Bitta avtomobilga ikkita haydovchi biriktirilish grafigi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/416
Sana19.12.2023
Hajmi6,3 Mb.
#123984
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   416
Bog'liq
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Bitta avtomobilga ikkita haydovchi biriktirilish grafigi 
Avtomobilning smena vaqti – 11, 5 soat, tayyarlov-tugallash vaqti 0, 38 soat; ish 
kunlari soni (i) 15 kun, dam olish kunlari soni (d) – 4 kun, smena orasidagi dam olish 
kunlari soni (o) – 11 kun.
Hozirgi vaqtda haydovchilar ishini brigada va ijara pudrati uslubida tashkil 
qilish keng tarqalgan. Brigada pudrati uslubida brigada a’zolari soni 12÷20 kishidan 
iborat bo‘ladi. Avtotransport korxonasi ma’muriyati bilan bir yil yokima’lum 
muddatga shartnoma tuziladi. Brigada pudratida ish tashkil qilinganda quyidagi 
tadbirlarni bajarishko‘zdatutiladi: 


598
– 
Brigadaga doimiy buyurtmachilarni biriktirish; 
– 
Yuk tashish hajmini va uni bajarish muddatini belgilash
– 
Yuk tashish hajmiga qarab brigada a’zolarining sonini aniqlash; 
– 
Harakatlanuvchi tarkiblar turlarini tanlash va yo‘nalishda ish rejimini 
aniqlash; 
– 
Brigada a’zolari o‘rtasida ish sharoiti va vazifalarini muhokama qilish; 
– 
Brigada a’zolari bilan kelishilgan holda mehnatga haq to‘lash va 
mukofotlash tartibini o‘rnatish; 
Brigada a’zolari o‘zlari orasida brigada boshlig‘i va yordamchisini tanlash; 
– 
Korxona rahbari buyrug‘i bilan brigada boshlig‘i va yordamchisini 
tasdiqlash; 
– 
Brigadaga buyurtmachilar tomonidan yillik, chorak va oylik yuk tashish 
topshiriqlari, mehnat unumdorligini oshirish va yuk tashish sifatini yaxshilash kabi 
topshiriqlar beriladi. 
Brigada pudrati usulida mehnat unumdorligi o‘sibgina qolmay, yuk tashish 
rejasining bajarilishiga brigada a’zolarining javobgarligi va ish natijasiga qarab 
moddiy jihatdan qiziqish ortadi. Brigada a’zosining har bir qo‘shgan hissasiga qarab 
mehnatda qatnashish koeffitsientlari orqali mehnat hisobi yuritiladi.
Mehnatga qatnashish koeffitsientini (mqk) qo‘llash haydovchilarning o‘zlari 
bajargan ishlarini to‘g‘ri baholashlariga hamda shunga yarasha haq to‘lanishiga 
imkon beradi.
Haydovchilar ishini tashkil qilishning yakka tartibdagi ijara pudrati shaklida 
haydovchi bilan ma’muriyat o‘rtasida ijarachilik munosabatlari o‘rnatiladi. Ijarachilik 
munosabatining muhim sharti ijaraga olingan harakatlanuvchi tarkibga zarar 
yetkazmaslik va ijara haqini vaqtida to‘lab turishdir. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   416




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitta avtomobilga ikkita haydovchi biriktirilish grafigi

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish