizda xalqaro yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar olib 
    borilmoqda? 
    2. 
    Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
    3. 
    1956-yil Jeneva shahrida tuzilgan Xalqaro yuklarni tashish kelishuvi 
    4. 
    Konvensiyasida qanday huquqiy munosabatlarni belgilab beradi? 
    5. 
    Xalqaro yuk tashish nakladnoyida qanday ma’lumotlar bo‘lishi lozim? 
    6. 
    «Avtomobil transportida xalqaro yo‘lovchilar va bagaj tashish to‘g‘risida»gi 
    7. 
    Konvensiyaning tarkibiy qismlarini aytib bering? 


    603

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu:Xalqarotashishda ishlaydigan haydovchilar ishini va dam

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish